Vaziyatning qulayligidan va sarosimaga tushgan, yon-atrofidagi a’yonlariga shubha bilan qaraydigan bo’lib qolgan Alouddin Muhammadning abgor ahvolidan foydalangan Chingizxon Movarounnahrning dastlab eng yirik shaharlarini bosib ola boshladi, shundan so’ng, kuchsizroq viloyatlarini osonlik bilan zabt etadi. Tarixda misli ko’rilmagan qatliomlar ro’y beradi, musulmonlar qoni daryo bo’lib oqadi. Tarixchilar aytganidek, “bunda taslim bo’lganlar ham, qarshilik ko’rsatganlar ham omon qolmadilar”. Vaziyat shu darajaga etib keldiki, Balxdan Tusga arang qochgan Alouddin Muhammad Xorazmshoh Davlatobod yaqinida bo’lib o’tgan jangda zo’rg’a jonini qutqarib qoldi. Izma-iz quvib kelayotgan dahshatli ta’qibdan jonsarak bo’lib qolgan Muhammad Sulton Hazar(hozirgi Kaspiy) dengizining janubi-sharq qismidagi Abiskin orollaridan biriga yashirindi. U erda xastalanib, qashshoqlik va xor-zorlikda 1220 yili vafot etdi. Eng fojealisi, bir vaqtlar olamni larzaga keltirgan, qudratli imperiyaning hukmdori, behisob boyliklar egasi Alouddin Muhammadga hatto arzirli bir joy va hatto kafanlik ham topilmadi. Uning mulozimlaridan biri o’z ko’ylagini yirtib, kafanlik qilib o’raydi... Vaziyatning qulayligidan va sarosimaga tushgan, yon-atrofidagi a’yonlariga shubha bilan qaraydigan bo’lib qolgan Alouddin Muhammadning abgor ahvolidan foydalangan Chingizxon Movarounnahrning dastlab eng yirik shaharlarini bosib ola boshladi, shundan so’ng, kuchsizroq viloyatlarini osonlik bilan zabt etadi. Tarixda misli ko’rilmagan qatliomlar ro’y beradi, musulmonlar qoni daryo bo’lib oqadi. Tarixchilar aytganidek, “bunda taslim bo’lganlar ham, qarshilik ko’rsatganlar ham omon qolmadilar”. Vaziyat shu darajaga etib keldiki, Balxdan Tusga arang qochgan Alouddin Muhammad Xorazmshoh Davlatobod yaqinida bo’lib o’tgan jangda zo’rg’a jonini qutqarib qoldi. Izma-iz quvib kelayotgan dahshatli ta’qibdan jonsarak bo’lib qolgan Muhammad Sulton Hazar(hozirgi Kaspiy) dengizining janubi-sharq qismidagi Abiskin orollaridan biriga yashirindi. U erda xastalanib, qashshoqlik va xor-zorlikda 1220 yili vafot etdi. Eng fojealisi, bir vaqtlar olamni larzaga keltirgan, qudratli imperiyaning hukmdori, behisob boyliklar egasi Alouddin Muhammadga hatto arzirli bir joy va hatto kafanlik ham topilmadi. Uning mulozimlaridan biri o’z ko’ylagini yirtib, kafanlik qilib o’raydi...
Do'stlaringiz bilan baham: |