Demokratiya atamasi yunoncha «demas» xalq “kratos” xokimiyat so’zlaridan olingan bo’lib xalq hokimiyati ma’nosini anglatadi
Umuman demokratiya deganda hamaning manfatlarini yo’lida ko’pchilikning hokimyati va o’zchilikning irodasini hurmat qilishga tushuniladi. To’liq taxlil qilganda esa demokratiya halqning o’z erkinligi va mustaqiligiga qarashlari o’z boshimchalik bilan cheklashlar va shu yo`sindagi harakatlardan ximoya qilish, fuqorolarning o’z – o’zini boshqarish shakli ham bo’ladi.
Sobiq sho`ralarning mustaqill tuzimi davrida sharq xalqlariga Kmarksning (1818-1883) Osiyocha ishlab chiqarish usuli deb atalgan nazariyga tayanib ish ko’rilgan edi . Bunga ko’ra sharqda hokimyatni boshqarish azaldan despotiyaga ya`ni zoravonlikka asoslanadi degan fikrdan iborat yil bo’lgan. Yevrotsentrizm ta`limoti tarafdorlaridan gegel ham buni tasdiqlaydi. Monteskye esa Yevropani jog`rofiy jihatdan ustun qo’yadi Maks Veber esa kapitalizm aynan yevropani paydo bolganligini tasdiqlashga harakat qiladi . Malumki Yevrotsntrizm nazariyasi asoschilari johon fani va R madaniyati yevropada ya`ni qadimgi yunonistonda boshlangan, rivojlangan ( M.O.6-3 asirlar), so’ngra 16 asrgachan turgunlik davri bo’ldi. Ushbu vaqt oralig`ida sharq mamlakatlari uni organdilar, lekin yangliklar, kashfiyotlar kiritmasdan yana yevropaga uzatdilar 16 asrdan boshlab esa bu mintaqada uygonish davri boshlangan. Ushbu ta’limotning noto’g’ri ekanligini oddiy haqiqat yordamida ispotlash mumkun. 9 – 12 asrlarda markaziy osiyoda yugonish davrining 1 bosqichi 14-15 asrlarda esa 2 bosqich bo’lgan. Bu davrda 500 ga olimlar yashab barakali ijod qildilar. Ular turli fanlar bo’yicha o’nlab kashfiyotlar qildilar, yangiliklarni ixtiro etilar
Sharq demokratsiyasining er qator ustivor jihatlari mavjud:
G`oyaviy – falsafiy asosda shaklangan inson parvarlik negzda siyosiy madaniyat mavjud:
Sharq falsafasining “Me`yoz” tushunchasi asosida demokratik me`yoz vujudiga kelgan.
Sharqda odamlarning hokimiyatida munosabati saylov tizimi davlatchilik siyosiy harakatlar jamoatchilik fikri rivojlangan
Demokratiyaning shaklari:
Sharqona demokratiya u o’zida milliy ummombashariy va mahhaliy xususiyatlarni birlashtiradi.
Siyoisiy demokratika u jamiyat siyosiy tizimini xalqa yaqinlashtirish siyosiy adolatsizlik oldini olish asosiy shiorlar qilib olgan.
Ijtimoiy demokratiya u bugungi kundagi g`arbning ko’pchilik mamlakatlarida amal qilyapti.
Demokratiyaning belgilovchi uchta mezoni bor:
Xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi.
Xukumat qarorlari xalq tomonidan nazorat qilishni.
Oddiy fuqorolarning davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishi.
Mamlakatimizda demokratik institutlar faoliyatni yo’lga qo’yish va fuqorolik jamiyati asoslarini shaklantirish uzoq muddatli jarayondur.
Demokratik g`oyalarni shunchaki bayon qilib yuqoridan joriy va tadbiq etish bilan odamlar ongidan tub o’zgarishlar qilib bo’lmaydi.
O`zR prezidenti I.A.Karimov ta`kidlagandek: Demokratiya jamiyatning qadriyatiga har bir insoning boyligiga aylanmog`i kerak bu esa bir zumda bo’ladigan ish emas. Xalqning madaniyatdan joy ololmagan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo’la olmaydi. Bu tayorgarchilik ko’rish va demokratiya tamoyillarini o’zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondur. Shuning uchun demokratiyani ustuvor qadriyat shaklida o’rnatish va hayotga joriy yil etish kerak.
Shunday qilib O’zbekiston 1991 yil 31 Avgustda mustaqilikka erishgandan song sharqona demokratiyani qurishga harakat qiliyapti. Bu yo’nalish Yaponiya Janubiy Kareya va boshqa davlatlar rivojlaniyapti.
II
Har bir mamlakat demokratiyaning umumiy qadriyat tamoyillarini o’z milliy qadriyatlari zaminida xalqning uzoq tarixi davomida shaklangan an`analari bilan ko’plab qabul qilganini bilamiz masalan AQSH, ANGLIYA, FRANSIYA va boshqa yevropa mamlakatlari ham demokratik davlatlar bo’lsada lekin har biri o’z milliy ruhi ana`nalarini ham saqlagan. Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya kabi mamlakatlarda ham demokratiya milliy va diniy etiqod odamlar negizida amal qilmoqda.
Mustaqil O`zbekistonda ham shu yo’ldan borish uchun harakat qilyapmiz.
O`z R Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida milliy qadriyatlarini tiklashlarida milliy qadriyatlarini axloq odobni mustahkamlash uchun harakatlar qilinyapti. Biz demokratiya dunyoviy taraqiyot yo’lini tanladik. Rivojlangan davlatlar erishgan darajaga yetish uchun bosqichma-bosqich qadam tashlamoqdamiz5 Demak milliy g`oya hayotiy va istiqboldir.
U taraqiyotgan da`vat etadi va mamlakat fuqorolarini chinakam hamjihatlikka marifatga olib boradigan insonparvar mafkuradir.
Milliy g`oya har qanday komunizm panislamizm panturkizm kabi zararli va umrini otab kelgan rad etadi. Vataniga xalqiga muxabatli odamgina yetuk manaviyatli va marifatlidir. Bunday odam o’z erkini boshqalarniki bilan birga deb biladi ularning yashash tarzi e`tiqodi va huquqini xurmat qiladi.
Bizning buyuk vatandoshlarimiz Muhammad ibn Muso Xorazmiy (783-850), Ahmad Farg’oniy (798-861), Abu Nasr Farobiy (870-950), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu ali ibn Sino (980-1037), Boxovidin Naqshband (1318-1383). Alisher Novoiy (1441-1501), va boshqalar yetuk komil inson bo’lish uchun kurashganlar. Alisher Novoiyning yozishicha Naqshband uchun shoxu gado barobar edi. U gul saqlamas va o’zi ham kech kimga gul emasligidan faxrlanadi. Uning asarlarida kuylangan g`oyalar bugun ham bizda ibrat va saboq bo’lib kelyapti.
Mustaqilik demokratiya va taraqiyot o’zaro uyg’un hamda bir - biri bilan bog’liq tushunchdir Agar mustaqillik bo’lmasa erkinlik va rivojlanish bo’lmaydi. Shaxs erkinligi millat erkinligidir alohida tushuncha emas. Shuning uchun 31 avgustda tinchlik parlamentar yo’l bilan mustaqillika erishganimizdan so’ng quydagi birinchi navbatdagi ikki vazifa kun tartibida turadi:
Mustaqillikni mustahkamlash.
Bozor iqtisodiyatiga asoslangan demokratik jamiyat qurish.
Istiqlol yillarida bu ikki muamo bosqichma bosqich va muvafaqiyat bilan amalga oshirilyapti Iqtisodiy taraqiyot ijtimoiy siyosiy va ma`naviy marifiy yuksalish bilan uzviy aloqada kechishi lozim boshqacha aytganda xalqimizning o’zi amalga oshiradi. Boshqacha aytganda xalqimizning ma`naviy – marifiy savayasi bilimi bilan va malakasi bilan salohiyati madaniy darajasi qanchalik baland bo’lsa iqtisodiy taraqqiyot ham shuncha tezlashib erkin va farovon hayot qurish jarayoni tezlashadi.6
Aholining har bir qatlami fuqorosi buni yaxshi anglab shunga qarab faoliyat olib borishi kerak. Ammo bu sohada muomolar ko’p. Zero demokratiya bu erkin yashash faoliyat ko’rsatish o’z irodasini ifodalash xuqularidan bemalol foydalanish va jamiyat ishlariga faol qatnashishni anglatadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bunga to’la kafolat beradi va har bir fuqoroning xuquqini himoya qiladi. Lekin demokratiya har bir insondan yuksak ma`naviyat egasi bo’lish ma`suliyat va jamiyat egasi bo’lish ma`sulyat va jamiyat oldidagi burchini his qilish talab qiladi. Agar xuquq qonunlari imkoniyatlar bersa, axloq, burch, o’zgalar manfiatini bilan hisoblashish insoniylik udumlari va vijdon masuliyat yuklaydi har bir shaxs manfiati bilan jamiyat manfiati chambarchas bog`liq ekanligini har soatda bizda bildiradi. Shuning uchun xuquq va burch erkinlik bilan ma`sulyat doimo bizga uzviy aloqada amal qiladigan tushunchalar.
Ushbu tizimning markazida ma`naviyat, axloq odob, ma`rifat singari olmas qadriyatlar turmog’i kerak.
Milliy g`oya har qanday komunizm panislamizm panturkizm kabi zararli va umrini otab kelgan fikrlarni rad etadi. Vataniga xalqiga muhabatli odamgina yetuk manaviyatli va marifatlidir. Bunday odam o’z erkini boshqalarniki bilan birga deb biladi ularning yashash tarzi e`tiqodi va huquqini xurmat qiladi.
Bizning buyuk vatan doshlarimiz Muhammad ibn Muso Xorazmiy (783-850), Ahmad Fargoniy (798-861), Abu Nasr Farobiy (870-950), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu ali ibn Sino (980-1037), Boxovidin Naqshband (1318-1383), Alisher Novoiy (1441-1501) va boshqalar tetuk komil inson bo’lish uchun kurashganlar . Alisher Novoining yozishicha Naqshband uchun shohu gado barobar edi u gul saqlamas va o’zi ham kech kimga gul emasligidan faxrlanadi. Uning asarlarida kuylangan g`oyalar bugun ham bizda ibrat va saboq bolib kelyapti.
Mustaqilik demokratiya va taraqiyot o’zaro uygun hamda bir biri bilan bogliq.
Buyuk davlat qurishdagi o’tish davrida o’zaro raqobat aql zakovat kurashi tadbirkorlik ishbilarmonlik xislatlari ham shu zaminda adolat o’zaniga tushadi. Demokratik jamiyatda kishining kishi tomondan noxaq ezilish zo’ravonlik qilishga yo`l qo’yilmaydi.
Shunday qilib demokratiya tushunchasi qadimgi Yunonistonda vujudga keldi uning 3 ta shakli va 3 ta mezon bor.
Milliy g`oyamizdagi bosh strategik g`oya 7 asosiy g’oyalar va tamoyillar demokratiya bilan chambarchas bog`liq va ular hamkorlikda bosqichma bosqichma rivojlanyapdi.
III
Demokratiya barcha sohalardagi shahsiy qobilyatni ostiradi raqobat va kim o’zarga poyqasiga bardosh berishni talab qiladi.
Oz`R Prezidenti I.A.Karimov7 shunday yozadi:”Biz hozir demokratik davlat qurishning boshlangich davrida yashayapmiz bu jarayon tugash uchun ancha vaqt kerek”
“Demokratiya” niqobi ostidagi yot g`oyalarning quydagi ko’rinishlari mavjud:
I. Xudbinlik
Uning bir nech jihatlari bor:
1.O’z istedoti va qobilyatinin ishga solib fikri va rejalarini hayotga tadbiq etish. Bu ijobiy xudbinlik jamiyat rivojiga yordam beradi.
Ammo faqat o’zini o’ylamaydigan boshqalar mehnati evaziga boyishga intiluvchi shaxslar ham bor. Ular o’zlarini eng dono kuchli hisoblab atrofdagilar bepisand munosabatda bo’ladilar va jamiyat taraqqiyotiga foyda keltirmaydilar.
Bunday manmanlikka asoslangan xudbinchilik aslida ma`naviy qashoqlik tufayli paydo boladi. “O`zim bolay” Falsafasi milliy vatanparvarlik tuyg`usini singdiradi. Bunday odam imon – e’tiqodni paymol etadi halol harom yaxshi yomonni farqlamaydi o’zlashtirib olsa bo’lgani , boshqasi bilan ishi yo`q.
II. Nemis faylasufi Karl Popper o’zining “Ochiq jamiyat va uning dushmanlari” kitobida mustahkam milliy davlat demokratiya taraqiyotiga to’sqinlik qiladi degan fikrni olg`a suradi .
Uning fikricha davlat kuchayishi ochiq jamiyat kishilarining erkin faoliyat ko’rsatishi fikri irodasining ifodalash qobilyatini ishga solishga to’sqinlik qiladi.
Buning asosiy sababi davlat mavqeni egalab rahbarlarni fikri yagona bo’lib qolganligi bog`iladi. Bunday rahbarlar o’zlarini nuqsonlaridan holi tangidan yuqori deb hisoblaydilar. Natijada totalitar g`oya hukmronlik qilib turg’unlik ro’y beradi. Bunday sharoitda iqtisodiy va ijtimoiy taraqiyot to’xtaydi.
Mustaqil O`zbekistondagi o’tish davrida davlatning islohatchilik ro’li katta bolishi tabiiy jarayondur. Demokratiya sharoitida davlat va uning tarkibiy qismi hokimiyatga munosabat o’zgardi. Bunda shaxs va davlat manfatlari uyg`unlashib boradi. Bunday sharoitda milliy g`oya demokratik qadriyatlarning xalq ongiga etiqodiga to’sqinlik qilmaydi qilolmaydi va davlatning ilohiylashiviga sabab bo’lmaydi. Buni quyidagicha izohlash mumkun:
Milliy g`oya jamiyat mafkurasi lekin davlatniki emas.
Milliy g`oya negizida vatanparvarlik millatparvarlik tuyg`usida yotadi. Bosh strategik g`oyada demokratik erkinliklar vatan ravnaqi har bir fuqoro hayotining farovanlishuvi ko`zda tutilgan.
Milliy g`oya davlatni va alohida shaxslarini ham ilohiylashtirmaydi.
Milliy g`oya xalq tafakuri mahsulidir va milliy ma`naviy negizda tayanadi.
Milliy g`oya umuminsoniy fikrlar ilmiy yutuqlarni singdirishni ko’zda tutadi. Shunday qilib milliy g`oya demokratik asosga ega.
7 mavzu: Ijtimoiy hamkorlik millatlararo totuvlik va dinniy bag`rikenglik
REJA:
Ijtimoiy hamkorlik g`oyasi.
Millatlararo totuvlik g`oyasi.
Diniy bag`rikenglik yoki tolerantlik g`oyasi.
I
Ijtimoiy hamkorlik deb turli millatga har xil ijtimoiy toifa, irq, dinga mansub kishilarning va turli guruhlarning umumiy maqsad yo’lidagi hamjihatligiga aytiladi.
Ijtimoiy hamkorlik murosa falsafasi bolib, xilma-xil fikr, qarashlarga ega bo’lgan turli guruhlar toifalarining umumiy maqsad yo’lidagi hamjihatligini ta`minlaydi.
Natijada jamiyatda tinchlik, totuvlik va barqaror taraqqiyotning mustahkam kafolati vujudiga keladi. Erkinlikning o’zi anglab olingan zaruriyatidir.
Buyuk qomusiy olim Abu Nasr Farobiy (870-950) ozining “Fozil odamlar sheri” asarida shunday yozgan edi:
“Agar fikrlari va harakatlari jamiyat manfaatlariga xizmat qilmasa mamlakatni bunday kishilardan tozalash kerak”.
Sho`ralarning mustabid tuzumi davrida yagona hukmron bo’lgan kommunistik mafkura sinfilylik va partiyaviylik shiori ostida odamni oq-qora bo`yoqlarda tasvirlashga harakat qilingan.
Bu millatni ikkiga bolib tashlashga olib keldi. Yod singular ularning “dumlari” va xairixollar jismonan yo`q qilindi. Buning sababi shuki, sho’rolar mafkurasida sinfiy manfaatlari yagona partiya talablari umum insoniy g`oyalardan ustun turar edi.
Jamiyat taraqqiyotida omma fikrini biz nuqtaga to’plab uning imkoniyatlarini bir o’zanga solib uni umumiy taraqqiyot yo’liga boshlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu jihatdan olganda O`zbekiston Istiqlolga erishgach Prezident I.A.Karimov rahbarligida yaqin o’tmishda keng tarqalgan illatlarga bahram berildi. Yoki boshqacha aytganda jamiyatning ijtimoiy siyosiy muhitini parakonda qilidigan odamlar fikrini chalgitadigan hodisalarga hodisalarga barham berildi. Bunda eng avvalo o’zimizga dushman qidirish jamiyatni bo’lib yuborishga yo’l qo`yilmaydi. Bizda bu kommunist bu dindor, bu darxiy o’zaro malomatlar yo`g`dirsh oqibatida to`gnashuvlar yo’lidan borilmadi. Aksincha o’tmishgi xatoliklar uchun ham barchasi birdek javobgar ekanligi muammolarini faqat hamjihat bolib bartaraf eta olish mumkunligini tog`ri tushundik shuning uchun mamlakatda va xalq manfaatlari yo’lida birlashish kuchlarini uyg’unlashtirish ehtiroslarga berilmay barcha imkoniyatlardan aql-idrok bilan foydalanish yo`li tutildi. Og`ir vazminlik muhokararlik sobitg’amlik andisha uzoqni ko’zlab ish tutish doimiy harakat tamoyiliga aylandi.
Bugun mustaqil O`zbekistonda ijtimoiy peyularizm hayotni erkinlashtirish mulkning turli shaklari teng xuquqligini hamda xuquqiy kafolat yo’lidan borilmoqda. Bunday jamiyatda esa turli ijtimoiy guruhlar tabaqarar sinflar bo’lishi muqarrar. Ularning o’z iqtisodiy va siyosiy manfaatlari bir-biridan ma`lum darajada farq qilishi ham tabiydir lekin bu holat millatni bolib yubormasligi lozim. Aslida har bir ijtimoiy kuchning dunyo qarashi manfaatlarida turlicha bo’ladi va ular bir-biridan farq qiladi. Lekin ular uchun yagona yo’nalish sifatida.
Vatan ravnaqi Yurt tinchligi xalq farovonligi bo’lib qolaverishiga erishish juda muhimdir. Shunday qilib jamiyatda sun`iy ravishda bo’lib turli qarama qarshiliklarni mustaqillashtiradigan ta’limotlardan farqli ravishda milliy istiqlolimizning ijtimoyi hamkorlik g`oyasi turli partiya din qatlamiga mansub hilma xil jamiyat azolari qarashlaridagi tabiiy rang baranglikni uyg`unlashtiradi va umumiy taraqqiyot man`fatlariga boy sindirishga hizmat qiladi. Bu quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Jamiyatni eng ustivor maqsad va man`fatlarini o`zida mujassam etadigan ilg`os g`oyalar milliy taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuchga aylanadi.
Jamiyatdagi har bir ichtimoyi toyifa yoki guruh o`zining dasturiy maqsadlari va amaliy foliyatini ana shu ustivor milliy g`oyalar bilan uyg`unlashtirish milliy taraqiyotning zaruratiga aylanadi
Har bir shahs ijtimoiy dunyo qarash va e’tiqodidan qat’iy nazar jamiyatini ustivor maqsad va ma`nfatlarini aks etiradigan milliy g`oyalarni amalga oshirishi uchun o`zini ma’sul deb bilish bu jarayoning asosiy tamoyili hisoblanadi
Aholining turli qatlamlari orasidagi munosabatlar va o`zaro hamkorlikni yaxshilash jamiyatning barqarorligining mustahkamlashga zamin yaratadi lekin shu hamkorlikning izdan chiqishi yaki munosabatlarning yomonlashuvi bu barqarorlikning buzilishiga olib keladi va milliy parokandalikni keltirib chiqaradi. Bunday holat halq tilida “ko`z qoyaman deb qosh chiqarish” deb ataladi. Yoki boshqacha aytganda beqarorlikni vujudga keltirishga intiluvchilar “o`rmonga ot ketsa, oluquruq baravar yonadi” deganlari kabi ish tutadilar ular uzgalarni yondirib o`zlari ham kalga aylandilar. Biz bundaylarga qarshi ogoh bo`lmog`imiz lozim.
Ichtimoiy hamkorlikni mustahkamlash hammamizning birinchi navbatda davlat jamoat tashkilotlari jamiyatning ilg`or vakillari bo`lgan ziyolilar zimmasiga katta ma`suliyat yuklaydi
Hulosa shuki vatan ravnaqi yurt tinchligi va halq faravonligini ta`minlash uchun ijtimoiy hamkorlik muhitiga zarar etkazadigan barcha havf hatarlarni bartaraf etish uchun zarur chora tadbirlarni ko`rish kerak.
II.
Millatlararo totuvlik g`oyasi umum insoniy qadriyat bo`lib turli hil xalqlar birgalikda yashay oligan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotni belgilaydi shu yerdagi tinchlik va barqarorlik kafolati bo`lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda yer yuzida 6,9 milliarddan ko’proq aholi mavjud. Mustaqil O`zbekiston xududida 136 ta millat vakillari yashamoqda.
Xristianlik va islom singari jahon dinlarining muqaddas kitoblarida yozilishicha xudo tomonidan maxsus loydan avval erkak jinsidagi Adam yoki odam ato, so’ngra uning 7- qovurgasi va osha loydan ayol jinsidagi Yeva yoki momo havoni yaratgan.
Har bir millat va xalq shu ikki odamning avlodlaridir.
Har bir millatning oz qadriyatlari ham bor. Ular umuminsoniy qadriyatlar bir qismi bo’lib o’zaro chambarchas bog`langanlar. Umumiy qadriyat va xususiy manfaatlar bir-biriga zid kelishi yoki uyg`un bo’lishi mumkin. Bunda ma`lum mamlakatdagi milliy siyosat muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
XXI asr boshida jahon mamlakatlarida 1600 (bir ming olti yuz) ta millatlar mavjud. Ular ikki guruhga ajratilgan:
1. Titulli millatlar.
Ularning nomlari bilan ataluvchi davlatlar bor. Masalan: o`zbeklar-O`zbekiston, ruslar-Rossiya va boshqalar.
2. Titulsiz millatlar.
Ularning nomlari bilan atalgan davlatlar yo`q. masalan: koryaklar, evenklar, eskimoslar, dunganlar va boshqalar.
O`zbekiston singari polietnik, ya`ni ko`p millatli davlatda ularning manfaatlarini uyg`unlashtirish, ular orasidagi totuvlikni ta`minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biridir. Buning sababi shuki, har bir millatning istiqboli boshqa xalqlar va mamlakatlarning taraqqiyoti, butun jahondagi vaziyat hamda imkoniyatlari bilan bog`liqdir. Xalqimizning “Qo`shning tinch-sen tinch” degan maqolida ana shu haqiqat nazarda tutilgan.
Dunyodagi barcha mamlakatlar o`z qo`shnilarida yashayotgan millatlar orasida tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik, hamkorlik, hamjihatlik, teng xuquqli munosabat bo`lmasa, ulardan hech biri o`zining porloq istiqbolini ta`minlay olmaydi.
Ushbu g`oya bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo`lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o`rtasidagi o`zaro hurmat, do`stlik, hamjihatlikning manaviy asosidir. Bu go`ya har bir millat vakillarining iste`dodli va salohiyatini to`la ro`yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va o`ha Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi.
Mamlakatimizda bu g`oyani amalgam oshirishga katta e`tabor berilmoqda. O`z. R. Prezidenti I.A.Karimov O`zbekistonning bu sohadagi o`ziga xos siyosatini quyidagicha ta`kidlaydi: “Respublika aholisi o`rtasida ko`pchilikni tashkil qiladigan o`zbek halqining muqaddas burchi ona tilini, o`z milliy madaniyati va tarixini tiklashdagina iborat emas, balki birgalikda hayot kechiruvchi kam sonli xalqlarning taqdir uchun, ularning o`ziga xos ma`daniy-ma`naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o`zligini namoyon etishi uchun ularga teng sharoit imkoniyatlar yaratib berish borasida mas`ul bo`lishdan ham iboratdir”.
Bunday muhit millatlararo munosabatlarda turli muammolar tug`ilishiga aslo yo`l qo`ymaydi va Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi umummillat amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik bermoqdaki, oliyjanoblik va insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan hisoblanadi. Bu boradagi atamalar avloddan-avlodga avaylab o`tkazib kelmoqda.
Mustaqillik yillarida millatlararo totuvlik g`oyasi ilgari surilgan va amalda erishilgani O`zbekiston rivojida qo`lga kiritilgan eng katta yutuqlarining biridir. Mamlakatimiz rahbariyati milliy masalani oqilona, xalqaro tamoyillarga mos yo`l bilan yechish, millatlararo munosabatlarni uyg`unlashtirish chora-tadbirlarini ko`rdi. Bu borada konstitutsiyaviy talablar asosida ish tutildi. Yurtimizning ko`p millatli halqi ongida “O`zbekiston yagona vatan” degan g`oya asosida haqiqiy vatandoshlik tuyg`usini shakllantirish bu boradagi ishlarning muhim yo`nalishiga aylandi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida shunday yozilgan: “O`zbekiston halqini, millatidan qat`iy nazar, O`zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi” deb aniq belgilab qo`yilgan.
Bundan tashqari, Konstitutsiyamizda “O`zbekiston Respublikasi o`z hududida isteqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilishini ta`minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”, ta`kidlangan.
Asosiy qomusimiz asosida bir hil talablar bo`yicha millati, jinsi, irqi va etiqoddan qa`tiiy nazar fuqarolik pasporti berildi, ya`ni muammo demokratik yo`li bilan hal etildi. Mustaqillikka erishgan sobiq SSSR ning 15 ta respublikalaridan bu muammo turlicha hal etildi. Masalan: Litviya, Litva, Estonyada yuz minglab rusiyzabon aholining bir nechtasiga fuqarolik berildi. Bunday muammo Gruziya, Ukrayina, Moldaviya va boshqalarda ham bor.
1992-yilda O`zbekistonda “Baynalminal madaniyat” markazi tashkil etildi. O`sha yili 12 ta milliy-ma`daniy markaz faoliyatlarini birlashtirgan bo`lsa, 2010-yilda ularning soni 125 taga yetdi.
Mamlakatimizda isteqomad qilayotgan barcha millat va elatlarning o`z ona tilida o`qishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Masalan: o`rta maktablarda, oliy o`quv yurtlarida bunga amal qilinyapti ko`plab tillarda gazeta va jurnallar nashr etilyapti, teleko`rsatuv hamda radioeshitturiuvlar olib borilyapti va boshqa ishlar faoliyatining yaqqol dalilidir.
Qayerdaki millatlararo totuvlik g`oyasining ahamiyati inqilob etilmasa jamiyat hayotida turli ziddiyatlar, muammolar vujudga keladi. Ular tinchlik va barqarorlikka havf soladi. Bugungi kunda jahonning yarim mintaqalarida sodir bo`layotgan milliy nizolar shundan dalolatlat beryapti.
Millatlararo totuvlik g`oyasini amalgam oshirishda g`ov bo`ladigan eng hatarli to`siq tajovuzkor millatchilik shovinizmdir.
Buyuk davlatchilik shovinizm deganda yirik, kuchli davlatning o`z atrofidagi zaiflarni bosib olishi va keyinchali ularning tabiiy boyliklari, xom ashyosi xisobiga boqimanda bo`lib yashashiga tushuniladi.
Jaxon tarixidan Rim, Germaniya, Arab xalifaligi singari imperiyalar mavjud bo`lganligi malum.
Masalan: 1864-yildan 1873-yil oxirigacha Rossiya armiyasi Turkistonda urush xarakatlarini olib bordi va uni egalladi. Shundan so`ng beshta yo`nalishda mustamlakachilik siyosati olib borilgan. 1917-yil noyabrdan 1920-yil sentyabrgacha Bolshiviklar Turkistonni bosib oldilar va o`z hokimiyatlarini o`rnatdilar. Mustamlakachlik yangi bosqich va usullar bilan olib borildi.
1991-yilda dekabrgacha mustabid tuzim saqlandi. Biz uni tatalitar deymiz. Uning manosi shuki, barcha davlat organlari mavjud, lekin ular mustqil harakat qila olmadilar, chunki ularning ustida komunistik partiya mafkurasi hukmron edi.
Sho`rolar davridagi XX asrning 20-30, 40-50 va 80-yillarida yuz minglarcha odamlar qatog`on etildilar “Birinchi navbatda bilimli, obro`li, ziyoli, raxbarlar, olimlar va sanatkorlar yoqotildi. Bu davrda rus tili davlat tiliga aylandi, bizning manaviyatimiz dinimiz taxqirlandi, tariximiz buzib yozildi.”
Mustaqillikka erishganimizdan so`ng O`z.R. Prezident I.A.Karimov tashabbuslari bilan xalqning manaviy ruxiy tiklanishi davlat siyosati darajasiga ko`tarildi va yuqoridagi buzg`unchilarga barham berildi.
Hulosa shuki, faqat millatlararo totuvlik g`oyasiga tayanib umumiy maqsadlar yo`lida hamjixat bo`lib, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligidek oliyjanob maqsadlarga erish mumkin.
III.
Diniy bag`rikenglik yoki tolerantlik g`oyasi turli xil diniy e`tiqodi ega bo`lgan insonlarning bir zamin va bir Vatanda ulug`vor maqsadlarga erishish uchun hamkor, hamjihat yashashni anglatadi.
Din ijtimoiy hayotni, voqelikni, uning hodisalarini o`ziga xos tarzda aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakllaridan biridir. U dastlab inson hayotining ibtidoiy davrida vujudga kelgan va o`sha zaminda yashagan insonlarning dunyoqarashini ham aks ettiradi. Din dunyo, inson va boshqa mavjudotlarning yaratishi, kelib chiqishi, hayotning ma`no-mazmuni, insonning yashashdan maqsadi kabi masalalarga ilohiy nuqtayi nazardan javob beruvchi dunyoqarashning shaklidir. U bugungi kunda ham shu vazifani ado etmoqda. Din o`z ichiga diniy dunyoqarashni, diniy marosimlarni va diniy tuyg`uni oladi.
O`rta asrlar (ya`ni IV-XVI asrlarda) din ilm-fan, axloq, xuquq kabi madaniyatning barcha turlarini o`zida mujassamlashtirgan va ularga o`z ta`sirini o`tkazgan. Qadim zamoda din o`zida ma`naviy qadriyatlarni ja`mlagan. Milliy qadriyatlarning asrlar osha yashab kelayotgani ham dinning sharofatidandir.
O`z R Prezidenti I.A.Karimov so`zlari bilan aytganda: “Din bizning qon-qonimizga, ongu shurimizga shu qadar teran singib ketganki, uni hech qanday kuch, hech qanday tashviqot bilan chiqarib bo`lmaydi”.
Diniy e`tiqodning mohiyati umumiy ekaniga qaramasdan, dinlarning ko`rinishi xilma-xildir. Dunyoda juda sodda, qadimiy dinlar qatorida, jaxon ahamiyatiga moliklari ham bor. Ular tarixiy zaruratga qarab, turli davrlarda vujudga kelgan.
2010 yilga qadar yer yuzi aholisi 3 ta jaxon va 200 yuzga yaqin milliy dinlarga e`tiqod qilgan.
E`tiqod qiluvchilar soniga ko`ra 1-o`rinda buddaviylik yoki buddiyzm turadi. Unga 2,5 milliarddan ortiq odamlar sig`inadilar, 2-o`rinda Xristianlik (2 milliarddan ortiq), 3-o`rinda Islom dini (1milliard 600 milliondan ortiq kishi). Dunyodagi dinlarning barchasi ezguvlik g`oyalariga asoslanadi va yaxshilik, tinchlik, do`stlik kabi xususiyatlarga tayanadi.
Odamlarni halollik, poklik, mehr-shavqat, birodarlik va bag`rikenglikka da`vat qiladi.
Jaxondagi barcha yirik dinlar bu dunyoni foniiy, o`tkinchi hisoblanadilar ular insonning yashashidan aslo maqsad bu xayrli, savobli ishlar qilib, boqiiy dunyo sinovlariga tayyorgarlik ko`rish Jannat saodatiga sazovor bo`lish degan g`oyani targ`ib etadi. Barcha dinlarda inson xayotining mohiyati, mazmuni, kishilar o`rtasidagi siyosiy, xuquqiy, axloqiy munosablatlarni tenglik va adolat munosabatlari asosida o`rnatish masalasi ozmi, ko`pmi o`z aksini topgan. Shuning uchun ham har bir vatandoshimiz, ayniqsa, yoshlar avvalo tarixini, ularning asl mohiyatini chuqur bilishi lozim.shu holdagina ularni g`arazliy maqsadlarini ko`zlab yurgan kuchlar yo`ldan chalg`ita olmaydi.
Vatanimiz xududida islom dini targalguncha zardoshtlik, buddaviylik, moniylik, xristiyanlik, mazdakiylik, shamaniylik kabi dinlar ham mavjud bo`lgan. Ular negizida o`sha davirning betakror madaniyati vujudga keldi. Zardoshtlik ta’limotida ezgulik va yovuzlik o`ztasidagi doimiy kurashda oraliq yo`l yo`q,shuning uchun har biro dam bu kurashning u yoki bu tomonidan ishtirok etishga majbur. Bu dinning uch tayanchi bo`lib, ular fikrlar sofligi, so`z sobitligi, ammallarning insoniyligidan, iborat bu jixatlar zardushtiylikda “ezgu fikr, so`z, ish” tarzida ifodalangan.
Ko`nfutsiylik talimotiga ko`ra odamlar ijtimoiy kelib chiqishiga ko`ra mavqeyi orqali emas, balki odamiylik, adolatparvarlik, haqiqatparvarlik, samimiyat kabi yuksak fazilatlar vositasida yuksak kamolotga erishish mumkin. Hinduiylik falsafasiga ko`ra inson o`z xayotida nimaki yomonlik qilsa oqibatsiz qolmaydi, buning uchun albatta, jazo oladi. “besh qo`l barobar emas” maqolida ifodalangan haqiqat ham bu dinda o`z ifodasini topgan.
Sobiq sho`rolarning mustabid tuzimi davrida komunistlar mafkurasi dinlariga qarshi kurashda va daxriylik yoki xudosizlikni targ`ibot etdi 1918-yil 23-yanvarda bolshiviklar sardori xalq komunistlari kengashi raisi V.I.Ulyanov (Lenin) tomonidan “cherkovni davlatdan va maktabdan ajratish xaqida”gi dekretni imzoladi. Shundan so`ng barcha dinlar shu jumladan Islom diniga yuz minglarcha islomshunos olimlar imom-hatiblar etiqod qiluvchilar qatag`on qilindilar.
1990-yil 24-mart kuni Toshkent shaxrida O`zbekiston Oliy kengash sessiyssida deputatlar yashirin ovoz berish yo`li bilan I.A .Karimov saylandi. O`z nutqida yurtboshimiz deputatlarga bildirilgan ishonch uchun tashakkur isxor etdi, so`ng mamlakatimiz kelgusi taraqqiyoti uchun muhim bo`lgan quyidagi muammolarni muhokamaga taklif etdi:
1. O`zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yozish va qabul qilish.
2. Xalqning ma`naviy-ruhiy tiklanishi.
3. Xaqiqiy tariximizni yozish.
Siyosiy qaroridan so`ng bu muammolar shu kundan boshlab davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.
1992-yil 8-dekabr O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. 2002-yil 27 yanvar kuni o`tkazilgan referendumdan so`ng Konstitutsiyaga o`zgartirishlar kiritildi. Vijdon erkinligi bo`yicha 31-moddada qiyudagicha yozilgan.
“Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi, har bir inson xoxlagandagidek etiqod qilishi yoki xech qaysi dinga e`tiqod qilmaslik xuquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo`l qo`yilmaydi”.
Tarixdan malumki asrlar davomida ona yurtimizda islom, zardo`shtiylik, nasroniylik va buddiylik kabi dinlar yonma-yon tinchlik, totuvlik va hamkorlikda yashaganlar. Yirik shaxarlarda masjid, cherkov, sinogogalarning mavjud bo`lishi va turli millat vakillarining diniy ammalarini erkin bajarishi kuzatilgan. Eng murakkab tarixiy davrlarda xam ular orasida diniy asosda mojarolar bo`lmaganligi xalqimizning bag`rikenglik borasida katta tajriba to`plaganidan dalolat beradi. Mustaqillik yillarida davlat qonuniy asosda barcha dinlarga va e`tiqod egalariga keng imkoniyat yaratib bergan.
Vatanimizda turli dinlar va ularning vakillari o`rtasida umumbashariy qadriyatlar birodarlikni mustahkamlashga katta e`tabor berilmoqda. Toshkentda o`tkazilgan “jaxon dinlari tinchlik yo`lida xalqaro anjumani buning amaliy isbotidir”.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda 16 ta diniy konfessiyalar faoliyat ko`rsatmoqdalar. Bu boradagi xuquqiy asoslar O`z R Konstitutsiyasi 31-moddasi va Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risidagi qonunda o`z ifodasisni topgan. Ular tinchlik, totuvlik va hamkorlikda yashayaptilar. Ular mafkuramizning bosh strategic g`oyasi ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurish uchun tayanch bo`lib xizmat qiladi.
|