Avtoritar jamiyat (lot auctor-boshlovchi, asoschi, ijodkor, avtor, fikr, nigoh, hokimiyat, huquq va h.k.) demokratik bo‘lmagan siyosiy rejimga asoslangan va siyosiy ongning avtoritetga, umuman hokimiyat avtoritetiga bo‘lgan munosabatlarni aks ettiruvchi shaklidir. Avtoritarizm jamiyati qandaydir bir vaziyatda, nodemokratik yo’l bilan, totalitarizmning ba'zi bir elementlarini qabul qilgan holda, boshqa hech qanday «avtoritet»ni tan olmay, ushbu avtoritetlarga totmitaristik «urush e'lon qilib» vujudga keladi. Avtoritarizm patologik, ya'ni normal holatini yo’qotgan (o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish, maqtovlarga mahliyo bo‘lish) avtoritetga agressin muxlislik, o‘rta sinor namoyondalariga xos bo‘lgan ong shaklini aks ettiradi. Avtoritarizm o‘z ta'limotidan kelib chiqib ko‘rinmas qobiq ostida fashistik va diktatorlik rejimlariga zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |