II.Metodik qism.
II.1. Bariy, qo’rg’oshin, kumush, mis va rux saqlovchi moddalarni toksikologik ahamiyati va mineralizatdan aniqlash.
Mashg’ulot maqsadi: Biologik ob’ekt tarkibidan sulfat va nitrat kislotalari yordamida mineralizatsiyalab (parchalab) ajratib olingan ayrim metall zaharlarni toksikologik ahamiyati hamda tahlil usullari bilan talabalarni tanishtirish. Laborotoriya mashg’ulotini bajarish davrida talabalar bariy, qo’rg’oshin, xrom, rux va vismut saqlovchi moddalarni toza eritmalarida hamda noma’lum tarkibdagi eritmadan tahlil sharoitlarini o’zlashtiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |