Mavzu: Jismoniy tarbiyada pedagogik texnologiyalar
Reja:
KIRISH
ASOSIY QISM
Pegagogik texnologiya atamasi haqida umumiy tushuncha
Yevropa hamda AQSH ta’lim tizimini jismoniy tarbiya darslarida isloh qilish
Respublikamizda jismoniy ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim bazasidan keyingi oliy ta’lim jarayoni ixtiyoriy ta’lim turi xisoblanib, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu zamonaviy pedagogika kontsepsiyaning bosqichlariga shaxsni zamon talablari darajada qayta tarbiyalish kabi tub mohiyatga ega rivojlangan pedagogika fanini faollashishiga olib keladi.
O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach bozor iqtisodiyoti sharoitida aql bovar qilmas darajada o‘zining mehnatga layoqatli, yuqori malakali mutaxassis kadrlariga ega bo‘ldi. Umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi va oliy ta’lim tizimi zimmasiga yagona uzluksiz ta’lim tizimiga amal qilgan xolda ta’lim tarbiya berishga layoqatli, kasbiy sohasi bo‘yicha qayta tayyorlangan va tayyorgarlikdan o‘tgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash vazifasini qoydi. Buning uchun O‘zbekistonning ixtisoslik ahamiyatini, xalqning milliy – umuminsoniy darajasini va ta’lim tarbiyaning butun jahon etirof etgan darajasini hamda sharq mutafakkirlari tajribalarini inobatga olish zarur. Ta’limning tub mohiyatida oliy va o‘rta maxsus ta’limining barcha tizimlarini qayta qurish hamda o‘rta maxsus ta’limning talabalar tahsil olayotgan mutaxassislar tayyorlaydigan ixtisosliklarini zamon talabiga mos xolda o‘zgartirish xozirgi kunning dolzarb masalasidir.
Oliy ta’limni isloh qilish bosqichi oliy ta’lim o‘qituvchilarining faoliyatlari funksiyalarini yangilash va o‘zgartirish talablarini qoyadi.
Iqtisodiy islohotlar olib borilayotgan sharoitda jamiyat hayotini demokratiyalashtirish 1jarayonida xalqaro ta’limlar integratsiyalashuvi oliy ta’lim muassasalaridan milliy ta’lim tizimini rivojlantirish yo’llarini axtarib topishni hamda yanada bu jarayonni faollashtirish talablarini qoyadi. Oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari doimiy ravishda nima uchun o‘qitish kerakq, nimaga o‘rgatish kerakq va qanday o‘qitish kerakq degan muammoli savollarga еchim topshlari kerak. O‘qitishning ahamiyatini xisobga olib va uning integratsiyalashuviga moslashuv bilan pedagogika fanining xozirgi axvolining muammoli еchimlarinin asosiy qonunlarda ko‘rsatilgan bilimlarga tayanib hal qilish eng to‘g‘ri yo’l hisoblanadi.
Pedagogika sohasiga qoyiladigan o‘ta muhim muammolarga ta’lim tarbiya jarayonida pedagog kasbiy maxoratidan kelib chiqib, kreativlik (yaratuvchanlik, ijodkorlik) nazariyasi ishlanmalarini yaratish talablari kiradi.
Inson faoliyatining barcha jabhalarining optimallashuvi uchun (mehnat, intellektuallik va emotsionallik) bilim, qobiliyat, qiziqish va shu kabilar yig‘ilib boradi. Bu esa ijodda yuqori maxoratga intilish hamda ta’lim jarayonining mobillashuviga olib keladi.
Zamonaviy ta’lim bosqichida jamiyat tarbiyasining asl mohiyati pedagogika fanini rivojlantirish, insoniyatni zamon talablariga mos ravishda faollashtirish kabi talablarni qoyadi.
Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish texnologiyalariga yangicha yondashish xalq xo‘jaligi tarmoqlariga еtuk mutaxassislarni tayyorlashga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Oliy ta’lim muassasalarida kasbiy mutaxassislarni tayyorlash qiyin va har doimo harakatdagi tizim ekanligini o‘zida aks ettiradi. Bu tizimda bo‘lajak o‘qituvchilarni yangi texnologiyalar asosida tayyorlash muhim o‘rin egallaydi. To‘laqonli yangi texnologiyalar bo‘yicha tayyorlash uchun ta’lim tarbiya jarayonida yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalana olish zarur.
Muammoli o‘qitish, o‘qitishni differansiyalash va individuallashtirsh, dasturiy ta’lim, axborot kommunikatsion texnologiyasi va mualliflik texnologiya-lari xozirgi kunda anchagina ommaviylashgan pedagogik texnologiyalar sirasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |