mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu: Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. Reja


 Tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirishda innovatsion faoliyatni o’rni



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/148
Sana09.07.2021
Hajmi3,81 Mb.
#113868
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   148
Bog'liq
9.1-мавзу

2. Tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirishda innovatsion faoliyatni o’rni 
Tadbirkorlik  taraqqiyoti  novatorlikdan,  erkin  bozor  talablarini  bilmoqlikda, 
ularni istiqbolini his etmoqlikda, ularga mos tovar va xizmatlarni yetkazmoqlikda va 
shu  yo‘l  bilan  o‘z  maqsadlariga  erishmoqlikdadir.  Iqtisodiyotni  rivojlantirishning 
bosh  me’zoni  bo‘lib  tadbirkorlik  xizmat  qiladi.  Tadbirkor  har  qanday  imkoniyatni 
boy bermasdan, o‘z manfaatida o‘zi uchun iloji boricha maksimal yutuq maqsadida, 
hech  qanday  talofatlardan  qo‘rqmay  tashabbusni  qo‘lga  oluvchi,  kuchli  va 
harakatchan  insondir.  A.  Smitni  ko‘zga  ko‘rinmas  qo‘l  qoidasiga  binoan,  tadbirkor 
har  qanday  imkoniyatni  nafaqat  o‘zi  uchun  balki  jamiyat  kelajagi  uchun 
ishlatuvchidir.  Tadbirkor bo‘lish,  demak,  yangi  ishni  amalga  oshirish  qarorini  qabul 
qilishdir. Tadbirkorlik, iste’molchilarni turli tovar va xizmatlar bilan ta’minlash yo‘li 
bilan, daromadni oshirishga qaratilgan turli faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyati doimiy 
ravishda  o‘z  mulkiy  mas’ulligidan,  o‘z  qo‘rquv  va  tavakkalligidan  kelib  chiqib 
yuritiladigan faoliyat hisoblanadi. Haqiqiy tadbirkor faqat o‘z g‘oyasiga ega bo‘lgan 
insonlardir,  olimlarni  fikriga  ko‘ra,  dunyodagi  insonlarni  faqat  15-20  foizigina 
tadbirkordek  fikr  yuritish  va  harakat  qilish  qobiliyatiga  egadirlar.  Amerikaliklar 
tadbirkorlarning millatini “oltin foyda” deb atashadi. Nobel’ mukofoti laureati, taniqli 
iqtisodchi  Fridrix  Fan  Xayekni  fikricha,  tadbirkorlikning  mohiyati  yangi  iqtisodiy 
imkoniyatlarni  izlashdir,  uni  axtarib  topishdadir.  Tadbirkorlik  oddiygina  faoliyat 
emas,  u  yaratuvchanlikka  mos  va  xos  faoliyatdir.  Tadbirkorlikni  yuritish  va 
yuksaltirish uchun tadbirkor ijodiy hislatga ega bo‘lishi kerak.  
Tadbirkorlikka  xos  bo‘lgan  hislatlar  bular:  tashabbuskorlik;  yaratuvchanlik; 
ijodkorlik;  yangilikka  intiluvchanlik;  o‘zining  g‘oyasiga  ega  bo‘lmoqlik; 
tavakkalchilik  va  qaltislikni  o‘z  bo‘yniga  olmoqlik;  novatorlik,  eskini  buzib,  ijodiy 
ravishda  yangilikni  kiritmoqlik,  ya’ni  doimiy  rivojlanmoqlik;  faoliyat  oqibatlarini 
ko‘ra  bilmoqlik;  o‘z  majburiyatlarini  bajarmoqlik;  o‘z  qaroridan  qaytmaslik; 
uddaburonlik  va  doimiy  intiluvchanlik,  yaratuvchanlik.  Qayd  etilgan  hislatlarga  ega 
bo‘lganlargina  tadbirkorlikni  aniq  jarayon  sifatida  tasavvur  qila  oladilar,  buzish 
qobiliyatiga  ega  bo‘la  oladilar,  yangilikni  yaratish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladilar. 
Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdadir, ya’ni eskini ijodiy yondashuv asosida buzib, 


yangisini  ijod  etishdadir.  Taniqli  nemis  iqtisodchisi  D.A.Shumpeterni  fikriga  ko‘ra, 
texnologiya  taraqqiyoti  iqtisodiy  yuksalishni  boshqaradi,  novatorlik  ya’ni  doimiy 
ijodiy yondashuv va yaratuvchanlik rivojlanishni ta’minlaydi. 
D.A.Shumpeterni  fikriga  ko‘ra,  inovatorlikni  amalga  oshiruvchisi  bo‘lib 
tadbirkor  xizmat  qiladi,  moliyaviy  mablag‘lar  esa  uni  ta’minotini  tashkil  etadi. 
Demak,  tadbirkorlik  o‘z  mazmun-mohiyatiga  ko‘ra  ijodkorlik,  yaratuvchanlik, 
yangilikni  tadbiq  etmoqlik,  tashabbuskorlik  negizida  tadbirkorlik,  uddaburonlik, 
intiluvchanlik  va  doimiy  rivojlanmoqlikni  anglatadi.  Ushbu  jihatdan  tadbirkorlik 
faoliyati innovatsiya faoliyatidan boshqa narsa emasdir. Haqiqiy tadbirkorlik negizida 
novatorlik,  yangilikni  kiritish,  hayotga  tadbiq  etish  yo‘li  bilan  rivojlanishni 
ta’minlash yotadi.  
Innovatsiya  faoliyatiga  ham  xos  bo‘lgan  belgilar  bo‘lib,  tadbirkorlik 
taraqqiyotini  yuksaltirish  omili  sifatida  xizmat  qiladi.  Tadbirkorlikni  innovatsion 
faoliyatsiz his qilib bo‘lmaydi, ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati oddiy biznesdan 
farq qiladi. Faqat innovatsiyalarga tayangan holda tadbirkorlikni yuritish tadbirkorlik 
faoliyati maqsadiga xos bo‘lgan yutuqlarni va yuqori daromadni ta’minlaydi. Bunda 
tadbirkorlik  faoliyati  erkin  raqobat  muhitida  sinmaydi,  u  faol  rivojlanadi, 
taraqqiyotga erishadi, yuksaladi. 
Innovatsion tadbirkorlik uch asosiy turga bo‘linadi:  
- mahsulot innovatsiyasi;  
- texnologiya (ishlab chiqarish) innovatsiyasi;  
- ijtimoiy innovatsiya.  

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish