Mavzu: Islom dini va turmush madaniyati Markaziy Osiyo mutafakkirlarining turmush madaniyati haqidagi qarashlari Reja



Download 37,3 Kb.
bet1/4
Sana18.07.2022
Hajmi37,3 Kb.
#823609
  1   2   3   4
Bog'liq
Islom dini va turmush madaniyati Markaziy Osiyo mutafakkirlarining turmush madaniyati haqidagi qarashlari


Mavzu: Islom dini va turmush madaniyati Markaziy Osiyo mutafakkirlarining turmush madaniyati haqidagi qarashlari
Reja:

  1. Islom dini va turmush madaniyati

  2. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining turmush madaniyati haqidagi qarashlari

  3. Abu Ali ibn Sinoning turmush madaniyati borasidagi qarashlari

  4. Forobiyning turm ush m adaniyati haqidagi fikrlari

  5. Yusuf Xos Hojibning turmush m adaniyati haqidagi qarashlari

Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishda barkamol avlod katta rol o‘ynaydi. Kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarni komilikka yo‘naltirib tarbiyalashda, sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishda milliy qadriyatlarni tiklash va e’zozlash muhimjarayondir. Zero, ijtimoiy muhit insonning faoliyati davomida uning shaxs sifatida shakllanishi uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Inson ongi, tafakkurining yangilanishi, ma’naviy hamda axloqiy kamolotiga ta’sir etadi. Bunda muqaddas Qur’oni karim va Hadisi shariflarning o‘rni nihoyatda beqiyosdir.


Yoshlar tarbiyasida diniy qarashlar, xususan, islom qadriyatlari nuqtai nazaridan tashqari, ilmiy va falsafiy yondashuvlar ham bir vaqtda shakllana borgan. Ushbu milliy falsafiy qarashlarda ijtimoiy borliqning mohiyati haqidagi fan dalillariga, mantiqiy fikrlash asoslariga, tabiiy-ilmiy bilimlar tajribasiga suyanilgan holda shaxs va jamiyat bilan bog‘liq muammolarni hayot voqeligiga tatbiq qilib yondashishga harakat qilingan. Vatanimizda yetishib chiqqan olim va mutafakkirlarning xizmati alohida ahamiyatga egadir. Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan buyuk arboblar ko‘p bo‘lgan. Xususan, Imom al-Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Al- Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo‘lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum. Islom madaniyatining bebaho durdonalari hisoblangan bu asarlar oily qadriyat sifatida e’zozlanib, o‘sib kelayotgan yosh avlodning nafaqat jismoniy salomatligi, balki ma’naviy va axloqiy kamolotga erishishida muhim ahamiyatga molikdir. Ular insonni yaxshi va ezgu amallarni bajarishga undab, yomon odatlarni tark etishga buyuradi. Islom tarbiyasi shaxsni mustaqil oila qurish, ota-ona, turmush o‘rtog‘i va farzand oldidagi burchi kabi insonni ulug‘lovchi odob va axloq hamda inson ma’naviyati va ma’rifati kamolotida katta o‘rin egallaydi. Insonlar orasidagi o ‘zaro munosabat, odamgarchilik, mehr-muhabbat, do‘stlik, birdamlik, ahillik asosida yashash va faoliyat ko‘rsatish aqliy-axloqiy tarbiyaga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. U jasurlik, mardlik, chidamlilik, baquvvatlik masalalariga alohida e’tibor bilan qaraydi. Ruhan va jismonan baquvvat, aqlan yetuk, axloqan barkamol kishilar o‘z yurtini, Vatanini dushmanlardan himoya qila oladigan, xalqparvar bo‘lib shakllanadi. Qur’onning “Oli Imron” surasining “Yettinchi ju z’”ida: “Ey mo‘minlar, o‘zingizni bilingiz! (ya’ni gunohlardan saqlaningiz!) Modomiki, haq yo‘lini tutgan ekansiz, adashgan kimsalar sizlarga zarar yetkaza olmas, barchangiz ham Allohga qaytishingiz bordir. Ana o‘shanda Olloh sizlarga qilib o ‘tgan amallaringizning xabarini berur”. Bu suradan shuni anglash mumkinki, yomon illatlar hisoblangan baxillik, yomonlik, nafsu havo, molu dunyoga berilmoqlik kabilardan o‘zlikni asrab, faqatgina insoniy fazilatlar bilan yashamoqqa da’vat etish – chin insonlik burchidir. Ma’lumki, islom dinining asosida uning beshta asosiy farzini bajarish yotadi. Bular iymon (ishonch va sadoqat), namoz, ro‘za, zakot, haj kabi amallardir.
Islom - bu Alloh yagona deb e’tiqod qilib, unga bo‘ysunmoqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga imon keltirmoqlik demakdir.
Namoz o‘qishga qo‘yiladigan talablarga ko‘ra:
Tahorat olinadigan suv pokiza va halol bo‘lishi,
Namoz o‘qiladigan joy toza, pokiza joy bo‘lish,
Jomai pok - kiyimlar pok bo‘lishi,
Niyat, ya’ni qaysi namozni o‘qiyotganlikni bilish,
Vaqt - har bir namozni o‘z vaqtida o‘qish.
G ‘usl qilish (tahorat olish). G ‘uslning sharti og‘izni, burunni yuvmoqlik va badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik, qo‘lni yuvmoqlik, iflos tekkan joylarni yuvmoqlik, tahorat olishda tartib bilan oyoqlar, yuz, bo‘yin, quloq, qo‘llarni tirsakkacha, har kuniga 5 marotaba namozdan oldin yuvmoqlik kabilarni o‘z ichiga oladi. Muttasil ravishda namoz o‘qiydiganlar va o‘qimaydiganlarda ayrim kasalliklarning tarqalishini kuzatishdan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, namoz o‘quvchilarda: to‘g‘ri ichak teshilishi, paroproktit va boshqa yiringli kasalliklar deyarli uchramaydi, shuningdek ularda to‘g‘ri ichak tushishi, bavosil kam uchraydi; defekatsiya bioritmi saqlangan bo‘ladi. Bundan tashqari, namoz o‘quvchilar kuniga 5 marta shartli harakatlarni bajaradilar: boshlarini chap va o‘nga burishi, qo‘llarini ko‘tarishi, engashish, tizzaga o‘tirishi va shu kabi harakatlarni bajaradilar. Oqibatda namoz o‘quvchi keksalarda yoshi keksalarda uchraydigan qator kasalliklar - bo‘yin osteoxondrozi, bo‘g‘inlar kasalliklari kam uchrar ekan. Bundan tashqari, namoz o‘qish, odatda, kishining ruhiy-asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kishi kun bo‘yi
o‘zini tetik tutadi.
Ro‘za — bir qator kasalliklarning kechishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, semirish, yurak-qon tomirlari kasalliklari, ateroskleroz, podagra va shu kabilarda davolovchi ta’sirga ega, insonni ortiqcha yukdan xolos etadi. Shu boisdan keyingi paytlarda ochlik bilan davolash keng qo‘llanilmokda. Ozodalik - salomatlikning asosiy shartlaridan biri ekanligi barchaga ayon.
Payg‘ambar alayhissalom, "Ozodalik imondandir" degan, ya’ni ozodalik imonning bir bo‘lagi bo‘lib, islom kishilarni ommaviy ozodalikka chaqiradi. Kishining badani, kiyimi, turgan - o‘tirgan joyi va hakozo o‘ziga tegishli narsalarining barchasi ozoda bo‘lmog‘i lozim. Tahorat barcha ibodatlardan avval farz qilingan, yuvinish ham xuddi shunday.
Qur’oni Karimning "Moida" surasi 90-91 oyatida Alloh aroq va qimorbozlikning xaromligini bayon qilib, shunday deydi: ”Ey imon keltirganlar, albatta, aroq, qimor, butparastlik va folbinlik iflos narsalar bo‘lib shaytonning ishidir. Bu narsalardan chetlaning, toinki najotga erishsalaringiz.

Download 37,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish