Мавзу: ЎҚитувчилар жамоасини бошқариш психологияси


Pedagogik jamoada psixologik muhitning ta’lim-tarbiyadagi roli



Download 75,71 Kb.
bet8/19
Sana08.02.2022
Hajmi75,71 Kb.
#436267
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
oqituvchilar jamoasini boshqarish psixologiyasi (1)

Pedagogik jamoada psixologik muhitning ta’lim-tarbiyadagi roli


Shaxsning ijtimoiy mohiyati u mansub bo’lgan jamoa a’zolari bilan turlicha munosabatlarda nomoyon bo’ladi. Chunki har bir odam konkret shaxs sifatida odamlar qo’rshovida yashaydi. Oilada, bog’cha yoki maketabda, oliy o’quv yurti yoki ish joyida, qayerda bo’lmasin, shaxs odamlar guruhi, jamoa bilan munolsabatga kirishadi. Ta’kidlash joizki shaxs munosabatiga kirishuvchi guruh va jamoalar hamma vaqt o’zgarib turadi.
Ahil jamoa jamiyat sifatlari bilan ayrim shaxs manfaatlarini o’z ichiga oladi. Bir tomondan, inoq va ahil jamoa shaxsning ijtimoiy baxt-saodati uchun xizmat qilishni uning xulq atvorining yuqori mezoni qilib qo’yadi: ikkinchidan, shaxsga eng yuksak axloqiy sifatlarni singdiradi.
Darhaqiqat, jamoaning o’z a’zolariga samarali tarbiyaviy ta’siri shu jamoaning g’oyaviy yetukligi, uyushqoqligi va jipsligiga bog’liqdir. Shaxsning ongliligi, g’oyaviy va axloqiy yetukligi, erki, mustaqilligi jamoadagi umumiy axloqiy muhitga, onglilik darajasiga va umumiy manfaatdorlikka bog’liq bo’ladi. Shunday ekan, shaxs o’zi mansub bo’lgan jasoadagi turli xil munosabatlarga dadil kirishmog’i, o’z faolligini nomoyon eta olmog’i zarur.
Shaxs ijtimoiy mavjudod sifatida o’z mehnat jamoasidagi odamlar bilan munosabatga kirishmay yashay olmaydi. Respublikamiz mustaqilligi sharoitida mehnat jamoalrining psixologik belgilari o’zgacha mohiyat kasb etmoqda. Jamoa tarkibidagi har bir shaxs o’z mehnat faoliyatiga yuksak onglilik, vatan istiqboli, baxt-saodati, umummanfaatini ko’zlagan holda munosabatda bo’lmog’i lozim. Shunday bo’lgan taqdirda shaxs o’z mehnat jasoasi a’zolari orasida obru topadi, uning mehnati qadrlanadi.
O’qituvchi shaxsiga qo’yilgan talablardan kelib chiqib chiqib, maktab pedagogik jamoasiga ham talablar qo’yilgan. Maktab jamoasini kuzatish orqali, biz pedagogik jamoaning yangi modeliga quyidagi xususiyatlarni kiritishni maqsadga muvofiq deb bildik:

  1. Intellektual salohiyat.

  2. Yuksak madaniyat.

  3. Vatanparvarlik.

  4. Jamoada sog’lom ruhiyat.

  5. Kasbga hurmat.

  6. Rag’batlanish.

  7. O’zaro sig’ishuvchanlik.

  8. Boshqaruvda adolat.

  9. Professionalizm.

  10. Rasmiy va norasmiy muloqot pozisiyalarining yo’lga qo’yilganligi. (ILOVA

– 1).
Psixologik jihatdan jamoa guruhlardan iborat bo’ladi. Guruhlar mohiyat- e’tibori biln ikki xilga bo’linadi 1. shartli guruh: 2. real guruh. Ayrim belgilarga (yosh, jins, milliy, kasbiy va hakozo) asoslanib qisqa muddat mobaynida birlashtirilgan odamlar uyushmasi shartli guruh hisoblanadi. Shartli guruh a’zosi nima uchun shu guruhga tushib qolganligini o’zi mutloqo bilmaydi. Shartli guruhning ichki tartib-intizomi, umumiy qoidalari, jamoa oldidagi aniq burchi ham bo’lmaydi. Shakl guruh a’zolari o’rtasida inoqlik, o’zaro yordam, simpatik mazmundagi munosabatlar bo’lmaydi. Chunki ular avvaldan bir-birlari bilan tanishgan bo’lmaydilar, ularning umumiy maqsadi va manfaatdorligi ham bo’lmaydi. Shuning uchun bunday guruhni birlashtirgan shart amalga oshirgach, gshuruh ham tugaydi, tarqaladi.
Aniq maqsad ma’lum muddat asolsida uyushgan real munosabatlar yo’li bilan birlashgan odlamlar guruhi real guruh hisoblanadi. Oila, bir sinf o’quvchilari, tilabalar guruhi kabilar real guruhlardir. Real guruh a’zolari o’rtasida haqiqiy hamkorlik, o’zaro samimiy hurmat aniq munosabat mavjud bo’ladi. Real guruh a’zolari hammasi uchun umumiy bo’lgan huquq va burchlarga ejga bo’ladi. Real guruh jamiyatning kichik bo’lagi (qismi) hisoblanadi, jamiyatning odob-axloq doirasida faoliyat ko’rsatadi. Real guruh ijtiomiy maqsadga ega bo’ladi.
Real guruhlar miqdor jihatdan katta va kichik guruhga ajraladilar. Oliy ta’lim sharoitida talabalarning guruhi kichik guruh bo’lib, bir necha guruhlardan
iborat bo’lgan kurs jamoasi kurslar gguruhlari yig’indisidan, fakultet jamoasi, fakultetlar birikuvidan esa oliy o’quv yurti jamoasi tashkil topadi. Shu tarzda real guruh eng kichik guruhdan eng kattasigacha-jamiyat va insoniyatgacha o’sib boradi. Real guruhning jamiyat bosqichida shu jamiyatning tarkibini ifodalavchi sinflar mavjud bo’ladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning muayyan tizimida tutgan o’rni, ishlab chiqarish vositalariga munosabati, ijtimoiy mehnatini tashkil etishdagi roli. Jamiyat boyligidan o’z hissasini qanday usulda va qay miqdorda olishi bilan farqlanadigan katta guruhlar sinf deb aytiladi. Hozirgi mustaqilliuk sharoitida jamiyatimizda ziyolilar sinfi, ishchilar sinfi, dehqon sinfi kabi sinfiy tabaqalar bor. Yana bir qancha qatlamlar (fermentlar, biznesmenlar, savdogarlar, mulkdorlar va hakozo) ham sinf sifatida shakllanish davrini o’tayapti.
O’qituvchilar guruh tarkibida referent yoki etalon guruh ham mavjud bo’ladi. Referent yoki etalon guruh a’zolari shunday odamlar guruhi yig’indisidan iborat bo’lidiki, ulardagi fikr mulohazalar g’oyalar, ishonch-e’tiqod, dunyoqarash, axloqiy fazilatlar o’zaro uyg’un bo’ladi. Manashu uyg’unlik ularni birlashtiradi va umumiy harakatga yo’llaydi. Muhim tomoni shundaki referent yoki etalon guruhni tashkil etuvchilar bu guruhga o’z hohishlari bilan birikadilar. Bunday guruhning yuzaga kelishida boshqa shaxslarning roli bo’lmaydi.
O’qituvchilar guruhini uning katta yoki kichikligidan qatiy nazar boshliq (lider) boshqaradi. Bu boshliq guruh a’zolari ichdan saylanadi yoki tayinlanadi. Ayrim rasmiy holatlardagina chetdan bta’yinlanishi ham mumkin. Lider zimmasiga guruhga boshchilik qilish, uni umum manfaatga yo’naltirish, guruhning ichki tizimida intizom o’rnatish, guruh a’zolarining teng huquqligini ta’minlash, har bir shaxsning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish kabi vazifalar yuklanadi.
Lider guruhidagi har bir kishining bajaradigan vazifasini belgilaydi, bajarilishi zarur bo’lgan ish uchun javobgarligini ta’minlaydi, ularning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy faolligini kuchaytiradi.
Real guruhning o’z jamoasi oldidagi muvofaqiyati faqat liderning faloliyati bilan belgilanmaydi. Guruhning yutug’ini ta’minlaydigan muhim psixologik jihat shaxslararo o’zaro sig’inish yoki sig’ishmaslik masalasidir. Demak, har bir real guruh a’zosi o’zining xarakter xislatlari bilan tboshqalarga (o’z guruhi a’zolariga) mos keladimi, yo’qmi masalasini lider birinchi navbatda hisobga olish zarur. Chunki, bu masalaning lider faoliyati uchun ham, guruh hayoti uchun ham g’oyat katta ahamiyati bor.
Guruhning muvofaqiyati uchun uning a’zolari xarakter xislatlari tipii va boshqa psixologik xususiyatlari jihatdan o’zaro qovushadigan, sig’ishadigan bo’lishlari kerak. Agar guruh a’zolari o’zaro qovushadigan bo’lsa, ularning xulq- atvori boshqalarda ijobiy reaksiya, qovushmaydigan bo’lsa, salbiy reaksiyani vujudga keltiradi.
Salbiy reaksiya natijasida guruhdagi psixologik jihatdan qovushmaydigan shaxslar shu guruh tarkibidan chiqariladi. Bunday siqib chiqarilishning bir qancha psixologik sabablari bor. Birinchidan, shaxs o’z guruhidagi yagonga maqsadga bo’ysunmaydi, qo’shilmaydi. Ikkinchidan, shaxs xarakteridagi ayrim salbiy sifatlar-takabburlik, ezmalik, jizzakilik, o’zini tuta bilmaslik kabilar uni shu guruh a’zoligidan mahrum etadi.
Hozirgi sharoitda ilmiy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga molik psixologik hol har bir shaxsning o’z guruhi a’zolari o’rtasida murakkab va xilma- xil munosabatlarini har tomonlama tadbiq etishdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun psixologiya fanida sosiometrik (tanlash) usulidan foydalaniladi.
Sosiometrik usulni amerikalik psixolog Djon Moreno kashf etgan va shaxsning guruhdagi mavqyeini aniqlashda undan keng foydalanilgan. Psixolog M.Vohidov qayd etganidek, sosiometrik usulni kichik jamoa yoki guruhdangi odamlarning o’zaro munosabatlarini o’rganishda qo’llasa bo’ladi. Lekin jamoa yoki guruh a’zolari bir birlarini yaxshi bilgan taqdirdagina bu usuldan samarali foydalanish mumkin.
Shundan so’ng talabalarga yozma javob qaytarish sharti bilan bir nechta savol beriladi: «Siz kimning guruhga sardor bo’lishini istaysiz?», «Kim bilan
yonma-yon o’tirish sizga ma’qul?», «Dam olish vaqtlarini ko’proq kim bilan o’tkazishni yoqtirasiz?» va hokazo. Talabalar o’zlari yoqtirgan guruhdoshlarining ismi sharifini yozib beradi.
Ismi sharifini guruhdoshlar tomnidan eng ko’p takrorlanishiga qarab, guruh a’zolarining o’zaro qadr-qimmati va obro’ darajasi aniqlanadi. Talabalarning yuqoridagi savollarga yozgan javoblarini tahlil qilib, eng ko’p takrorlangan ism sharifni (nomerni) birinchi doiraga, undan kamroq takrorlanganini ikkinchi doiraga, ikkinchidan ham kamroq takrorlanganini uchinchi doiraga, eng kam takrorlanganini to’rtinchi doiraga raqam bilan yozib qo’yiladi.
Byuirinchi doiraga tushgan raqamlar (ism, shariflar) qiz yoki o’g’illardan qatiy nazar guruhning eng sevimli va eng qadrli a’zolari hisoblanadi (4,9 doiradagi va 7 burchak raqamlar). Ikkinchi aylanaga joylashtirilgan 2,5,8 raqamli doira va 13,15,19 uchburchakdagi raqamlar guruhdagi obro’ e’tiborlari jihatdan ikkinchi o’rinni, uchinchi doiradagi aylanaga joylashgan 1,3,6 raqamlar , uchburchakka joylashgan 11,16,18,20 raqamlar uchinchi o’rinni va to’rtinchi aylanaga joylashgan doiradagi 7,10 raqamlar, uchburchakdagi 12,14,17 raqamlar nomlari eng kam tilga olingan. To’rtinchi o’rinni egallaydigan talabalar hisoblanadi.
Shunday qilib sosiometiriya usuli orqali har bir shaxsning o’z guruhi yoki jamoasidagi mavqyei, obro’si aniqlanadi. Shu tarzda guruh a’zolarini o’rganishning ta’lim va tarbiya sifatini yaxshilashda, mehnat jamoalaridan ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishda uning samaradorligini oshirishda katta ahamiyati bor. Yana bir muhim tomoni shundaki, guruh yoki jamoadagi har bir shaxsning o’z individual ongi va kayfiyatidan tashqari, ularning barchasiga ta’lluqli bo’lgan guruh ongi va kayfiyati kabi ommaviy psixologik hodisalar ham bor.
Ommaviy psixologik hodisalar jamoa a’zolarini yagona maqsadga yo’llashda, ularni umum manfaati uchun xizmat qilishga chorlashda kuchli ta’sir vositasi sifatida namoyon bo’ladi, jamoa a’zolarini jipslashtiradi, yagona maqsadga buysundiradi. Tabiiyki, yaxshi kayfiyat jamoa a’zolariga ko’tarinki ro’h bag’ishlaydi, ulraning ijtimoiy faloliyatini kuchaytiradi, ayrim vahimali
holatlarning oldini olishga yordam beradi, ammo ruhini tetiklashtiradi, ma’naviy olamini ezgulikka yo’naltiradi, mehnat qobiliyatini oshiradi.

  1. Download 75,71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish