Chunki, o‘z vaqtida keyingi oqibati o‘ylanmagan, oldindan sotsiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotida salbiy asoratlar qoldiradi. - Sotsiologiya tarixda jamiyat – o‘z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat ayrim ijtimoiy birligina emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir.
- Sotsiologiya jamiyat to‘g‘risidagi ta’limot bo‘lib, ijtimoiy tizimlar rivojlanishi va funksional qonunyatlar, harakatlantiruvchi kuchlarni o‘rganuvchi fan hamdir. U turli ijtimoiy hodisalar, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi aloqadorlikni, shuningdek, shaxs kishilarning ijtimoiy xulqi, uning elementlari va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Jamiyat- bu kishilar birgalikdagi faoliyatining tashkiliy shakllari turli darajalaridan iboratdir. Bu faoliyat doirasida turli-tuman jamiyat va uning a’zolari, ularga mansub bo‘lgan birliklarning har biri uchun umumiy bo‘lgan ehtiyojlari qondirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |