Makroiqtisodiyot
1.1. “Makroiqtisodiyot”ning shakllanishi tarixi, predmeti va obyekti.
1.2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari.
1.3. Resurslar- tovarlar va xizmatlar hamda -daromadlar –xarajatlarning doiraviy oqimi modeli.
Iqtisodiyot har doim F.Kene qiziqtirgan. Ammo u o'zining iqtisodiy qarashlarini umrining so'nggi davrida, e'lon qiladi. Fransuaning non narxi va soliqlari haqidagi birinchi maqolalari 1756 yilda Didroning entsiklopediyasida nashr etilgan.
Frantsua Kene. фр. François Quesnay; 1694 yil 4 iyun, Mer, Parij yaqinida — 1774 yil 16 dekabr, Versal) — fransuz iqtisodchisi, fiziokratik maktab asoschisi.
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida tadqiq qilish, unga turli elimentlarining o`zaro bog`liqligi va o`zaro ta‘siri xos bo`lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Fransiya qiroli Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda, milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan ―Kene jadvalini tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elimentlarini qo`lladi.
SEY (Say) Jan Batist (1767.5.1, Lion — 1832.15.11, Parij) — fransuz iqtisodchisi,
Mari Esprit Leon Valras (fr. Marie-Ésprit-Léon Walras; 1834 yil 16 dekabr, Evreux, Fransiya — 1910.5.1, Montre, Shveysariya) — fransuz iqtisodchisi, Lozanna marjinalizm maktabi yetakchisi.
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari J.B.Sey, L.Valras, V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo`yilgan edi deb ta‘kidlash mumkin
Vilfredo Pareto (1848-yil 15-iyulda tugʻilgan, Parij, Fransiya — 1923-yil 19-avgust, Jeneva, Shveytsariya), italiyalik iqtisodchi va sotsiolog, massa va elita oʻzaro taʼsiri haqidagi nazariyasi hamda matematikani iqtisodiyotga tatbiq etishi bilan mashhur. tahlil.
Keyinchalik, K.Marks o`zining jami ijtimoiy mahsulot(JIM)ni takror ishlab chiqarish sxemasi, V.Leontev esa o`zining tarmoqlararo balansi bilan makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo`limi sifatida ajralib chiqishi uchun mustahkam asos yaratishdi. J.M. Keyns esa o`zining -Ish bilan bandlilik, foiz va pulning umumiy nazariyasi (1936 yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy yakuniga etkazdi. Shu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi sifatida tan olinadi.
Makroiqtisodiyot aniq maqsadlarga ega va tegishli vositalardan foydalanadi.
Maqsad tizimi quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi.
1. Milliy ishlab chiqarishning yuqori va o'sib borayotgan darajasi, ya'ni real yalpi ichki mahsulot (YaIM) darajasi.
2. Ishsizlik sharoitida yuqori ish bilan bandlik.
3. Erkin bozorlarda talab va taklifning o'zaro ta'siri orqali narxlar va ish haqini aniqlash bilan birlashtirilgan barqaror narx darajasi.
4. To'lov balansining nol qiymatiga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |