1.Diniy ilmlar.
Ular quyidagilarga bo'linadi:
Qalbga tegishli bo'lgan ilmlar: a)qalb holatiga taalluqli ilmlar; b) e'tiqodga tegishli ilmlar .
Badan a'zolariga taalluqli bo'lgan ilmlar: a) tahorat qilish va namoz o'qishga oid ilm; b) ro'za tutish ilmi; v) zakot to'lash ilmi; g) haj qilish ilmi; d) nikoh ilmi.
Falsafiy (aqliy, idrokiy) ilmlar.
Ular oltiga bo'linadi:
Riyoziyot. 2.Mantiq. 3.Tabiyot. 4.Metafizika. 5-Siyosat. 6.Axloq.
96
Ko'p tasniflarda (falsafa fani tarkibiga riyoziyot kiritilgan. Masalan, Kindiy falsafani son va garmoniya (mutanosiblik) haqidagi fan bo'lib, u handasa va yulduzlar haqidagi fanlarni o'rganuvchi riyoziyotga asoslangan deydi. Shuning uchun riyoziyotni Kindiy, Farobiy, Ibn Sino, G'azzoliy falsafa tarkibiga kiritganlar.
G'azzoliy fizikani tabiat haqidagi ilm deb hisoblaydi va uni sakkizta asosiy bo'lim va yettita bo'limchaga ajratadi.
Asosiy bo'limga quyidagilar kiradi:
1.Bo'linish, harakat va o'zgarishlar haqida - "Tabiatni o'qish" kitobida. 2.Olamda elementlarning joylashishi, ya'ni osmon va to'rt element ularning
tabiati va sababi haqida - Arastuning "Samo va olam haqida"gi kitobida.
Paydo bo'lish, yo'q bo'lish, ko'payish, o'sish, keksayish - "Paydo bo'lish va yo'q bo'lish haqidagi" kitobida.
To'rt element aralashishi natijasida sodir bo'ladigan hodisalar (yomg‘ir, bulut, chaqmoq, shamol va h.k.o.).
Mineral jismlar xususida. 6.O‘simliklar xususiyatlari xususida.
7.Hayvonlar haqida - Arastuning "Hayvonlar tabiati" haqidagi kitobida. 8.Tirik nafs va qabul qiluvchi kuchlar.
Tabiat haqidagi ilmning bo'limchalari:
a) tib ilmi (sogliq, inson tanasining kasallanishi), b) astrologiya, v) fiziognomika, z) tushlar ta'biri, d) sehr ilmi, s) afsun ilmi, j) alkimiyo.
Bundan ko'rinib turibdiki, uning ilmlar tasnifida diqqat asosan muallif haqiqiy ilmlar deb hisoblagan, diniy ilmlarni keng ochib berishga qaratilgan. Lekin G'azzoliy diniy ilmlarni birinchi o'ringa qo'ysa ham, unga qalbga tegishli ilmlar va badan a'zolariga taalluqli bo'lgan ilmlar - tahorat, ro'za, zakot, haj, nikoh ilmini kiritadi. G'azzoliy singari diniy ilmlarni birinchi o'ringa qo'ygan Al Hiraviy tasnifi ham mavjud1.
1 Baxodirov P. XIV - XVI asrlar musulmon Sharqida ilmlar tasnifi masalasining yoritilishli
//Sharqshunoslik - 1995 - № 6. 21 -bet.
Allohga yaqinlashtiruvchi vosita bu ilmdir. Mana shu jihati bilan ham ilm mutlaq fazilat hisoblanadi. Har ilm amal, ammo amal, ilm emas.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, G'azzoliyning ilmlar to'g'risidagi g'oyalari, hozirgi kunda ham xalqimizni ma'rifatli bo'lishiga yordam beradi. Uning yana bir o'ziga xosligi, ilmlarni tasniflab uni xillarga ajratganidadir.
Qiyosiy tahlil:
|
Do'stlaringiz bilan baham: |