mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘


Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishi, mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘sish



Download 122,79 Kb.
bet5/9
Sana23.03.2023
Hajmi122,79 Kb.
#921044
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-mavzu. O\'zb

2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishi, mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘sish.
Mustaqillikning dastlabki o‘n yilligida mamlaktimizning birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mustaqil taraqqiyot yo‘li xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning “O‘zbek modeli” deb qabul qilindi. O‘zbek modeli ishlab chiqishda, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo‘lib qolgan muammolar hisobga olindi.
Barchaga ma’lumki, taraqqiyotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lini tanlagan O‘zbekistonda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mo‘tadillashtirishga yordam beradigan o‘rta mulkdorlar tabaqasining paydo bo‘lishi demakdir. Bu borada qator qonunlar qabul qilindi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, dastlabki kezlarda, kichik biznes faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish uchun quyidagi dastlabki normativ-huquqiy normalari va qonun hujjatlari qabul qilindi. Bu borada ayniqsa 1991-yil 18-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida” gi qonuni muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Unga ko‘ra mulkchilik shakllarini o‘zgartirish sohasidagi ishlar respublika hamda hududiy maqsadga bosqichma-bosqich ishlab chiqiladigan va tasdiqlangan maxsus dastur asosida amalga oshirilishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Albatta, ushbu qonunning qabul qilinishi sohani bosqichma-bosqich rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, xalq xo‘jaligidagi barcha soha tarmoqlarini ommaviy xususiylashtirish uchun keng imkoniyat yaratildi, bu boradagi cheklashlar olib tashlandi. Birgina 1992-1996-yillarda davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish tufayli 1 million 7-4 ming kishi turar-joy egasi, 2 million kishi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari, paylarining egalari, qishloq joylarida esa, 3 million kishi yordamchi xo‘jalik, 19 ming kishi ko‘chmas mulk egasi bo‘lib qoldilar. Bu raqamlar, shubhasiz jamiyatda mulkdolar sinfini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamlar qo‘yilganligini anglatar edi. Amalga oshirilgan dastlabki islohotlar natijasida 1991-1996-yillar mobaynida iqtisodiy islohotlarning barcha yo‘nalishlarida salmoqli institutsional o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Xususan, turar joylar, savdo xizmat ko‘rsatish sohalari, matlubot jamiyati ob’ektlari va turli tarmoqlarning mayda korxonalarini xususiylashtirish amalda tugallandi, o‘rta va yirik korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni jadal davom ettirildi. Bu borada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish, qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirish, agrar munosabatlarning yangi tipini yaratish jarayonlari amalga oshirildi. Bu tadbirlarning natijasi o‘laroq iqtisodiyotda tub sifat o‘zgarishlari vujudga keldi. Davlatga qarashli bo‘lmagan, nodavlat, ya’ni xususiy sektorning iqtisodiyotdagi ulushi keskin oshdi. Bu sektor 1995-yilda sanoat mahsulotlarning 44 foizini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining esa 97 foizini berdi. Barcha kapital mablag‘larning 44 foizdan ortiqrog‘i uning hissasiga to‘g‘ri keldi. 2000-yilgacha xalq xo‘jaligida band bo‘lganlarning 64 foizi ana shu sektorda mehnat qilgan. Bu esa o‘sha kezlarda bozor munosabatlariga o‘tish muammolarini sinchkovlik bilan o‘rganib, ularni hal etishda ehtiyotkorlik bilan yondashishga e’tibor qaratishni taqoza etar edi. Ayniqsa endigina bozor psixologiyasi odamlar ongida shakllanib kelayotgan bir sharoitda respublikada birinchi navbatda maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish, savdo-sotiq, mahsulotni qayta ishlovchi kichik korxonalarni ochish zarur edi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillarida, kichik biznesga ko‘maklashish maqsadida respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi – Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes fond, 1995-yil iyul), “Madad” sug‘urta agentligi (1995-yil 26-iyun), O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (1996-yil mart) hamda ularning hududiy bo‘limlari tashkil etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, “Hunarmand” uyushmasi, Tadbirkor ayollar uyushmasi tashkil etildi.
Ammo o‘sha paytlarda sohada qator muammolar ham mavjud bo‘lib, ularning mvjud holati bir necha yillar taraqqiyotga to‘siq bo‘lib keldi. Xususan, 1999-yil 1-iyunga qadar ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar tarkibida kichik va o‘rta korxonalar salmog‘i kommunal xo‘jalikda 42,9%, maishiy xizmat sohasida 85,0%, qurilishda 89,3%, qishloq xo‘jaligida 89,9%, sanoatda 93,5%, savdoda 95,3%, umumiy tijoratda 96,6%ni tashkil etgan bo‘lsada, amalda esa ro‘yxatdan o‘tib, o‘z faoliyatini davom ettirayotgan korxonalar ulushi 20% ni tashkil etgan xolos. Qolganlari esa turli sabalar bilan yopilib ketgan bo‘lib, buni quyidagi misollar ham tasdiqlaydi.
Statistik ma’lumotlarga murojaat qilinsa, respublika bo‘yicha 1996-yilda tashkil qilingan 7400 kichik korxonadan 20%, 1998-yili esa 3700 ta korxonadan 70% tugatilib ketgan. Shu boisdan ko‘pgina tadbirkorlar faoliyat bilan shug‘ullanishdan sekin-sekin uzoqlashganlar yoki ish boshlab qo‘yib, uni oxirigacha etkazmasdan, javobgarlikni davlatga tashlab qo‘yganlar. Masalan, 2000 - yilning o‘zida faqat Toshkent shahar bo‘yicha tugatish jarayonida turgan kichik biznes sub’ektlari 4666 ta bo‘lib, ulardan 54,7 -% yoki 2552 tasida ta’sischilar bo‘lmagan. Tugatilish holida turgan jami korxonalardan tugatilganlari 25,6% ni tashkil qilgan yoki 1194 ta bo‘lgan.
Ushbu muammolarni to‘g‘ri anglagan va unga tanqidiy asosda yondoshgan Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabrda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “Yurtimizda tadbikorlik nima uchun kutilgan darajada rivojlanmayapti? Chunki bu soha vakillarini asossiz ravishda tekshirish holatlari ko‘p. Ochig‘ini aytganda tadbirkorlikning erkin rivojlanishiga o‘zimiz, davlat idoralari yo‘l qo‘ymayapmiz. Hech kimga kerak bo‘lmagan tartib-tamoyillar hamon saqlanib qolmoqda, joylarda ko‘pgina amaldorlar faqat o‘z shaxsiy manfaatini o‘ylab ish ko‘rmoqda. Bundan buyon bu sohani qo‘llab-quvvatlash, biznes sub’ektlarini jadal barqaror rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi”, deya qayd qilganligi bejiz emas, albatta.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi. 2001-yil 22-avgustda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Qarorga binoan kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojtirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi tashkil etildi. Kichik va o‘rta biznes sub’ektlariga Respublika tovar-xomashyo birjasi, Agrosanoat birjasi, “O‘zulgurjisavdo” orqali moddiy-texnika resurslari sotildi.
Mustaqillik yillarida soha rivoji tahliliga ko‘ra yana raqamlarga murojaat etilsa, 2003-yili yurtimizdagi 5 ming 630 ta aholi yashash manzilgohlarida ko‘plab kichik va o‘rta biznes korxonalari tashkil etilib, qariyb 155 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Dastur doirasida aholiga 2003-yilda 1 milliard 200 million so‘mlik xayriya yordami ko‘rsatilgan. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan 400 mingdan ziyod ayolga davlat tomonidan nafaqa puli tayinlangan. 180 ming kam ta’minlangan oilaga qariyb 4 milliard so‘m miqdorida moddiy ko‘maklar berilgan. 2003-yilda 25 - mingdan ziyod yolg‘iz pensioner va nogironlarga 630 million so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatilgan.
So‘ngi yillarda joylarda kichik korxonalar ochish va fermer xo‘jaliklarida ish bilan band aholi soni ham yil sayin ortib, 2007-yildagi 2094,2 ming kishidan 2011-yilda 2338,4 ming kishiga yoki 11,6 foizga ko‘paygan. Respublikada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani bois, bu sohada ish bilan band bo‘lgan aholi soni yil sayin ortib bormoqda. 2007-2011-yillarda respublika bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, lekin litsenziyaga ega tadbirkorlikda band bo‘lganlar soni 140,8 ming kishidan 698,4 ming kishiga yoki 4,96 marta ko‘paygan.



Download 122,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish