Sotsiologiyada jamiyat an’anaviy va zamonaviy jamiyatga ajra-tib o‘rganiladi. An’anaviy jamiyat quyidagi xususiyatlarga ega: 1.mehnat tabiiy taqsimlanadi va ixtisoslashadi (asosan, yosh va jins belgilariga ko‘ra); 2.shaxslararo munosabat bevosita individlar orqali namoyon bo‘ladi; 3.o‘zaro aloqalar norasmiy ravishda tartibga solinadi (din va axloq qonunlari yordamida); 4.jamiyat a’zolari qarindoshchilik aloqalari bilan bog‘liq bo‘ladi; 5. hamjamiyat oddiy boshqaruv tizimiga ega (hokimiyatning meros bo‘lib qolishi, oqsoqollar boshqaruvi).
Do'stlaringiz bilan baham: |