mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu: Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. Reja



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/148
Sana09.07.2021
Hajmi3,81 Mb.
#113868
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   148
Bog'liq
9.1-мавзу


Nomoliyaviy
 
bonus

.  Loyihaga  pul  o‘tkazgan  shaxs  biror  moddiy 
buyumga ega bo‘ladi. Masalan, kitob chop etilishi uchun mablag‘ o‘tkazgan shaxsga 
o‘sha kitob bepul taqdim etilishi mumkin. 
Ushbu
 
faoliyatda
 
mablag‘
 
yig‘ishda
 
har  bir  kraudfanding  maydonchasi 
loyiha, uning muuallifi va homiylarga nisbatan o‘z talablariga ega bo‘ladi. Umuman 
olganda  bu  talablar  bir-biridan  unchalik  farq  qilmaydi. Platformalarning  talabiga 
ko‘ra,  uning  ishtirokchilari  voyaga  yetgan,  o‘z  loyihasini  taqdim  etishi,  loyiha 
qonunchilikka zid bo‘lmasligi hamda yig‘ilgan pul o‘sha loyihani amalga oshirishga 
sarflanishi  lozim.  Muallif  loyihani,  uning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  va  qanday  naf 
keltirishini  bayon  etadi.  Asosiysi,  pul  qanday  maqsadda  yig‘ilayotganligi  aniq 
ko‘rsatilishi  kerak.  Muallif  shuningdek,  maqsadga  erishish  uchun  qancha  mablag‘ 
kerakligini ham ko‘rsatadi. 
Loyihaning ishlash tartibi juda oddiy. Sayt foydalanuvchisi o‘z g‘oyasini ilgari 
suradi  va  yozma  ravishda  izohlaydi,  kerakli  bo‘lgan  mablag‘ni  ko‘rsatadi  va 
mablag‘ni  yig‘ishning  eng  so‘nggi  muddatini  belgilaydi.  Ayrim  hollarda 
foydalanuvchi  beg‘araz  moliyalashtiruvchilarga  turli  mukofotlar  taklif  qilishi 
mumkin, masalan o‘z logotipi tushirilgan futbolkalarni sovg‘a qilishi mumkin. Shuni 
alohida  ta’kidlash  kerakki,  barcha  beg‘araz  yordam  pullari  yaxshi  maqsadlarda 
yig‘iladi va bepul futbolka loyihani amalga oshirish uchun pul tikkan insonlar olishi 
mumkin  bo‘lgan  yagona  narsadir.  Har  qanday  loyiha  homiysi  o‘zi  pul  tikkan 


loyihaning  amalga  oshirilishini  kuzatishi  mumkin,  biroq  loyiha  muallifi  foydasidan 
foiz  olishga  haqli  emas,  ulush  yoki  korxonani  tashkil  etishdagi  aksiyalarga  egalik 
qilish huquqiga ham ega emas. 
Bu  borada  yig‘ilgan  pullar  Amazon  Payments  tizimi  yordamida  yaratilgan 
maxsus hisobraqamga yo‘naltiriladi. O‘ziga ma’qul kelgan g‘oyalarga pul tikmoqchi 
bo‘lgan  xohlovchilar  pul  miqdorini  o‘zlari  mustaqil  belgilaydilar.  Oldindan 
belgilangan  muddat  nihoyasiga  yetsa  mablag‘lar  yig‘ilishi  to‘xtatiladi.  Agar 
belgilangan mablag‘ to‘plangan bo‘lsa, pullar muallifning hisobraqamiga o‘tkaziladi. 
Agar belgilangan miqdor tegishli muddatgacha yig‘ilmagan bo‘lsa ham pul yig‘ilishi 
baribir  to‘xtatiladi  va  bekor  qilinadi.  Bu  o‘z  navbatida  mualliflarni  o‘z  g‘oyalarini 
yanada tushunarliroq va ko‘proq insonlarni jalb qilish uchun qiziqarliroq qilib taqdim 
qilishga undaydi. 
Kickstarter  jalb  qilingan  mablag‘lardan  5%,  Amazon  Payments  esa  o‘z 
navbatida  qo‘shimcha  3—5%  komission  haq  ushlab  qolishadi
4
.  Mablag‘  va 
investitsiyalar  jalb  qilish  uchun  mo‘ljallangan  boshqa  ko‘plab  forumlardan  farqli 
o‘laroq,  Kickstarter  loyiha  va  ishlanmalarga  nisbatan  mulk  huquqiga  da’vo 
qilishmaydi,  lekin  sizdan  olingan  intellektual  mulkni  eksklyuziv  bo‘lmagan  turli 
maqsadlarda  foydalanishi  mumkin.  Shunga  qaramasdan  saytda  amalga  oshirilgan 
loyihalar  saqlanib  qoladi  va  barcha  uchun  ochiq  sanaladi.  Loyihani  moliyalashtirish 
yakunlangandan  keyin  ham  saytga  yuklangan  ma’lumotlar  tahrir  qilinishi  yoki 
o‘chirilishi mumkin emas. Kickstarter ishtirokchilari saytni o‘z mahsulotlarini sotish 
va sinab ko‘rish uchun maydon sifatida foydalanishlari mumkin. Hozirda Kickstarter 
tizimidan  faqat  AQSH  fuqarolari  foydalanishlari  mumkin.  Biroq  shunga  o‘xshash 
tizimni bizning mamlakatimizda ham yaratishda aytarlik cheklanishlar yo‘q. 
Aslida kraudfanding O‘zbekiston uchun ham begona emas, amalda bu usuldan 
foydalanish  holatlari  mavjud.  Masalan,  biror  bir  kishining  sog‘ligi  yomonlashganda 
operatsiya  yoki  davolanish  uchun  zarur  bo‘lgan  pulni  to‘plash  kerak  bo‘lsa  internet 
ijtimoiy  tarmoqlarida  va  turli  saytlarda  yordam  so‘rab  plastik  karta  raqamlarini 
 
4
 Ўша ерда 


qoldirgan  holda  murojaat  etish  holatlari  mavjud.  Bu  ham  kraudfandingning  bir 
ko‘rinishi.  
Biroq  kraudfandingni  iqtisodiy  va  ijtimoiy  sohalarni  rivojlantirish  va  yangilik 
kiritish  bo‘yicha  qilinadigan  loyihalardagi  g‘oyalarni  moliyalashtirishga  yo‘naltirish 
juda  muhim  sanaladi.  Shunday  g‘oyalar  borki,  ular  mavsumiy  yoki  bir  martalik 
harakterga  ega,  yaratuvchisiga  moddiy  manfaat  olib  kelmaydi,  biroq  jamiyatga  juda 
katta 
foyda  berishi 
mumkin. 
Aynan 
shu  loyihalarni 
moliyalashtirishda 
kraudfandingning o‘rni beqiyosdir. Biroq bunda loyihani amalga oshiruvchi mablag‘ 
kelib  tushadigan  tashkilot  yoki  insonning  naqadar  ishonchli  va  maqsadli  harakat 
qilishi masalasi asosiy o‘ringa ko‘tariladi. Ularning faoliyati shaffof va kuzatuvchilar 
uchun ochiq bo‘lishi lozim. Shundagina kraudfandingdan samara yuqori bo‘ladi. 
So‘nggi  yillarda  O‘zbekistonda  innovatsion  loyihalarni  tatbiq  etishning 
tashkiliy-huquqiy va institutsional asoslarini rivojlantirish maqsadida bir qator qonun, 
farmon  va  qarorlar  qabul  qilindi.  Shu  jumladan,  2006  yil  7  avgustda  PQ–436  sonli 
“Fan  va  texnologiyalar  rivojlanishini  muvofiqlashtirish  va  boshqarishni 
takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
Qarori.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2008  yil  15  iyuldagi  PQ-916  sonli 
“Innovatsion  loyihalar  va  texnolgiyalarni  ishlab  chiqarishga  tatbiq  etishni 
rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2017 yil 
30 noyabrdagi PQ-3416-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston 
Respublikasi  innovatsion  rivojlanish  vazirligi  faoliyatini  tashkil  etish  to‘g‘risida”gi 
qarori, 
2018  yil  7  maydagi 
  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Iqtisodiyot 
tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish 
bo‘yicha  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  qarori.  Ushbu  qarorlar  asosida 
Respublika  innovatsion  g‘oya,  texnologiya  va  loyihalar  yarmarkasi  amalga 
oshirilmoqda. Bu yarmarka Iqtisodiyot Vazirligi, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Fan 
va  texnologiyalarni  rivojlantirishni  muvofiqlashtirish  Qo‘mitasi,  investitsiyalar  va 
savdo  Vazirligi,  O‘zbekiston  Respublikasi  innovatsion  rivojlanish  vazirligi 
tomonidan tashkil etilgan.  
 



Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish