Mavzu: Islom dini va turmush madaniyati Markaziy Osiyo mutafakkirlarining turmush madaniyati haqidagi qarashlari Reja



Download 37,3 Kb.
bet2/4
Sana18.07.2022
Hajmi37,3 Kb.
#823609
1   2   3   4
Bog'liq
Islom dini va turmush madaniyati Markaziy Osiyo mutafakkirlarining turmush madaniyati haqidagi qarashlari

Shayton arok, va qimor orqali sizlarning orangizga adovat va nafrat solmoqchi b o ‘ladi. Va yana sizlarni Allohning zikridan va namozidan to ‘smoqchi bo ‘ladi”.
Alloh aroq bilan qimorlarni iflos narsa, shaytoning ishlaridan deydi. Chunki bu ikki narsadan ko‘plab yomonliklar va fasodlar kelib chiqadi. Aroqning zararlarini sanab oxiriga yetkazib bo‘lmaydi. Aroq, uni ichgan kishini vijdonsiz, uyatsiz qilib qo‘yadi. Bu tufayli qanchadan-qancha oilalar buzilib ketadi, ko‘pincha to‘polonlar, tartibsizliklar, odam o‘ldirish va shunga o‘xshash turli jinoyatlar aroq tufaylidir. Aroq tufayli do‘stlar dushmanga aylanadi. Aroq, kishini Allohning zikridan va namozdan
to‘sadi. Chunki mast odamning aqli bo‘lmaydi, aqlsiz odam qanday ibodat qiladi? Ibodat aqlga bog‘liqdir. Aroqni iste’mol qilish tufayli kelib chiqadigan juda ko‘p salbiy odatlar, insonni uning yomon oqibatlardan asrash maqsadida Islom dini uni musulmonlar uchun 15 asr muqaddam harom qilinganlinini yoshlarimiz bilishi zarur.
Turmush madaniyatining yuksalishida Abu Bakr Ar-Roziy qarashlarini o‘rganish alohida o‘rin tutadi. Mashhur fors-tojik olimi, faylasufi Abu Bakr Ar-Roziy (865-925) o‘zining “M a’naviyat tibbiyoti”, “Falsafiy turmush madaniyati” kabi asarlarida inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida batafsil ma’lumotlar beradi. “Ma’naviyat tibbiyoti”da tibbiyotni ikkiga: jismoniy tibbiyotni - inson tanasi kasalliklarning oldini olish va davolash, ruhiyat tibbiyotini esa inson ruhiy axloqini yo‘lga qo‘yish va insonning ma’naviy sifatlarini takomillashtirish deb belgilaydi. U aqlning vasfini ta’riflab insonni ehtiroslar emas, balki aql boshqarishi lozim, aql insonni bir daqiqalik o‘tkinchi ehtiroslardan xalos qiladi, bilimlar bilan qurollangan aql o‘z ehtiroslarini nazoratsiz qoldirmaydi. Hayot go‘zalliklaridan, tabiat in’omlaridan bahramand bo‘lishda, tabiiy ehtiyojlarni qondirishda ma’lum bir o‘lchamga amal qilmog‘i, qanoat hosil qilmog‘i lozim: ovqat yeganda kam yeyish kerakki, toki ochlik bosilsin, kiyadigan kiyimi qulay va kamtarona bo‘lsin, yashaydigan uy-joyi qattiq issiq yoki sovuqdan saqlaydigan bo‘lsin. Shohona yashashga, ortiqcha bezakka intilishni maqsad qilmasin. Ar-Roziy, o‘zining “Rohatlanish nazariyasi”da odamlarga oqilona hayotdan zavqlanib, sog‘lom yashashni, azob-uqubat chekishdan saqlanishni, rostgo‘ylikni, axloqiy poklikni, odamlarga nisbatan yaxshilik qilishni va foydali bo‘lishni, doimo ularga xizmat qilishni, o ‘limdan qo‘rqmaslikni asosiy talab qilib qo‘yadi.
Ar-Roziy odamlarni falsafiy turmush madaniyati talablarida yashashga undaydi, ayrim kishilarga xos, salbiy axloqiy sifatlarni: ortiqcha ehtiroslilik, injiqlik, jahl, yolg‘on so‘zlash, hasad, ochko‘zlik, qayg‘u, mechkaylik, ichuvchanlik kabilarni qattiq qoralaydi. Falsafiy yashash tushunchasini ilmiy asoslab beradi.
Ar-Roziyning fikricha, faylasuf olim hayotda adolatparvar, insonparvar, ishi bilan so‘zi bilan bir kishilar bo‘lishlari lozim. Ular odamlarga muomala madaniyatini o‘rgatishda oliyjanoblikning ustunligini, badxulqlikning boshga falokat keltirishini tushuntirishlari, yaxshilikka undash, halol mehnat qilish, farovon va sog‘lom turmush kechirishning asosi ekanligini anglatishlari lozim, deb ta’lim berdi.
Ar-Roziy adabiyot va san’at bilan yoshligidanoq qiziqqan, she’rlar yozgan musiqa asarlari yaratgan, musiqa asboblarida musiqa chalishni yaxshi bilgan, qo‘shiq aytish san’atini egallagan. Arab tili va adabiyotini
o‘rgangan, Qur’onni yaxshi bilgan.
Dunyoviy ilmlardan: ilmu nujum, riyoziyot, kimyo va falsafani yaxshi o‘zlashtirgan. Yoshligida zargarlik san’ati bilan shug‘ullangan. Ar- Roziy o ‘z bilimini chuqurlashtirish uchun o‘qish, shaxsiy tajriba orttirish, shuningdek, oldingi o ‘tgan tabiblar tajribalaridan foydalanish zarurligini uqtirgan.

Abu Ali ibn Sinoning turm ush m adaniyati borasidagi qarashlari Ibn Sino: “Axloq - insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdir” deydi. Ibn Sino inson kamolotining shaklanishida jamiyat va oilaning roli behad muhimdir, deb ta’kidlaydi. Inson Tangri taolo tomonidan ojiz qilib yaratilgan. U jismonan ko‘pchilik hayvonlar bilan raqobatga kirisha olmaydi. Lekin shunga qaramasdan, u barcha hayvonlar orasida o‘ziga xos e’tiborli o‘rin egallaydi. Inson ilohiy karimdan bahramand bo‘lish, olamda tegishli tartib o ‘rnatish va uni obod qilishga vakolat olgan ulug‘ zotdir. U o‘zining tashqi qiyofasi, tuzilishi, jussasi bilan hayvonlardan tubdan ajralib turadi. Ko‘p hollarda jismonan kuchli, baquvvat bo‘lgan hayvonlardan inson zoti ustunligining boisi nimada, degan savol tug‘iladi. Ibn Sinoning fikricha, Tangri taolo insonga shunday kuch-qudratni in’om etdiki, u orqali ezgulik, yaxshilik (“xayr”)ni yomonlik (“sharr”)dan, aqliy kamolot, yetuklik (“rashad”)ni yolg‘onyoshiq, adashuv (“gumrohlik”)dan farq eta olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Abu Ali ibn Sinoning fikricha, go‘zallik va axloqiy kamolotga intilish insonga xos xususiyatdir. Inson o‘z faoliyati, ya’ni turmush madaniyatida aql bilan axloqiy fazilat mushtarakligiga erishsa, u donishmand va oliyjanob shaxsga aylanadi. Sa’y-harakatiga qarab orzu-umid va maqsadiga yeta oladi. Odamning qadri - o ‘zaro hamkorlik, yaxshi axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishga intilish, donoligi, boshqalarga yaxshilik qila olishidadir.


Abu Ali ibn Sino birinchilardan bo‘lib tabiiy muhit va inson hayotining o‘zaro munosabatlarini tahrir qilish zaruratini teran anglagan. Inson hayoti, uning sihat-salomatligi tashqi muhitning inson organizmiga ta’siriga bog‘liqdir. Bunday sharoitlarga ob-havo, turar joy, uning xususiyatlari, yil fasllari va ularning o‘zgarib turishi kiradi. Inson organizmi faoliyati uchun muhim bo‘lgan omillardan biri - turar-joydir. Ular odam gavdasiga quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi: “U joylarning balandlik yoki pastligi, yoki ularga yaqin joyda tog‘ (balandlik, pastlik)larning bo‘lishi, tuproqlarning qanday bo‘lishi, ya’ni ular toza tuproqlikmi, botqoqlikmi, loylikmi yoki (tuproqda) ma’dan quvvati bormi? Bunday sabablarga yana suvning ko‘p yoki ozligi, u joyning yaqinida daraxtlar, konlar, qabriston, o‘lgan hayvonlar va shunga o‘xshash narsalarning borligi ham kiradi”. Xullas, insoniyatning ilk taraqqiyot bosqichidan hozirgi davrgacha turmush madaniyati uning ijtimoiy munosabatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Demak, inson aql-zakovat sohibi ekanligi, tabiatda o‘ziga xos o‘rin egallab turishi tufayli barcha tirik mavjudotlar saltanatiga hukmronlik qilish huquqini qo‘lga kiritadi. U aql nuri orqali tabiatda sodir bo‘ladigan tasodifiy hodisalar, har qanday o‘zgarishlar hukmidan ozod, o‘z amaliy va nazariy faoliyatini “donolik tarozisi” talablariga bo‘ysundirgan shaxs sifatida amalga oshiradi.
Ibn Sino aql-farosat mavjudligi bois inson hayoti, kishilarning turmush madaniyati hayvonlarning tashqi muhitga moslashuvi va yashash tarzidan tubdan farq qilib turadi, deydi. Uning fikricha, inson borgan sari o‘ta mazmunli, yaxshi va tajribali bo‘la boradi. Ilmga cheksiz rag‘bat, sabr-qanoat, kundalik hayot qiyinchiliklari, mash-mashalarini sabr-bardosh ila yenga bilish, maqsad sari doimiy intilish, o ‘z mehnati samarasini kutish - aql, donolik bilan hamkor va hamnafasdir, bu borada inson g‘aroyib chehra, tashqi qiyofa sohibi bo‘libgina qolmasdan, balki shu bilan bir qatorda, yuksak axloqiy qadriyatlarning bevosita ijodkori hamdir. Tabobat sohasidagi qarashlarini u 1012-1014 yillarda yozilgan besh jildlik va olti kitobdan iborat “Tib qonunlari” asarida va “Urjuza” nomli tibbiy dostonida batafsil bayon qilgan. “Tib qonunlari”ning birinchi jildidagi sog‘liqni saqlash tadbirlari haqidagi maxsus bobida inson salomatligini saqlashga aloqador omillar to‘g ‘risida so‘z yuritib, bunda asosan quyidagi yetti narsani mo‘tadil qilishga ko‘proq e’tibor berish kerak: mijozni mo‘tadil qilish, yeyiladigan va ichiladigan narsalarni tanlash, gavdani chiqindidan tozalash, to‘g‘ri tuzilishini saqlash, burunga tortiladigan haqoni yetarli va yaxshi qilish, kiyimli narsalarni yaxshilash, jismoniy va ruhiy harakatlarni mo‘tadil qilish, ma’lum darajada uyqu va uyg‘oqlik.
“Urjuza” Ibn Sinoning she’riy yo‘sinda yozilgan va “Tib qonunlari”dan keyingi ikkinchi yirik asari bo‘lib, ikki bo‘limdan va 2652 qatordan iborat dostondir. Muallif asarda me’yoriy uyqu, serharakat bo‘lish, yo‘lovchilar, keksa kishilar, homilador ayollar, chaqaloqlar tartiblari hamda me’yoriy ovqatlanish, to‘g ‘ri turmush madaniyati haqida maslahatlar beradi. Asarning "Salomatlikni saqlash haqida"gi bo‘limida shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, badanini chiniqtirish, mijozni muvozanatlashtirish, kun tartibi, jismoniy mashg‘ulotlar, hammomlar qurilishi, may ichish, uyqu va bedorlik, og‘iz bo‘shlig‘i va tishlarni parvarish qilish, ichaklarni tozalash kabilar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar bergan.
Ulug‘ alloma, qomusiy bilimlar sohibi Abu Ali ibn Sino inson salomatligiga qo‘yiladigan gigiyenik talablarni o‘zining “Sog‘liqni saqlashga doir risola” deb nomlangan asarida bayon qilgan. Kitob yettita maqoladan iborat bo‘lib, ularning har biri odamlar kundalik hayot faoliyatlarining alohida tomonlariga bag‘ishlangan. Muallif risolada ko‘rsatishicha, bu asarni Xorazmshohlar vaziri Abu-al-Hasan Ahmad ibn Muhammadning topshirig‘iga ko‘ra 1002-1011 yillarda ularning saroyida xizmatda bo‘lgan davrida yozib tugatgan bo‘lib, asarda odamlarni turli xil zararli “narsa”lar va xatti-harakatlardan ogohlantirishga asosiy e’tiborni qaratgan. Ushbu kitobning maqsadi inson tanasiga zararli ta’sir etuvchi holatlarni, uning turmush madaniyatidagi xatolarni to‘g‘rilash orqali bartaraf qilish usullarini bayon qilishdir, deb yozadi muallif. Kitobning birinchi maqolasida ushbu xatolar haqida va ularni muvozanatlashtirish choralari haqida o‘z fikrlarini bildiradi. Kitobning alohida maqolalarida havo haqida, uning turli holatlari - musaffoligi, namligi, quruqligining inson organizmiga ta’sirini bayon qilib, ulardan himoyalanish usullarini ko‘rsatadi. U uzoq turib qolgan havo ham, harakatdagi havo ham organism uchun zararlidir, deb ko‘rsatadi.
Abu Ali ibn Sino insonlarning jismoniy salomatliklari asnosida turmush madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor karatadi. Uning ta’limotida insonning turmush madaniyati ma’naviy yetukligi, jismoniy va ruhiy yetukligi orkali belgilanishi ilgari suriladi. Inson salomatligi uchun jismoniy mashqlar, badantarbiya, uyqu, dam olish, ovqatlanish, doimo kun tartibiga amal qilish zarurligiga urg‘u beriladi. Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» asarida insonning sog‘lom turmush kechirishida jismoniy tarbiyaning ahamiyatini ilmiy-pedagogik jihatdan asoslar ekan, salomatlikni saqlashda mijoz, xulqning mo‘tadil bo‘lishiga e’tibor berish kerakligini dalillaydi.
Buyuk olim insonni jismoniy va ma’naviy uyg‘unlik qonuniyatlari nuqtai nazaridan o‘rganadi. Uning tib, mantiq, hikmat, falakiyot va boshqa qator ilmlarga doir asarlari asrlar osha insonning jismoniy va ma’naviy kamoloti uchun xizmat qilib kelmokda. Bu asarlarda buyuk hakim kishilardagi mehr-shafqat, saxovat, sabr-toqat, qat’iyat, jasorat, tirishqoqlik, shirinso‘zlik, burch, ishonch, sadoqat kabi ezgu sifatlarga erishish yo‘llarini ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilgan. Ibn Sino: «Men qoldirib ketayotgan zo‘r tabiblarimning birinchisi - tozalik, ikkinchisi - parhez, uchinchisi - badantarbiya, qolgani mijoz bilan kayfiyatdir», - degan edi. U ana shu uch narsaga amal qilgan insonlar sog‘lom turmush kechirishlarini aloxida ta’kidlaydi. Ibn Sinoning asarlarida, jumladan, «Tadbiri manzil» risolasida ham «inson tabiati azaldan axloqli yoki axloqsiz bo‘lmaydi», degan g‘oya muhim ahamiyat kasb etadi. Aslida, odamlar tayyor fazilat, odat va hayotiy ko‘nikmalar bilan tug‘ilmaydilar. Bunday xususiyatlar ularning ijtimoiy hayotida sekin-asta shaxsiy va o‘zgalar tajribasi, ajdodlar an’analari, el-yurt urf-odatlari, rasm-rusumlari, ta’lim-tarbiyaning
ta’siri ostida shakllana boradi. Ta’lim-tarbiya o‘zgalarning ma’naviy ta’siri ostida inson o‘zida ijobiy axloqiy fazilatlar, xislatlarni shakllantiradi yoki «yomon do‘stlar», ya’ni o‘zining salbiy illatlari, odatlari oqibatida xudbin kayfiyatlarga beriladi, ularning sohibiga aylanadi. Shaxs kamolotida ijobiy fazilatlar va odatlarni qaror toptirish qanchalik qiyin va mushkul bo‘lsa, inson ma’naviy qiyofasiga chirmashib olgan salbiy jihat va odatlardan xalos bo‘lish esa bundan ham murakkabroqdir.
Kishini komil inson qilib shakllantirishda amal qiladigan inversion holat jarayon istiqboliga ta’sir etsa-da, o‘z navbatida ta’lim-tarbiyaning qator amaliy va nazariy imkoniyatlari ham cheksizdir. Lekin ularning ro‘yobga chiqishi inson va jamiyatning real imkoniyatlariga bog‘liqdir. Kimki o ‘z kamchiliklarini isloh qilishni dildan istasa, o‘z mijoziga xos aniq salbiy sifatlarni yaxshi bilib olmog‘i zarur bo‘ladi. Bordi-yu bu
talabga amal qilinmasa, bunday odamning har qanday sa’y-harakatlari zoye ketadi, hech qanday samarali natijaga erisha olmaydi. Oqibatda so‘z va amal birligiga putur yetadi.
Shu bilan birgalikda inson muayyan jamiyatning mahsulidir. Inson uni qurshab olgan kishilarning bevosita ta’sirida yashaydi, ta’lim-tarbiya oladi, voyaga yetadi va shaxs bo‘lib shakllanadi. Agar jamiyatning bu ta’siri xosiyatli bo‘lsa va inson uning ma’naviy-axloqiy talablarini o‘zi uchun begona deb bilmasa, uning ma’naviy kamoloti tezlashadi. U ortiqcha qiyinchiliklarsiz, behuda sa’y-harakatlarsiz o‘z kamchiliklaridan xalos bo‘la boradi, axloqan halol, pok inson sifatida voyaga yetadi, unda yuksak axloqiy fazilatlar va aqliy-intellektual kamolot birligi, mushtarakligi g‘olib keladi. Bunday ilm va axloq-odob uyg‘unligi har qanday ta’lim-tarbiyaning yagona maqsadi bo‘lib qolishi muhim ahamiyatga molikdir.
Ibn Sino ijtimoiy-falsafiy va tarbiyaviy fikrlar tarixida birinchilardan bo‘lib oila va unda ayollarning bola tarbiyasidagi o ‘rniga ziyolilarning e’tiborini jalb etgan buyuk mutafakkirdir. U islomiy an’analar za mashhur allomalar ma’naviy merosidan ilhomlanib, oilada er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat-izzat, bamaslahat ish tutish, samimiy oilaviy munosabatlar talim-tarbiya samaradorligining asosiy negizidir, degan nazariy xulosaga kelgan. U o ‘n yetti xislat va fazilat sohibasi bo‘lgan ayolni ideal murabbiy sifatida e’tirof etadi. Bularga ayolning oqila va iymon-e’tiqodliligi, sharm- hayoliligi va or-nomusliligi, ziyrak va farosatliligi, yoqimtoyligi, o‘z eriga mehr-muhabbat qo‘yganligi, yuzga chopmasligi, ezma bo‘lmasligi, itoatkorligi, dilining pokligi, eri orqasidan g‘iybat qilmasligi, pokizaligi, vazminligi, jiddiy va ulug‘vorligi, erining og‘irdamlarida unga malham bo‘la olishligi, mehribonligi, sabr-qanoatliligi kabi fazilatlar kiradi.
Ibn Sino ilk oilaviy ta’lim-tarbiyani Qur’oni karimni, dinning maqsadi va tilning grammatik qonun-qoidalarini qunt bilan o‘rganishdan boshlashni ma’qul deb biladi. Bola o‘z ona tilining, xorijiy tillarning qonun-qoidalari va grammatik asoslarini asta-sekin egallab olib, tibbiyot va geometriya kabi zarur bo‘lgan ilm sohalarining o‘ta muhim jabhalariga kirib borishi lozim. O ‘rgatilayotgan sohalarni yod olish, uni xotirada saqlash va kezi kelganda tez-tez takrorlab turish, bilim va tarbiyada muhim o‘rin egallaydi. Ular bola xotirasini mustahkamlaydi, kitobga bo‘lgan qiziqishni jonlantiradi, ilmlar sarchashmasiga kirib borishni ta’minlaydi, tarbiyalanuvchida muayyan tartib-intizomni shakllantiradi va bahsmunozara yuritish madaniyatini beqiyos darajada yuksaltiradi.
Bilimdonlik bola ta’lim-tarbiyasining barcha nuqta va bosqichlarida muhim na zarurdir. Birinchidan, o‘z bilimlari, hayotiy ko‘nikmalari tufayli ota-onalar uddaburonlik bilan tarbiyachi-murabbiylarni tanlab olish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar, chunki tarbiyachining o ‘zi birinchi galda axloq-odob bobida boshqalarga namuna, o ‘rnak bo‘lmog‘i va uning turmush madaniyatirisoladagidek bo‘lmog‘i shartdir. Tarbiyachi erkak yoki ayol bo‘lishidan qat’i nazar, sog‘lom, zukko, aqlli bo‘lsa, mo‘ljallangan maqsadga erishish oson ko‘chadi. Maqsadga erishish borasida bir xil tadbirni qo‘llash doimo ham kutilgan natijani, samarani beravermaydi. Tarbiyachi (vaziyatdan kelib chiqib) ba’zan bolani jazolab, ba’zan esa rag‘batlantirib turishi lozim. Fursati kelgan vaqtda uni maqtab, ba’zan esa qattiqqo‘llik qilib, o‘z vaqtida kamchiliklarini kechirib borishi ma’quldir», - deb uqgiradi Ibn Sino.

Download 37,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish