Ikkinchidan, bilimdonlik tarbiyachiga suv va havodek zarur va foydalidir. Tarbiyalanuvchini to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish yo‘l-yo‘riqlari, uslub va vositalarini yaqqol his qilib turish aql-farosatli kishining tadbirkorligidan dalolat beradi.
Tarbiyaviy ishlarda oddiy so‘zamollik, mavhum pand-nasihatlar, siyqasi chiqqan so‘z va iboralarni o‘ylamay ishlataverish tarbiyaning zavolidir, uning hosilasi qaygu va tashvishdan iboratdir. Pand-nasihatlar tarbiyalanuvchining tanholik, ruhiy xotirjamligi qulay vaziyatda olib borilsa, kutilgan natijaga erishiladi. Uning tomonidan yo‘l ko‘yilgan kamchiliklarga kelsak, ularni xaspo‘shlab o‘tish yaramaydi. Ularni ochiq - oydin tuzatishga undash, bu kamchiliklarni ko‘rsatib berish, bartaraf etish, ya’ni barcha chora-tadbirlarni belgilab berish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyalanuvchining yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini tuzatish niyatida salbiy misollar va namunalardan foydalanish ma’qul emas. Bordi-yu tarbiyalanuvchida so‘z tilsimi yordamida qabul qilingan tadbirlar qiziqish, ishtiyoq uyg‘ota olsa, ta’lim-tarbiya zamini tayyor, bemalol muddaoga o‘tish mumkin.
Uchinchidan, o ‘z xulq-atvoridagi jiddiy qusurlarni bartaraf etishni, o‘zida yuksak insoniy xislatlarni shakllantirishni dildan orzu qilgan har bir kishi haqiqiy ilmga muhtojdir. Bunday o‘ta murakkab vaziyatda yo‘l qo‘yilgan shoshqaloqlik, mulohazasiz xulosalar chiqarish salbiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun «inson aql-zakovati uning tashqi qiyofasini doimo kuzatib borishi va o‘zining xulq-atvori muayyan me’yorchegarada ekanligiga ishonch hosil qilishi lozim».
Muxtasar qilib aytganda, buyuk alloma va mutafakkir Ibn Sinoning inson ta’lim-tarbiyasida jamiyat va oilaning o ‘rni borasidagi g ‘oyalari tarixiy tajriba sifatida nihoyatda qiziqarli va e’tiborlidir. Ulardan ta’limtarbiya jarayonida foydalanish O‘zbekistonning tayanchi bo‘lmish kelajak avlodning intellektual salohiyatli va ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.
Forobiyning fikriga ko‘ra, har bir insonning turmush bilan bog‘liq bo‘lgan manfaati aqliy bilimi, ma’naviyati va axlokiy xususiyatlari boshka insonlar bilan muloqotda vujudga keladi. Ular o‘z faoliyati yordamida ularga erishadi.
Forobiy sog‘lom avlodda aqliy, estetik, jismoniy, mehnat fazilatlari uyg‘unligini asoslaydi. O ‘zida o‘n ikkita tug‘ma xislatni mujassamlashtirgan insongina sog‘lom avlod bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, ularni birma-bir sanab o‘tadi. U «Fozil jamoa», «Fozil shahar» barpo etishning muhim sharti - bilimlarni egallashdan iborat deb biladi va bilimlarni til ilmi, tibbiyot ilmi, mantiq ilmi, matematika ilmi, siyosiy bilimlarga ajratadi. Forobiyning fikricha, ta’lim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy tomondan yetuk, mukammal qilib yetishtirishga qaratilmog‘i, ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi - mehnat talablariga javob bera oladigan va uning farovonligi uchun kurashadigan insonni voyaga yetkazishdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Forobiy ta’limotida mehnat tarbiyasi mehnatsevar, insonparvar va fazilatli insonni tarbiyalashning eng muhim shartlaridan biri bo‘lib, axloqiy tarbiya bilan uzviy bog‘liq. U mehnatni, mehnat natijalarini qadrlaydigan, pok va halol, sof vijdonli, mehnatsevar, barcha ma’naviy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan insonlarni qo‘llabkuvvatlaydi. Ularning hayoti davomida madaniyatli turmush kechirishiga ishonadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |