Fiksirlangan foiz stavkasi bu – kredit shartnomasi bajarilgunga qadar
o‘zgarmasdan qoluvchi foiz stavkasidir. Bu stavka tijorat banki uchun noqulaydir,
ya’ni bunda bank o‘z aktivlarining ma’lum qismini yo‘qotishi mumkin. Masalan,
bank 30 foiz stavkada bir yillik kredit berdi. Uch oydan ssuda kapitali bozorida bir
yillik kapitallarning foiz stavkasi 35 foizga ko‘tarilsa, bu bank uchun zarardir. Suzib
yuruvchi foiz stavkasi bu ssuda kapitalidagi talab va taklifga nisbatan o‘zgarib
boradigan foiz stavkasidir. Suzib yuruvchi foiz stavkasi bank uchun zarar emas.
Misol uchun, valyutadagi kreditlarni ko‘rib chiqamiz. Agar Libor - 6 foiz bo‘lsa,
bank spredi 1 foiz bo‘ladi, demak kredit narxi 7 foiz, agarda Libor 5 foiz ga tushsa
ham, bank spredi 1 foizligicha qoladi, ammo kredit narxi tushib, 6 foizni tashkil
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |