3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning innovatsiya faoliyati zaruriyati.
Innovatsiya strategiyasining mohiyati
Mamlakatning
innovatsion
salohiyatini
oshirish
davlatning
ustuvor
vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu bois ham iqtisodiyotni modernizatsiyalash,
texnik va texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan
o‘zgartirish, diversifikatsiya qilish masalalariga hozirda davlatimizning ustuvor
vazifsia sifatida qaralmoqda. Hozirgi zamonaviy sharoitda har qanday ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning asosida nazariya yotibdi, bu fikrimizni nemis klassigi
Immanuil Kant (1724-1804)ning “nazariyasiz amaliyot ko‘rdir”
5
degan so‘zlari ham
tasdiqlaydi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda milliy innovatsion rivojlanishning
nazariy asosiga xizmat qiladigan asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olishini lozim topdik.
Zamonaviy sharoitda har qanday mamlakatning innovatsion rivojlanishining milliy
tizimini tashkil etuvchi va uni rag‘batlantiruvchi ikkita muhim omil mavjud:
“innovatsion muhit”, “innovatsion infratuzilma”ni shakllantirish hamda uni
amaliyotga joriy etish omilidir. Bizning nazarimizda, “innovatsion iqtisodiyot”ni
uzluksiz ishlab chiqarish va raqobatni ta’minlashga xizmat qiladigan xo‘jalik
yuritishning zamonaviy usuli sifatida qabul qilish lozim.
O‘zbekistonda mulkchilikning turli shakllari rivojlanishiga yo‘l ochilishi bilan
tadbirkorlikni rivojlantirishning haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yaratildi,
ularga:
5
Иммануил Кант. “Трактаты и письма. — М.: «Наука», 1980, Стр. 523. 710 с.
- mustaqil xo‘jalik yuritish, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, narx
belgilash va tasarruf qilish erkinligi;
- ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga
bo‘lgan mulkchilik huquqlarining ta’minlanishi;
- erkin tadbirkorlikni ta’minlaydigan muayyan umumiy qonunchilik, soliq
imtiyozlari, tadbirkorlikni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjudligi;
- yetarli moliyaviy mablag‘, moddiy texnika resurslari, yuqori malakaga ega
bo‘lish, iqtisodiy xavf-xatarga qo‘l ura bilish va hokazolarni kiritish mumkin.
Hozirda barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar teng huquqli bo‘lib, raqobat
muhitida o‘z faoliyatini olib borish imkoniyatlariga ega bo‘lishadi. Erkin raqobat
muhitini yaratilishi va uni tobora kuchayib borishi xo‘jalik yuritish sub’ektlari
zimmasiga ularning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, doimiy tarzda rivojlanishni,
yangilanishni, raqobatbardosh bo‘lishni yuklaydi. Bunday sharoitda oddiy xo‘jalik
yuritish naf keltirmaydi, raqobatbardoshlikni taminlamaydi, raqobatbardoshlikka
erishish va uni doimiy ravishda ta’minlash xo‘jalik yurituvchi sub’ekt zimmasiga
mulkiy shaklidan qat’iy nazar, tadbirkor bo‘lishni, rivojlanish yo‘lini tanlab olishni,
iqtisodni belgilab olish vazifalarini yuklaydi. Raqobatbardosh mahsulot (xizmatlar)
ishlab chiqarish va ayni paytda yuqori daromadga erishish xo‘jalik yurituvchi
sub’ektdan izlanuvchi ijodkor bo‘lishni, yangiliklarni doimiy joriy etishni,
yaratuvchan bo‘lishni, yangi ishni amalga oshiruvchi, fan va texnika yutuqlari
natijasidan oqilona foydalanuvchi, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi xo‘jalik
yuritishni yangi tashkiliy jihatlarini targ‘ib etuvchi, boshqaruvni takomillashtiruvchi,
bozorni tadqiq etuvchi bo‘lishni, tovarlarni yangi turlarini ishlab chiqaruvchi, resurs
tejash usullaridan foydalanuvchi, raqobat muhitiga moslashuvchi, novator bo‘lishni,
barcha innovatsiyalarini o‘z faoliyatiga kiritib boruvchi bo‘lishni, uddaburonlik va
hokazolarni talab etadi.
Shu bois ham har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ekt birinchi navbatda
tadbirkor sifatida innovatsiya faoliyatini yuritishi zarur. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt
o‘z faoliyatini oddiy yo‘l bilan olib borar ekan, u erta yoki kech raqobat muhitida
yengiladi, ko‘zlagan maqsadiga erisha olmaydi, rivojlana olmaydi, oxir oqibatda
yengiladi, bankrotlikka uchraydi. Shuning uchun ham har bir xo‘jalik yurituvchi
sub’ekt o‘z faoliyatini innovatsiyalar asosida amalga oshirishi zarur. Albatta
innovatsiyalar keng qamrovlidir. Innovatsiya strategiyasi korxonaning tashkiliy,
ishlab chiqarish, texnologik, boshqaruv va boshqa tuzilmaviy salohiyatidan kelib
chiqib shakllantiriladi. Innovatsiya strategiyasi o‘zining qamrovi, muddatlari,
sohalari, yo‘nalishlari bilan farqlanadi. Innovatsiya strategiyasi korxonaning o‘z
imkoniyatlari hamda iqtisodiyotning bozor infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib
chiqib shakllantiriladi. Ko‘p hollarda innovatsiya strategiyasi iqtisodiyotdagi umumiy
muhit bilan, erkin raqobat muhiti holati bilan, soha va tarmoqlardagi holat, ishlab
chiqarish, texnologik, tadbirkorlik salohiyatlari va mavjud imkoniyatlardan kelib
chiqib shakllantiriladi. Korxona faoliyati tanlov asosida tashkil etilishi uni u yoki bu
innovatsiya strategiyalarini ishlab chiqishga undaydi.
Innovatsiya strategiyasini shakllantirish yuqorida qayd etilganidek innovatsiya
loyihasi sifatida shakllantiriladi. Innovatsion loyihalar portfeli ko‘pgina hollarda ular
tarkibidan tanlovni tashkil etish imkoniyatini beradi. Innovatsion loyihalar muayyan
muddatlarga texnologik, boshqaruv va boshqa tuzilmaviy salohiyatidan kelib chiqib
shakllantiriladi. Innovatsiya strategiyasi o‘zining qamrovi, muddatlari, sohalari,
yo‘nalishlari bilan farqlanadi. Innovatsiya strategiyasi korxonaning o‘z imkoniyatlari
hamda iqtisodiyotning bozor infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib
shakllantiriladi. Ko‘p hollarda innovatsiya strategiyasi iqtisodiyotdagi umumiy muhit
bilan, erkin raqobat muhiti holati bilan, soha va tarmoqlardagi holat, ishlab chiqarish,
texnologik, tadbirkorlik salohiyatlari va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib
shakllantiriladi. Korxona faoliyati tanlov asosida tashkil etilishi uni u yoki bu
innovatsiya strategiyalarini ishlab chiqishga undaydi. Innovatsiya strategiyasini
shakllantirish yuqorida qayd etilganidek innovatsiya loyihasi sifatida shakllantiriladi.
Innovatsion loyihalar portfeli ko‘pgina hollarda ular tarkibidan tanlovni tashkil
etish imkoniyatini beradi. Innovatsion loyihalar muayyan muddatlarga Innovatsiya
strategiyasi innovatsiya loyiha sifatida shakllantirilib, uning biznes rejasi ishlab
chiqiladi va istiqboli belgilanadi. Innovatsiya strategiyasini mukamalligi avvalom bor
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt yoki korxona salohiyatiga, bilimlar darajasiga, ijodiy
yondoshuvga, yaratuvchanlikka, istiqbolni tasavvur qila olishga, axborotga ega
bo‘lishga, o‘rnatilgan xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, zamonaviy texnologiyalarni
bilishga va qator boshqa omillarga bog‘liqdir. Korxona tadbirkorlik faoliyati
salohiyati uning innovatsiya strategiyasini aniqlovchisi sifatida xizmat qiladi.
Innovatsiya sirategiyasini shakllantirishda yana asosiy omillardan biri erkin bozor
holatidan kelib chiqib, uni istiqbolini belgilash va faoliyat tanlovini aniq amalga
oshirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |