Mustaxkamlash savollari:
Zn(CN)2+2KCN nima hosil bo’ladi?
Simob qaerlarda topilgan?
HgJ2 necha modifikatsiya ko’rinishida bo’ladi?
Qaerlarda ishlatiladi?
Uyga vazifa.
Yangi mavzuni o’qish: I gruppa yonaki gruppachasi elementlari.
I gruppa yonaki gruppa elementlariga xarakteristika.
Ularning tabiatda uchrashi va olinishi.
Fizikaviy va ximiyaviy xossalari.
Ularning ishlatilishi.
MAVZU: I GRUPPA YONAKI GRUPPACHA ELEMENTLARI.75
Reja:
Mis, kumush, oltin gruppachasining umumiy xarakteristikasi.
Ularning birikmalari.
Fizikaviy va ximiyaviy xossalari.
Ishlatilishi.
Tayanch iboralar: xalkopirit, xalkozin, latun, bronza, bug’latish chanlari, xaydash kublari, neyzilber, melxnor, konstantan, galvanotlastinka, ochiltirish, oltin, tellurid, negativ, pozitiv.
Mis gruppachasiga 3 element – mis, kumush va oltin kiradi. Mendelev jadvalidagi katta davrlarning toq qatorlari ana shu elementlardan boshlanadi. Bu elementlarning atomlarining sirtqi qavatida, ishqoriy metall atomlaridagidek, 1 tadan elektron bo’ladi; mis gruppacha elementlari atomlarining sirtqi qavatidan oldingi elektron qavati ishqoriy metallarnikiga qaraganda boshqacha tuzilgan, ishqoriy metallarda bu qavat 8 elektrondan tuzilgan bo’lsa, mis gruppachasidagi elementlarda 18 elektronlarni qisman yo’qota oladi. Mis bir valentli kationlar bilan birga 2 valentli kationlarni ham hosil qiladi. Oltin uch valentli xarakterlidir, kumush 1,2,3 valentli ham bo’la oladi.
Mis yer po’stlog’ida og’irlik jihatdan 0,01 %ga teng, ammo u tug’ma holda ko’p uchraydi. Uning o’lchamlari katta bo’ladi, shuning uchun misni ishlash oson va odamlar misdan qurollar, uy-ro’zg’or buyumlari tayyorlash uchun, boshqa metallardan ko’ra oldinroq foydalana boshladilar.
Mis rudalari tarkibiga kiruvchi eng muxim minerallar xalkazin yoki mis yaltirog’i Cu2S, xalkopirit yoki mis kolchidoni CuFS2, kuprit Cu2O va maloxit CuCO3∙Cu(OH)2dir. Konlari Uralda, Qozog’istonda, Zakavkazdadir. Oksidli rudalardan mis olish uchun bu rudalar ko’mir bilan qaytariladi. Bu bir chala kuydiriladi., bunda rudadagi oltingugurtning bir qismi sulfit angdrid holida chiqib ketadi va ruda tarkibidagi FeS2 FeOga aylanadi. Ajralib chiqadigan sulfit angdrid, odatda sulfat kislota ishlab chiqarish uchun yoki oltingugurt olish uchun ishlatiladi.
Toza mis cho’ziluvchan, qovushqoq, och pushti metaldir. Toza misni yoyib, undan juda yupqa listlar hosil qilish qiyin emas. Suyuqlanish temperaturasi 10830. mis quruq havoda o’zgarmaydi, chunki hosil bo’ladigan oksid parda misni oksidlanishidan yaxshi saqlaydi, ammo mis (II) gidroksikarbonat Cu2(OH)2CO3 ning yashill dog’lari bilan qoplanib qoladi. Mis havoda qizdirilsa qora mis (II) oksidga aylanadi, bu oksid yuqori temperaturada kislorodni yo’qotib, Cu2O ga aylanadi.
Elektrolitik usul bilan olingan tozalik elekt simlari kabellar tayyorlash uchun ketadi. Zavodda ishlatiladigan har xil aparatura; qozonlar, bug’latish pechlari, xaydash kublari qilinadi. Qotishmalari ham ishlhtiladi. Ulardan latun (mis bilan rux qotishmasi), bronza (mis bilan qalay qotishmasi), neyzilber (mis, rux, nikeldan iborat qotishma), melxior (mis va nikel qotishmasi) qarshiliklar magazini va termoelementlarda ishlatiladigan konstantan (mis va nikel qotishmasi) va ko’pgina boshqa qotishmalardir.
Mis kam aktiv metall, mis xavo kislorodi ishtirokida bu kislotalarda erib, tegishli tuzlar xosil qiladi.
2Cu+4HCl+O22CuCl+2H2O
Misning barcha uchuvchan birikmalari gaz gorelkasining yorug’lik bermaydigan alangasini ko’k yoki yashil tusga bo’yaladi.
Su2O – tabiatda qizil mis rudasi yoki kuprit xolida uchraydi. Su2O - ikki valentli mis tuzi eritmasiga ishqor va kuchli biror qaytaruvchi, masalan, formalin yoki uzun shakari qo’shib qizdirish yo’li bilan sun’iy ravishda olish mumkin. Sariq xosil bo’ladi. Mis gidroksid yoki Su2O amorf geli ekanligi aniqlanmagan, u qattiq qizdirilsa qizil tusli Su2O ga aylanadi. Bir valentli birikmasiga yana mis xlorid va Cu2S misol qilish mumkin.
Ikki valentli mis birikmalari mis oksid qora modda bo’lib, mis bo’laklari qirindisi yoki qipig’ini xavoda qizil cho’g’ bo’lguncha qizdirish yo’li bilan olinadi:
Cu2(OH2)CO3 yoki Cu(NO3)2 qattiq qizdirilib xam olish mumkin. Organik moddalrni elementar analiz qilishda bu reaktsiyalarda keng foydalaniladi.
Cu(OH)2 ikki valentli mis tuzlari eritmalariga ishqor ta’sir ettirilganda xavo rang iviq massa holida cho’kadi. Kuchsiz asos, kislotali reaktsiyalarga ega bo’ladi, Cu(OH)2 kuchsiz kislotalar bilan reaktsiga kirishganda gidroksi tuzlar xosil qiladi.
CuSO4 oq kukun, u suvni shimib olganida ko’karadi. Shuning uchun organik suyuqliklarda suv asari bor-yo’qligini bilish uchun ishlatiladi.
CuCl2∙2H2O mis ikki xlorid suvda oson eriydigan to’q yashil kristall xosil qiladi. Mis (II) gidroksikarbonatni vodorod xloridda eritish yo’li bilan olinadi. To’q-yashil tusga bo’yaydi.
Cu(NO3)2∙3H2O mis (II) nitrat misni nitrat kislotada eritish yo’li bilan olinadi. Qizdirilganda suvni yo’qotadi va oson ajralib, kislorod va qo’ng’ir azot oksidlari ajratib chiqaradi va qora mis (II) oksidga aylanadi, bo’yoqlar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Cu2(OH2)CO3 – mis (II) gidroksikarbonat tabiatda malaxit minerali xolida uchraydi. Malaxit go’zal, zumradday yashil tusli bo’ladi. Mis (II) gidroksikarbonat ikki valentli mis tuzlari eritmasiga soda ta’sir ettirish yo’li bilan sun’iy ravishda xosil qilinadi:
2CuSO4+2Na2CO3+H2O=Cu2(OH2)CO3+2Na2SO4+CO2
Cu(Ch3COO)2∙H2O – mis atsetat metal xolidagi misni yoki mis (II) oksidni sirka kislotada ishlash yo’li bilan olinadi. Sotiladigan mis atsetat, har-xil tarkibli va tusli gidroksi tuzlarning aralashmasidir. Mis atsetat moy bo’yoqlar tayyorlash uchun ishlatiladi va bunda yarmedianka deb ataladi.
Cu(Ch3COO)2∙Su3(ASO3)2 – arsenat –mis atsetat misning qo’sh tuzi (parij yashili) qishloq ho’jalik ekinlari zarar kunandalarini qirish uchun ishlatiladi.
Kumush atom og’irligi 107,870 dan kam tarqalgan, yer po’slog’ida og’irligi jixatdan 0,00001% bor. Tug’ma holda Kanadada uchraydi.
Birikmalari: Kumush yaltirog’i, shoh (muguz) kumush. Meksikada va AQSh da kumush bor.
Toza kumush juda yumshoq, cho’ziluvchan metall bo’lib, suyuqlanish temperaturasi 960,80ga teng.Issiqlik va elektr tokini qolgan metallarga nisbatan yaxshi o’tkazadi. Boshqa metallarning sirtiga, asosan, galvanik yo’l bilan yuritiladi. Bir qator miqdori akkumlyatorlar tayyorlashda sarflanadi.
Kumush aktivligi juda kam metall, shuning uchun kuchlanishlar qatorida eng keyingi o’rinlarda turadi. Kumush buyumlar sirtining ko’pincha qorayib qolishiga sabab, kumush buyumga havodagi vodorod sulfid ta’siridan yoki oltiugugurtli birikmalar bor ovqat muxsulotlar, masalan, tuxum tegishidan qora kumush sulfid AlS hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |