Atrofda yurakni mahzunlashtiradigan, fayzsiz jimlik. Faqat Manguberdi va orqada ta’qib etib kelayotgan mo’g’ullar otlari tuyoqlarining shiddatli dupuri. Bu odimlar Vatanparvarning hayotini hal qiladigan darajada tahlikali... Mana, Sultonga ikkita dushman odami etib oldi. Qilich sermadi, yo’q, tegmadi. Nayza otildi — Sulton chap berdi. Manguberdi jon holatda bor kuchini to’pladi va... orqada kelayotgan dushmanlar ikki mo’g’ulning otdan qulaganini va Xorazmshohning o’zlariga qarata qilichini havoda sermab, olg’a ketayotganini ko’rdilar...… ...Jaloliddin Manguberdi ot choptirib ketdi... Uzoqlarga... ...Uning o’limidan so’ng, mo’g’ullar bunga ko’p yillar ishonmay, yurak hovuchlab yurdilar. - Xalq Jaloliddin bu dunyodan ketganiga ishonmadi. Xizrni ko’rgan Manguberdi darveshlar orasida bir so’fiy kiyimida Islom mamlakatlarida, xalq ichida kezib yuribdi, degan ishonch bilan uning yana kuch to’plab bizni himoya qiladi, deb kutdilar. Ular holdan toygan Vatanparvarning bir kurd tomonidan nomardlarcha halok etilib qo’yilishiga ishongilari kelmadi
Uni endi qaddi egik amirlari ham sog’inch bilan yodga olardilar. O’lganiga ishongilari kelmasdi. Bir voqeani unutib bo’lmasdi. ...Isfahon yaqinida behisob mo’g’ullar lashkari yashirinib kelayotganidan vahimaga tushgan xonlar Uning oyog’iga bosh urishdi. Jaloliddin avvaliga ularni bir oz kuttirib qo’yib, so’ng bamaylixotir huzurlariga chiqadi. Sulton xotirjamlik bilan amirlariga mo’g’ullar to’g’risida emas, boshqa masalalardan so’z ochadi. Manguberdi bu bilan dushmanni nazar-pisand qilmasligini bildirmoqchi va amirlarni tinchlantirmoqchi edi. Nihoyat, uzun suhbatdan so’ng, Sulton hozir bo’lganlarni o’tirishga taklif etdi va mo’g’ul masalasini muhokama qilishga kirishdi... Uni endi qaddi egik amirlari ham sog’inch bilan yodga olardilar. O’lganiga ishongilari kelmasdi. Bir voqeani unutib bo’lmasdi. ...Isfahon yaqinida behisob mo’g’ullar lashkari yashirinib kelayotganidan vahimaga tushgan xonlar Uning oyog’iga bosh urishdi. Jaloliddin avvaliga ularni bir oz kuttirib qo’yib, so’ng bamaylixotir huzurlariga chiqadi. Sulton xotirjamlik bilan amirlariga mo’g’ullar to’g’risida emas, boshqa masalalardan so’z ochadi. Manguberdi bu bilan dushmanni nazar-pisand qilmasligini bildirmoqchi va amirlarni tinchlantirmoqchi edi. Nihoyat, uzun suhbatdan so’ng, Sulton hozir bo’lganlarni o’tirishga taklif etdi va mo’g’ul masalasini muhokama qilishga kirishdi...
Do'stlaringiz bilan baham: |