Mavzu: Inson organizimda toksikologik ahamyatga EGA bo`lgan og`ir metallarga sifat analizi. Reja: Kirish



Download 65,42 Kb.
bet7/19
Sana30.12.2021
Hajmi65,42 Kb.
#163422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
2 5373167893053703008

Klinik manzarasi. Zararlanish darajasi tsianid kislota bug`larikontsentratsiyasi, ta`sir qilish vaqti, organizmning o’ziga xos xususiyatlariga bog`liqbo’lib, zaharlanish engil, o’rtacha va og`ir darajalarda o’tadi.Engil darajadagi zaharlanish zaharlovchi moddaning havodagi ozkontsentratsiyasi qisqa vaqt ekspozitsiya qilinganda sub`ektiv buzilishlar bilanifodalanadi: og`izdan nohush, tahir, achchiq bodom ta`mi keladi, tinka-mador qurib,bosh aylanadi.Bir qancha vaqtdan so’ng shilliq qavatlarda uvishib qolishni his etishsezgisi, ko’p so’lak oqishi, ko’ngil aynishi paydo bo’ladi- Tomoqda, traxeyada vato’sh ortida timdalanish, hamda ko’krak qisilishi sezgilari kuzatiladi.Jismoniy ish bajarish kerak bo’lgan vaqtda tezda hansirash, mushaklardakuchsizlik,quloqlarda shovqin eshitilishi, nutqning qiyinlashishi va ayrim hollardaqusish kuzatiladi. Ushbu belgilar bilan zaharlangan odam tsianid kislotadanzararlangan muhitdan tezda olib chiqib ketilsa yoki tezda unga protivogaz kiygizilsabir necha daqiqadan so’ng asta-sekin yo’qola boshlaydi. Lekin umumiy lohaslik,bosh og`rishi, mushaklar kuchsizligi I—3 kun orasida saqlanib qolishi mumkin.SHundan so’ng zararlangan odam to’liq tuzalib ketadi.

O’rta darajadagi zaharlanishda to’qimalarning kislorodga tanqisligisimptomlari yakqol ko’rinadi. YUqorida aytib o’tilgan klinik simptomlar zaharli havobilan nafas olinganda tezda namoyon bo’ladi, zararlanganlarda qo’zg`alish paydobo’ladi, odam o’lim vahimasiga tushib qoladi, CHakka arteriyalarining urishi, quloqshangillashi, bosh og`rishi paydo bo’ladi. To’sh orqasida, yurak sohasida og`riqlarpaydo bo’ladi, nutq buziladi, so’lak oqishi kuchayib, mushaklarda zaiflik kuzatiladi.Ko’ngil aynaydi va qusish rivojlanadi. Zaharlanganlar tekshirib ko’rilganda shilliqavat va teri qavatlari qirmizi rangda ekanligi aniqlanadi, puls kamayib ketadi(bradikardiya), arterial bosim birmuncha ko’tariladi. nafas olish yuzaki bo’ladi.Ayrim vaqtlarda zararlangan kishilarda klonik talvasalar kuzatiladi. O’z vaqtidayordam ko’rsatilib,zararlangan atmosferadan olib chiqib ketilsa, ular tezda hushigakeladi. Zaharlanish alomatlari kamayib. yo’qola boshlaydi, lekin ular umumiylohaslik, bosh og`rishi,yurak sohasida yoqimsiz sezgi sezish, yurak urishidanshikoyat qiladilar, Bnday ahvol 6-kungacha saqlanib qolishi mumkin.Og`ir zaharlanish belgilari tezda rivojlanadi, talvasalar paydo bo’ladi, hattoo’lim kuzatilishi mumkin. Og`ir zaharlanish klinikasi sxema tarzida to’rt bosqichgabo’linadi;

a) boshlangich bosqich — yashirin davrsiz yuzaga keladi, zaharlanganlarog`izda nohush, tahir, achchiq bodom ta`mini sezadi, tezda ko’krak qisilishi. quloqshangillashi, bosh aylanishi, behollik, chakka arteriyalar pulsatsiyasi, ko’ngilynishini sezadilar. Besaranjomlik paydo bo’ladi, yurak tez uradi. Bu tezda hansirashbosqichiga o’tadi;

b) hansirash bosqichi — kislorod tanqisligi keskin rivojlanganligi bilanifodalanadi (to’qima gipoksiyasi): azobli hansirash paydo bo’ladi, teri qavatlari vashilliq qavatlar pushti rangga kiradi. Nafas olish tez-tez va chuqurlashgan bo’ladi,yurak sohasida xurujsimon og`riq paydo bo’lib, puls sekinlashadi. Zararlanganodamda o’lim vahimasi paydo bo’ladi, kuz qorachiqlari kattalashib ketadi. YUzmushaklari tortishib. ba`zi mushaklarning rigidligi paydo bo’ladi, es-hushxiralashadi, besaranjomlik paydo bo’ladi;

v) talvasalar bosqichi -zararlangan odamning ahvoli keskin yomonlashibketadi. Ekzoftalm paydo bo’ladi, nafas olish sekinlashadi va aritmiya rivojlanadi.Butun tanada tonik va klonik tortishishlar kuzatiladi. Kuz qorachigi kengayib,korneal reflekslar yo’qoladi, kishi hushidan ketadi. Og`izdan ko’p so’lak oqadi. Teriqavatlari va shilliq qavatlar och pushti rangga kiradi. Bexosdan siydik ajralishi hamdadefekatsiya kuzatiladi. Talvasalar bosqichi bir necha daqiqadan bir necha soatgachadavom etishi mumkin. Agar shu bosqichda tibbiy yordam ko’rsatilmasa, tezdafalajlanish bosqichiga o’tadi;

g) falajlanish bosqichi — bu bosqichda mushaklar tortishishi yo’qoladi vaularning bo’shashishi kuzatiladi. Reflekslar yo’qolib ketishi tufayli adinamik holatiyuzaga keladi. Nafas olish keskin paayib ketadi, yuzaki bo’lib qoladi. Arterial bosimkeskin tushib, puls ipsimon, tezlashgan bo’lib qoladi. Zararlanganlar og`ir komatozholatga o’tadi. reflekslar qisman yoki to’liq yo’qoladi, o’z-o’zidan siydik ajralishi vadefekatsiya kuzatiladi. SHundan so’ng nafas markazi falajlanishi tufayli nafas olishto’xtaydi. YUrak qisqarishi 3—5 daqiqa mobaynida kuzatilib turishi mumkin, keyinyurak urishi to’xtaydi. Agarda zaharlanganlarga shu vaqt ichida shoshilinch yordamko’rsatilsa, ularning hayotini saqlab qolish mumkin.Zararlanish simptomlari uncha rivojlanmagan vaqtda talvasalar bosqichi birnecha soatgacha davom etadi, so’ngra zaharlanish simptomlari kamayganligianiqlanadi. Tsri qavatlari va shilliq qavatlardan qirmizi rang yo’qoladi. Bu bosqichdaqonda o’zgarishlar paydo bo’lganligi aniqlanadi: gemoglobin va eritrotsitlar miqdorioshadi, leykotsitoz aniqlanadi (formulasi chap tomonga siljigan bo’ladi –limfopeniya). Anoeozinofiliya va giperglikemiya kuzatiladi. venoz qonda kislorodmiqdori oshgan bo’ladi, EKG da ham mushak va toj arteriyalar etishmovchiligikuzatiladi. Siydik tekshirib ko’rilganda proteinuriya va tsilindrlar soni ko’payibketganligi aniqlanadi.Bu barcha buzilishlar to’qimalar nafas olishi tiklanishi bilan asta-sekin (3—6soat ichida) yo’qolib ketadi.Havo tarkibida tsianid kislota miqdori yuqori bo’lganda zararlanganlardayashin tezligida rivojlanadigan klinik simptomlar paydo bo’ladi. Zararlanishning buturi juda noqulay hisoblanadi, chunki zaharlanishning klinik simptomlarini tezdaaniqlashga vaqt etmaydi va tibbiy yordam ham kechiktirib ko’rsatiladi. Bundayzararlanganlar tezda hushini yo’qotadi, nafas olish yuzaki bo’lib, tezlashib ketadi.

Puls tezlashgan va aritmik holda bo’ladi, tezda talvasalar paydo bo’ladi. Talvasalarbosqichi bir necha daqiqagina davometadi, zararlangan odam kuzi chaqchayganholda nafas olishdan to’xtaydi va o’ladi.TSianid kislotadan og`ir zaharlangan odamga o’z vaqtida tibbiy yordamko’rsatilganda klinik belgilar asta-sekin yo’qolsada ularda bir-ikki haftagachako’krakda og`irlik sezish, nutq buzilishi, bosh og`rishi, harakatlar buzilishi, ko’ngilaynishi, terlash, EKG da o’zgarishlar va behollik kabi alomatlar ularni bezovta qilibturadi. Zaharlanish og`ir asoratlar qoldirib ketishi mumkin, bo’lardan aspiratsionpnevmoniya, mushaklar falaji, psixikaning buzilishi uchrab turadi.Xlortsiandan zaharlanish xususiyatlari. Xlortsian ham xuddi tsianid kislotagao’xshash to’qimalar oksidazalari bo’lmish tsitoxromoksidaza fermentini inaktivatsiyaqiladi. Fizik va kimyoviy xossalari jihatidan farq qilmaydi, lekin zaharlanishklinikasida o’ziga xos xususiyatlarga ega. Xlortsian bilan zararlangan atmosferadanafas olinganda kuz va nafas yo’llari shilliq qavatlari ta`sirlanadi. Juda ham ozkontsentratsiyasi kuzda, burunda, hakumda achishish, qichishish simptomlarinikeltirib chiqaradi. Ko’p miqdori kuzdan yosh oqizadi, yorug`likdan qo’rqish paydobo’ladi. aksirish va yo’talish yuzaga keladi.Zaharlanishning og`ir darajasida nafas qisishi, teri qavatlari va shilliqqavatlarning yallig`lanishi va ularning pushti rangga kirishi kuzatiladi, ayrim hollardao’pka shishi rivojlanishi mumkin.

Xlortsianning yuqori kontsentratsiyasidan nafas olinganda zararlanganlar nafasmarkazi falajlanishi tufayli tezda o’ladilar. Ular sog`ayib ketgan taqdirlarida hamancha vaqtgacha kuz va nafas a`zolarida hamda og`iz shilliq qavatida yallig`lanishalomatlari saqlanib qoladi.TSianid birikmalaridan zaharlanib o’lganlar murdasi yorib ko’rilganda teriqavatlarida och qizil rangdagi o’lik dog`lari bo’ladi, shilliq va teri qavatlari pushtirangda ekanligi aniqlanadi. Kuz olmasi chaqchaygan holatda, kuz qorachig`ikengaygan bo’ladi. Oqib chiqqan qon suyuq qirmizi rangda bo’ladi. Barcha ichkia`zolar (o’pka. yurak jigar, mushaklar va boshqalar) ham och qizil rangda bo’ladi.Ichki a`zolar tekshirib ko’rilganda, ayniqsa miya tekshirib ko’rilganda ulardanachchiq bodom hidi aniqlanadi. Zaharlanganlarga metilen ko’ki bilan davo qilinganbo’lsa. o’lganlarning ichki a`zolari, teri qavatlarida och qizil rang kuzatilmasligimumkin.

Ichki a`zolar tekshirilganda ularda qon dimlanishi kuzatiladi. YUrak shilliqqavatlarida, plevralarda qon quyilishlar kuzatiladi. Bu organizmda kislorodetishmovchiligidan dalolat beradi. YUrak mushaklari bo’shashgan, suyuq on bilanto’lgan bo’ladi. Traxeya va bronxlarda shilimshiq pardalar borligi aniqlanadi.Miya va miya pardalari tekshirilganda ularning shishganligi kuzatiladi, ulardaham to’laqonli hamda nuqtali qon quyilishlar aniqlanadi. Ayniqsa, simmetrikjoylashgan po’stloq osti tugunlarida nekroz o’choqlari rivojlanganligi kuzatilishimumkin. O’limdan so’nggi tashhisni aniqlash maqsadida (baxtsiz hodisalar ro’ybergan vaqtda albatta sud tibbiy ekspertizasi o’tkazilishi kerak) miya to’qimasi,tsianid kislotaga (tsianidlarga) nisbatan tahlil qilinishi kerak


Download 65,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish