Demokratik jamiyat (grek, demos-xalq va kratos-kuch, hokimiyat) hokimiyat shakllaridan biri bo‘lib, uning xarakterli tomoni, ozchilikni ko‘pchilikka bo‘ysunishi tamoyili, hamda fuqarolarning erkinligi va teng huququqliligi e'tirof, etishidir. - Bunda fuqarolarning huquqlari jamiyat hayotining. ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlaridan qat'i nazar qonun oldida tengliklari ta'minlanadi. Demokratik jamiyatda konstitutsiya ishlab chiqariladi, parlament va boshqa vakillik muassasalari tuziladi, fuqarolarning umumiy saylov huquqi va siyosiy erkinliklari (so‘z erkinligi vijdon erkinligi, va boshqalar) ta'minlanadi. Demokratik jamiyat uchun xarakterli narsa-unda parlamentning mavjudligidir, ya'ni unda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatga bo‘linganligidir, bunda ijro etuvchi hokimiyatning roli tobora oshib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |