Navoiy ijodi va xalq og;zaki ijodida nutq madaniyati va notiqlik san’ati masalalari. Reja



Download 28,38 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi28,38 Kb.
#214689
  1   2   3
Bog'liq
2-modul 9-10 topshiriq


Navoiy ijodi va xalq og;zaki ijodida nutq madaniyati va notiqlik san’ati masalalari.

Reja:

1.A.Navoiyning ilmiy- ma’rifiy faoliyati.

2.Navoiy asrlarida nutq madaniyati va odob xususida, A.Navoiy o`qituvchi ustoz haqidagi qarashlari.

3. O'zbek xalq ijodida nutq madaniyatiga oid fikrlar.

4. Nutq madaniyati masalalari aks etgan afsona, rivoyat, maqol va matallar

5. Topishmoq va tez aytish mantiqiy fikrlash va nutqni rivojlantirish vositasi sifatida.

Alisher Navoiy taʼlim-tarbiya toʻgʻrisidagi fikrlarini koʻproq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Ilm-maʼrifat, axloq-odob masalalariga doir fikrlarini esa ilmiy-falsafiy va didaktik asarlarida bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, komil ishonch bilan ilm-fanning fazilati juda katta, deb hisoblaydi.

Buyuk soʻz sanʼatkori va mutafakkiri oʻzining bir qancha asarlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarini aytish bilangina kifoyalanib qolmasdan, balki “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi dostonlarining ayrim boblarini shu masalaga bagʻishlaydi. “Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) falsafiy-taʼlimiy dostondir. Navoiy bu asarida oʻzining falsafiy, ijtimoiy-siyosiy hamda kishilarga taʼlim va oʻgit berish masalalariga katta eʼtibor beradi. Dostonda zolim hukmdorlarni qoralab, ikkiyuzlamachi, riyokor ruhoniylarning sir-asrorlarini keskin fosh etadi. Xususan, shoir saxiylik, odob va kamtarinlik, ota-onaga hurmat, rostgoʻylik va toʻgʻrilik, ilmning foydasi va kambagʻal oʻquvchilarning bu yoʻlda chekkan azoblari haqida batafsil toʻxtalib oʻtadi.

“Hayrat ul-abror” asarining bir necha boblari odob-axloq va taʼlim-tarbiya masalasiga bagʻishlangan. Navoiy bu dostonning oltinchi maqolotida odob va kamtarlikni ulugʻlab, taʼlim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalarini bayon qilish bilan birga, takabbur va odobsiz kishilarni qattiq qoralaydi. Shoir dostonning bu maqolotida bola tarbiyasi, uni oʻstirish, oʻqitish va balogʻatga yetkazish hamda bu borada ota-onalarning vazifalari haqida batafsil fikr yuritadi. Shoir yoshlarni ota-onaning xizmatini bajarishga, ularni hurmat qilishga, ularga nisbatan hamisha mehr-muhabbatli boʻlishga chaqiradi, ota-onani oy va quyosh deb taʼriflaydi:

Boshni fido ayla ato qoshigʻa,

Jismni qil sadqa ano boshigʻa…

Tun-kunungga aylagali nurposh,

Birisin oy angla, birisin quyosh…

Dostonning sakkizinchi maqolotida Navoiy yolgʻizlikka nisbatan koʻpchilik – jamoatni ulugʻlab, kishilarning bir-birlari bilan ahil, doʻst boʻlishlarini istaydi:

…Yoʻq hunari yolgʻuz esa, oʻz ishi,

Qayda kishi sonida yolgʻuz kishi?

Fard[1] kishi davrda topmas navo,

Yolgʻuz ovuchdin[2] kim etmish sado?…

“Hayrat ul-abror”ning oʻninchi maqoloti rostgoʻylik, halollik va toʻgʻrilikka bagʻishlangan. Navoiy unda kishilarni rostgoʻy va toʻgʻri boʻlishga chaqiradi, yolgʻonchilik va egrilikning zararli oqibatlarini keskin fosh etadi. Shoir yolgʻon soʻzlashning yomon oqibatini “Sher bilan Durroj” masalida ovchining tuzogʻiga tushgan Durroj timsolida hikoya qiladi.

Dostonning oʻn birinchi maqolotida Navoiy ilm-fanga, ilm ahliga yuksak baho beradi. Kishilarni ilm olishga, olimlarni izzathurmat qilishga chaqiradi. Shu bilan birga, shoir oʻsha davrda mehnatkash va musofir talabalarning ilm olish yoʻlida chekkan mashaqqatlaridan, ilm-fan egalarining muhtojlikda yashaganlaridan afsus-nadomatlar chekadi.

Navoiy ilmdan amalda foydalanish zarurligini taʼkidlaydi:

Ilm, Navoiy, senga maqsud bil,

Endiki ilm oʻldi amal aylagil.

Navoiy yaramas odat va xulq-atvorlarni shafqatsiz qoralashi, oliyjanob insoniy fazilatlarni qadrlashi, bolalarni oʻqish, oʻrganish va yuksak odobli, aʼlo xulqli boʻlishga chaqirishi katta ahamiyatga ega boʻlib, bolalar adabiyotining shakllanishida juda muhimdir. Uning bir qator axloqiy-taʼlimiy qarashlari hozirgi kunda ham oʻz qadr-qimmatini saqlab kelmoqda.

48 Alisher Navoiyning pedagogik qarashlarini olamshumul ahamiyati nimada

Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singigan boʻlsa-da, maxsus "Lison ut-tayr" dostoni(1499)da, "Nasoyim ul-muhabbat" (1495-96)da, "Tarixi anbiyo va hukamo"(1485-8), „Arbain“, „Munojot“ singari asarlarida aks etgan.

"Lison ut-tayr"da borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari orqali bayon qilgan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Navoiy asarlarini diniy va soʻfiylik jihatidan oʻrganish kengaydi, ular obʼektiv va ilmiy bahosini olmoqda. „Arbain“, „Munojot“ kabi asarlari chop etildi. Jomiyning „Nafahotul-uns min hazarotil-quds“ tazkirasini tarjima qilib va toʻldirib, soʻz yuritilgan 618ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi.

„Majolisun-nafois“ (1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira boʻlib, unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida maʼlumot bergan. Birinchi va ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot boʻlmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning zamondoshlari, toʻrtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi maʼlumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy(1521-22), Muhammad Qazviniy(1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga tarjima qilingan.

Navoiy „Muhokamatul-lugʻatayn“ asarini oʻz zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga bagʻishladi. Jonli xalq tilida qoʻllanilgan koʻplab soʻzlarni asarga kiritib, adabiy tilda qoʻllanilishiga sababchi boʻldi. Oʻzigacha ishlatilgan soʻzlarni yangi maʼno qatlamlarini ochdi. oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning tili grammatikasini Mahmud Koshgʻariydan soʻng ilmiy asosga soldi. oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning tilining badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi boʻldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng yirik va eʼtiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi.

Aruz nazariyasiga bagʻishlangan „Mezonul-avzon“(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va ogʻzaki sheʼriyati namunalarining vazn xususiyatlarini oʻrgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk sheʼriyati murakkab aruz tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. Toʻqqizta yangi vazn va sheʼriy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni ilgari surdi.

Navoiyning ilmiy-filologik merosini muntazam tadqiq qilish 20 asrning 20-yillaridan yoʻlga qoʻyildi. Bu yoʻnalishda Fitrat, Oybek, A.Saʼdiy, O.Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton, H.Qudratullaev kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov, O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos olimlarning ishlari eʼtiborli.


Nutq madaniyati, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi. Gʻarb tilshu-nosligida umumiy maʼnoda "til madaniyati" termini ham qoʻllanadi. 1-maʼnodagi "Nutq madaniyati" tushunchasi adabiy tilni oʻzlashtirishdagi ikki bos-qichni qamrab oladi: a) nutqning toʻgʻriligi va boshqa nutqiy mahorat. N u -tqning toʻgʻriligi muayyan tilda soʻzlovchilar va yozuvchilar tomonidan "ideal" yoki umum tomonidan qabul qilingan va anʼanaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy meʼyorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy meʼyorlarga amal qilish, balki oʻzaro mavjud boʻlgan variantlardan mazmunan eng toʻgʻri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtai nazaridan eng makbuli va ifo-dalisini tanlab olish mahoratidir (Mas, aka — oka — ako; kelyapti — kevotti — kelopti variantlaridan bi-rining adabiy meʼyor sifatida tanla-nishi). Yuksak Nutq madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madani-yatini, tilga nisbatan ongli mexr-muhabbatini namoyon qiladi.
Nutq madaniyati nazariyasining asosiy tushunchasi til meʼye’ridir. 2-maʼnodagi Nutq madaniyatining asosiy vazifasi ijtimoiy til amaliyotiga faol taʼsir koʻrsatish maqsa-dida (tilning barcha sathlarida) obʼyektiv til meʼyorlarini ularning barqarorlashgan shakllarida, ziddiyatlarida, vujudga keluvchi tamoyillarida va boshqalarda oʻrganishdir.
Zamonaviy Nutq madaniyati nazariy va amaliy fan boʻlib, u til amaliyotiga taʼsir etish maqsadida adabiy til tarixi, grammatika, uslubshunoslik va boshqa til-shunoslik bulimlarining yutuklari va xulosalarini umumlashtiradi. Nutq madaniyati na-zariyasida adabiy til milliy tilning oliy shakli deb eʼtirof etiladi; ba-diiy adabiyot tili oʻzining eng yaxshi namunalari bilan xalqning madaniyat sohasidagi yutuklari va anʼanalarini mustahkamlaydi va boyitadi.
Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, Nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvo-fiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio, televideniye va davriy matbuotning alohida oʻrni bor. Ayniqsa, adabiy tilni meʼyorlashtirish va Nutq madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izox^li, imlo, talaffuz, oʻquv va boshqa maxsus lugʻatlar muhim ahamiyatga ega.
15-asrdayoq oʻzbek adabiy tilining Nutq madaniyati va uning oʻziga xos meʼyorlari boʻlgan — Alisher Navoiy oʻzining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan oʻz davri Nutq madaniyatiga, nutq odobiga mislsiz hissa qoʻshgan boʻlsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida ham oʻsha davr tili va Nutq madaniyati maʼlum darajada aks etgan. "Yaxshi soʻz — jon ozigʻi", "Bugʻdoy noning boʻlmasa ham, bugʻdoy soʻzing boʻlsin", "Oʻynab gapirsang ham oʻylab gapir", "Har neni yemak — hayvonning ishi, har neni demak — no-donning ishi" kabi maqol va hikmatli soʻzlarning paydo boʻlishi ham oʻzbek xalqida Nutq madaniyati ga avvaldan eʼtibor kuchli boʻlganidan darak beradi.
Oʻtgan asrning 20-yillaridan soʻng oʻzbek tilining Nutq madaniyati xalq tiliga yaqinlashtirilgan milliy adabiy til meʼyorlariga asoslanadi. Bu meʼyorlarni shakllantirish ishiga olimlar (Otajon Hoshim, T. N. Qoriniyoziy, S. Ibrohimov, Olim Usmon va boshqalar), adibu shoirlar (Qodiriy, Choʻlpon, Avloniy, Fitrat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalar) munosib hissa qushdilar.

Download 28,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish