Мавзу: ив-группа бош группачасига умумий характеристика


MAVZU: DAVRIY SISTEMANING II GRUPPA YONAKI GRUPPACHA ELEMENTLARI



Download 1,02 Mb.
bet30/45
Sana30.12.2021
Hajmi1,02 Mb.
#196130
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45
Bog'liq
3-китоб(1)

MAVZU: DAVRIY SISTEMANING II GRUPPA YONAKI GRUPPACHA ELEMENTLARI.
Reja:

  1. Rux gruppacha elementlari va birikmalari.

  2. Kadmiy va uning birikmalari.

  3. Simob va uning birikmalari.

  4. Ishlatilishi.

Tayanch iboralar: modifikatsiya, fosforestsentsiya, giroskopik, galvanoplastika, oksigologen, koks, lavingenstoniy, amalgama, Millon asosi, summa, pretsipitat, kalomel, Nesser reaktivi.

Bu qo’shimcha gruppachaga rux, kadmiy va simob kiradi. Ruch IV katta davrining eng keyingi d elementi, kadmiy V davrning oxiri d elementi va simob VI davrning oxirgi d elementidir. Element konfiguratsiyasi:

Zn KL 3s2 3p6 3d10 4s2

Cd KLM 4s2 4d6 4p10 5s2

Hg KLMN 5s2 5p6 5d10 6s2

Demak, bu elementlar atomining sirtqi qavatidan oldingi qavatida 18 ta elektron bor; uning d orbitallari 10 elektron bilan batamom to’lgan bo’lib, sirtqi qavatida 2 tadan s elektron bor.

Rux, kadmiy va simob atomlarining sirtqi qavatidan oldingi qavati o’zidan elektron bermaydi. Bular asosiy gruppaga o’xshab aktiv emas. Metallarning kuchlanishlar qatorida rux bilan kadmiy vodoroddan oldinda simob esa vodoroddan keyinda turadi. Shunday bo’lsada rux va kadmiy suvdan vodorodni siqib chiqarmaydi.

Rux – tartib nomeri 30, atom og’irligi 65,37. barqaror izotoplari; 64Zn, 67Zn, 68Zn va Zn. Ruxning radiaktiv izotoplari ichida eng muhimi 65Zndir. U yordamida izotop almashinish reaktsiyalari o’rganilgan. Radiaktiv mikroo’g’itlar tarkibiga kiradi, shuning uchun texnikada oddiy ruxni neyron bilan yoritib olinadi.:



Rux yer qobig’ida og’irlik jihatdan 1,5∙10-3 %ni tashkil etadi. Sharq mamlakatlarida qadim zamonlardan beri ma’lum, yevropada XVII asrdan beri ishlab chiqariladi. Minerallaridan rux aldamasi ZnS, galley ZnCO3, villamit Zn2SiO4∙H2Odir. AQShda, Qozog’iston, Ural, O’rta OSiyo, Polsha, Belgiya mamlakatlarida uchraydi.

Ruda boyitilgandan keyin hosil bo’lgan rux kontsentrat havoda qizdirilib, rux oksid olinadi.

2ZnS+3O22ZnO+2SO2+126 kkal

Hosil bo’lgan ZnO ga yuqori temperatuda ko’mir qo’shib rux hosil qilinadi: ZnO+CCO+Zn-55,6 kkal

U sovuq sirtda kondensatlangandan keyin kukn holatida rux-rux changi g’osil qiladi.

Elektrolit usulida rux olish uchun dastlab rux rudasi H2SO4 eritiladi, so’ngra eritmadan elektr toki o’tkaziladi, hosil bo’lgan ruxni elektroliz usulida tozalanadi.

Rux-geksaganal kristall shaklda kristallanadigan kul rang oq metall, odatdagi temperaturada mo’rt, lekin 100-1500 gacha qizdirilganda plastik xossaga ega bo’ladi, bunday ruxdan yupqa varaqlar tayyorlash mumkin. Nam havoda va suvda ruxning sirti oksikarbonat ZnCO3∙3Zn(OH)2 havosi bilan qoplanadi; bu qavat ruxli yanada oksidlanishidan saqlaydi. U amfoter element. Suvni parchalaydi. Qizdirilganda gologenlar S, P va boshqa metalmaslar bilan reaktsiyaga kirishadi.

ZnH2 – rux yodidga litiy alanat Li[Al+H4] ta’sir ettirish natijasida hosil bo’ladi.

2ZnJ2+Li[AlH4]ZnH2+LiJ+AlJ3

ZnO ruxning havoda yonishidan hosil bo’lgan oq kukundir. ZnCO3, Zn(NO3)2, Zn(OH)2larning parchalanishdan ham ZnO hosil bo’ladi. u kuchili qizdirilganda oldin sarg’ayadi, ruxning qutblovchi ta’siri kuchayadi, yana keyin o’zining oq tusiga kiradi. Kislota va ishqorlarda eriydi.

ZnS rux tuzlarining neytral eritmalariga HS ta’sir ettirilishidan hosil bo’ladi. Suvda sirka kislotada erimaydi. Tabiatda uchraydi va rux olishda xom-ashyo sifatida ishlatiladi.

Rux sulfidning 2 ta kristal modifikatsiyasi ma’lum bo’lib, ularning biri kub shaklida kristallanadigan d∙ZnS va ikkinchisi geksaponal shaklida kristallanadigan B-ZnS vartintdir. Bunday rux sulfid katod va rengen nurlari ta’sirida shulalanadi. Shunga ko’ra tarkibiga mis, kumush qo’shilgan rux sulfid kadmiy silfid bilan aralashma holida televizion naylar, ekranlar tayyorlashda va radiaktiv moddalarni aniqlashda qo’llaniladigan asboblar yasashda ishlatiladi. Rux xlorid ZnCl2 suvsiz holatda olish juda qiyin bo’lgan oq gigroskopik modda. U uch molekula suv bilan birga kristallanadi. Ruxni yoki rux oksidini xlorid kislotada eritib ZnCl2∙3H2O olinadi.

Rux xloridning suvdagi eritmasi kislota asossiga ega, uning kontsentrialgan eritmasi tolani eritadi. Rux xlorid yog’ochni chirishdan saqlaydi, kalvanoplastikada, metallarning sirtini tozalanadi va ximiyaviy reaktsiyalarda suvni tortib oluvchi vosita sifatida qo’llaniladi. Rux oksigalogenidlar ham hosil qilinadi. Masalan; Zn(OH)Cl. Bu modda geksaganol prizma shaklida kristallanadi.

Zn(CN)2 – tux tuzi eritmasiga tsianid kislotaning birorta eruvchan tuzi eritmasi qo’shish natijasida oq cho’kma rux tsianid hosil bo’ladi. Agar KCN dan mo’lroq qo’shilsa, bu cho’kma erib kompleks tuz g’osil bo’ladi.

Zn(CN)2+2KCNK2[Zn(CN)]4

Rux sulfat eritmasi boshqa metallarni elektrolitik usulda rux bilan qolashda, meditsinada, to’qimachilik sanoatida va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.


Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish