Mavzu: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish haqidagi nazariyasi Reja: Kirish


Jamg‘arma va investitsiyalarning tenglashuvi mexanizmi



Download 415,44 Kb.
bet10/13
Sana10.02.2022
Hajmi415,44 Kb.
#439966
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Iqtisodiyotni Davlat tomonidan

Jamg‘arma va investitsiyalarning tenglashuvi mexanizmi


Jamg‘arma va investitsiyalar to‘g‘risidagi qarorlar turli guruh kishilari tomonidan qabul qilinadi, uning ustiga ular har xil, bir-biriga mos bo‘lmagan motivlarga asoslanadi. Investitsiyalarning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni tadqiqot qilish shu narsani ko‘rsattiki, ular eng avvalo ko‘riladigan foydaga va ssuda foizi normasiga bog‘liq bo‘ladi (kutiladigan daromad qancha yuqori va foiz stavkasi qancha past bo‘lsa, kredit olish va investitsiya hajmini ko‘paytirish shuncha foydali). Bundan tashqari, investitsiyalar o‘z tabiatiga ko‘ra barqaror bo‘lmaydi, negaki tadbirkorlar bo‘lajak kon’yukturani oldindan ko‘rib bilishga qodir emas va qaror qabul qilishda taxminiy axborotlarga qarab mo‘ljal qiladilar. Ishlab chikarishning har bir darajasiga uning o‘z iste’mol va jamg‘arma darajasi muvofiq keladi. Bundan tashqari, milliy daromad miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, uning jamg‘ariladigan qismi ham mutlaq ham nisbiy ifodasi jihatdan shuncha ko‘p bo‘ladi. Lekin barcha mahsulot realizatsiya qilinishi uchun, jamiyatning jami xarajatlari milliy daromadga teng bo‘lishi kerak, boshqacha aytganda – barcha jamg‘arma investitsiyalarga aylanishi kerak. Demak, to‘la ish bilan bandlikni ta’minlovchi yuqori ishlab chiqarish darajasi juda katta miqdorda kapital qo‘yilmasini talab qiladi.


J.M.Keynsning «investitsiyalar o‘z jamg‘armalarini hosil qiladi», degan mashhur qoidasiga muvofiq, agar investitsiyalar hajmi jamg‘armalar hajmidan ortiq bo‘lsa, u holda yalpi talab taklifdan ortiqdir va milliy daromad o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi. Agar investitsiyalar jamg‘armalardan kam bo‘lsa, u holda yalpi talab taklifdan kamdir va daromad kamaya boradi. Va nihoyat, agar investitsiyalar
jamg‘armalarga teng bo‘lsa, yalpi talab taklifga teng va milliy daromad darajasi o‘zgarmay qoladi (Pezenti A.Ocherki politicheskoy ekonomii kapitalizma. V 2-x t.: Per. s italyanskogo. M.: «Progress», 1976, 628-629 s.).
J.M.Keyns bo‘yicha, jamg‘arma va investitsiyalar, yangi klassiklar hisoblaganlaridek, moliya bozorida avtomatik tarzda tenglashmaydi. Shunday vaziyatlar yuzaga keladiki, jamg‘armalar ko‘payganda investorlar investitsion xarajatlarni amalga oshirishni xohlamasliklari mumkin. Bunday sharoitda jamg‘arma va investitsiyalar o‘rtasida tenglik o‘rnatiladi, lekin ancha past darajada. Moliya bozorida muvozanat nuqtasi to‘la ish bilan bandlikka muvofiq keladigan nuqtaga mos tushmasligi mumkin. Shunday qilib, S va I tenglashuvi milliy daromadning tebranishi orqali yuz beradi. J.M.Keyns modelida investitsiyalar daromad darajasiga moslashmaydi, balki daromad va jamg‘armalar darajasi investitsiya hajmiga moslashadi.
Barcha oldingi iqtisodiy nazariyaning isbotlab berishicha, iqtisodiy o‘sishning asosi tejamkorlik, joriy iste’moldan o‘zini tiyish hisoblanadi. J.M.Keyns bu tushunchani inkor etdi. U e’tiborni «tejamkorlik uddaburonliksiz bo‘lishi mumkin emas», «tejamkorlik uddaburonlikdan oshib ketishi bilanoq, u oxirgisining jonlanishiga halaqit beradi» degan qoidaga qaratdi. Haqiqatdan ham, jamg‘armalarning ko‘payishi investitsiyalarning ko‘payishidan ustun bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy rivojlanish ertami-kechmi to‘xtaydi: samarali talab yalpi taklifdan orqada qoladi va ortiqcha ishlab chiqarish vujudga keladi. Bunda mantiqqa zid xulosa kelib chiqadi: jamiyat qancha boy bo‘lsa, ortib borayotgan jamg‘arma hissasini qoplash uchun u shuncha ko‘p investitsiyalashi kerak. Bunday tadqiqot variantlaridan biri P.Samuelson va E.Xansenlar taklif qilgan «keynschilik kresti» modelidir.
Faraz qilaylik, iste’mol xarajatlari va jamg‘armalarning milliy daromad miqdoriga bo‘lgan bog‘liqligi – jadvaldagi raqamlar bilan aniqlanadi. To‘la ish bilan bandlikka erishish uchun 400 birlik milliy daromad ishlab chiqarish zarur. Klassiklar modelida ishlab chiqarishning har bir darajasida jamg‘arma va investitsiyalar hajmi mos tushadi, negaki jamg‘armaning ortib borishi bilan foiz stavkasi kamayadi va kapital qo‘yilmasi ko‘payadi. Shuning uchun bozor mexanizmi to‘la ish bilan bandlikka muvofiq keladigan ishlab chiqarish mikdorini avtomatik tarzda ta’minlaydi. Lekin keynschilik modelida investitsiyalar milliy daromad miqdoridan avtonom holatda bo‘ladi. Ular 50, 100 yoki 150 pul birligi darajasida bo‘lishlari ham mumkin. Kapital qo‘yilmasi miqdori 100 deb faraz qilaylik. Bunday sharoitda 400 birlik milliy daromad ishlab chiqarish mumkin emas, negaki 50 birlik (1/8 qismi) realizatsiya qilinmaydi. Natijada makroiqtisodiy muvozanat 300 birlik milliy daromad darajasida o‘rnatiladi.

Download 415,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish