Manguberdini sehr-jodu sohibi deb, bunga ishonadiganlar ham uning tirik emasligiga shubhalanib qaradilar. Ular saltanatning so’nggi davrlarida xalqning issiqdan va suvsizlikdan qiynalayotganini ko’rib, yada toshi vositasida yomg’ir yog’dirishdek mo’’jiza yaratgan Sultonning o’lganiga ishonmadilar...… ...Hattoki, hozir ham Manguberdining tirikligiga ishonuvchilar topiladi. Zero, Jaloliddinning o’zi shunday degan (M.Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” dramasidagi bobomiz obrazining so’zlari): - ...Mangulikdan joy olgan — yashar abadiy,
XULOSA. XULOSA. SHunday qilib XIII-XIV asrning I-yarmi vatanimiz tarixida eng og’ir davr bo’ldi. CHunki mo’g’ullar istilosi va zulmi o’lkamiz xalqlari hayotida og’ir iz qoldirdi. Mamlakatimiz hayoti va taraqqiyotini bir necha o’n va yuz yillab orqaga surib yubordi. Ozodlik, xurlik va mustaqillikka tashna bo’lgan ajdodlarimiz mo’g’ullar zulmiga qarshi kurashdilarva nihoyat mo’g’ul bosqinchilarini mamlakatimiz hududidan uloqtirib tashladilar. Bu ozodlik kurashida ulug’ bobomiz Jaloliddin Manguberdining hissasi nihoyatda katta bo’lgan. U mo’g’ullarga qarshi mardonavor kurash olib borgan .Anushteginlar sulolasining so’nggi vakili bo’lgan.Jaloliddin Manguberdi yurt ozodligi katta hissa qo’shgan yurt himoyachisidir. - O’zbekiston hukumati 1998-yilda Jaloliddin Manguberdining mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda ko’rsatgan mislsiz jasorati, Vatanga va o’z xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800-yilligini nishonlash haqida” qaror qabul qildi. Qarorga ko’ra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal o’rnatildi,yirik ko’cha, maydon, jamoa korxonalariga va boshqalarga uning nomi qo’yildi.Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800-yilligi mustaqil O’zbekistonda 1999-yilda keng nishonlandi. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilm, doston,pyesalar yaratildi. 2000-yil 30-avgustda “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etildi.
Foydalanilgan adabiyotlar: Foydalanilgan adabiyotlar: 1 Karimov .A. “ Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” T.”SHARQ” 1998. 2.R.SHamsiddinov ,SH.Karimov.”Vatan tarixi” 3.B.J.Eshov “O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi” 4.Bo’riboy Ahmedov. “O’zbekiston tarixi manbalari” 5.SHahobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy “Sirat as-Sulton Jaloliddin Mangburni.” - 6.Juvayniy “Tarixi Jahonkushoy”
Do'stlaringiz bilan baham: |