A. Rasmiy foiz stavkalari (hisob stavkasi yoki qayta moliyalashtirish
stavkasi) har bir davlatda Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Mana shu stavkalar
bo‘yicha Markaziy banklar tijorat banklariga kredit berishadi. Markaziy banklar-ning
kreditlash operatsiyalari tijorat veksellarini qayta hisoblash shaklida amalga
oshiriladi.
B. Kredit resurslarini taqdim qilishning banklararo stavkalari eng ko‘p
qo‘llaniladigan bazis stavka sifatida LIBOR – London banklararo stavkasi
hisoblanadi. Bundan tashqari, Frankfurt na-Maynda (FIBOR), Parijda (PIBOR),
Madridda (MIBOR), Rimda (RIBOR), Stokgolmda (STRIBOR), Gonkongda
(Gribor) o‘ziga xos banklararo stavkalari ham mashhur.
Do'stlaringiz bilan baham: |