“Fuqarolar jamiyati” degan iborani Tomas Gobbs (1588-1679) ishlat-gan. Jon Lokk (1632-1704) esa fuqarolar jamiyatining davlatdan imtiyozli ekanligini ta’kidlagan. Lui de Monteskye (1689-1755) fuqarolik jamiyati zo’rlik va hukmronlikdan qutulish garovi ekanligini ochib berdi. - . Immanuil Kant (1724-1804) fuqarolar jamiyatida har bir kishining erkinligi bosh-qalar erkinligiga monand kelishi bilan ifodalanganini uqtirib, quyidagi prinsiplarni ilgari suradi: 1) inson sifatida jamiyat a’zolari erkinligi; 2) fu-qaro sifatida ularning tengligi; 3) fuqaro sifatida har bir jamiyat a’zo-larining mustaqilligi. Gegel (1770-1831) fuqarolar jamiyatini davlat ichida emas, davlat qatorida talqin etadi.
- Fuqarolik jamiyati shaxs uchun keng imkoniyatlar yaratib, unda har bir shaxs boshqalar bilan birlashishi yoki ular bilan hamkorlikda faoliyat ko’r-sata olishi mumkin. Fuqarolik jamiyati shu tarzda inson uluvorligini yuk-saklikka ko’taradi Fuqarolik jamiyatining barqarorligini ta’minlovchi shart-sharoitlar ham borki, ularsiz bu jamiyatning institutlari rivojlanmay-di.
Do'stlaringiz bilan baham: |