Ilmiy dalillar, empirik gipotezalar va empirik qonunlar. O’rganilayotgan obyektlarning fan dalillari yordamida aniqlanuvchi miqdoriy ko’rsatkichlari o’rtasidagi aloqalar va izchil takrorlanuvchanlik xossasini yorituvchi empirik gipotezalar va empirik qonunlar dalillarni umumlashtirishning eng murakkab shakllari hisoblanadi.
Ilmiy dalillar, empirik gipotezalar va empirik qonunlar faqat hodisalar va jarayonlar qanday yuz berishi haqida bilim beradi, biroq ular hodisalar va jarayonlar nima uchun aynan shunday tarzda yuz beradi, degan savolga javob bermaydi, ularning sabablarini tushuntirmaydi. Fanning – hodisalarning sabablarini aniqlash, ilmiy dalillar zamirida yotgan jarayonlarning mohiyatini tushuntirish, vazifasi ilmiy bilimning oliy shakli – nazariya doirasida hal qilinadi.
Har bir tadqiqot, ma’lumki gipotezalarni o’rtaga tashlash bilan boshlanadi. Bu gipotezalar tadqiqot negizini tashkil etsa-da, dalilga muhtojdir. Ana shu dalil orqali tadqiqot natijasi ko’rinadi. Ta’kidlash lozimki, nazariyalar ham dalillar yordamida o’rtaga qo’yiladi va o’z navbatidaisbotlanadi.
Dalillar gipotezalarni tahlil qilish uchun ham asosdir. Chunki gipotezalar hali haqiqiy ilm emas. Gipotezalar ham bilishning ma’lum chegarasi bo’lsa-da, inson gipotezalarga asoslanib faoliyat ko’rsatmaydi. Gipotezalarning haqiqiyligini tekshirish, aniqlash dalillar yordamida amalga oshadi. Gipotezalarning hayotiyligini tasdiqlash yoki inkor qilish voqyelikning xarakteriga qarab tajriba yoki kuzatish, modellashtirish, mantiqiy yondashishlar orqali amalga oshiriladi.
Qonunlar, o’z navbatida, ikki turga bo’linadi,empirik va nazariy qonunlar. Empirik qonunlar kuzatilgan obyekt holatini yozib olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Agar empirik qonunlar ma’lum guruhni tashkil etgan ko’pgina alohidagi xodisalarni ta’riflab bersa, ilmiy nazariya bir qator ana shunday qonunlarni, ya’ni o’rganilayotgan xodisalarning ma’lum sohasini o’z ichiga oladi. O’zining umumiyligi bilan ilmiy bilimlar nafaqat ochilgan va kuzatilayotgan xodisalarga, balki hali ochilmagan va kuzatilmagan xodisalarga xam tegishlidir. Obyekt bevosita yoki oddiy asboblar yordamida o’rganiladi, kuzatish va eksperiment asosida umumlashtiriladi. Undan tashqari, nisbatan mavhumroq bo’lgan nazariy qonunlar mavjud. Bu qonunlarni bevosita obyektni kuzatish asosida yaratib yoki tushuntirib bo’lmaydi. Nazariy qonunlar mohiyatini bevosita induktiv umumlashtirish asosida yoritib ham bo’lmaydi. Bunda olimning nazariy xayoli, tafakkur salohiyati ishga tushadi. Bunda olim faktlardan uzoqlashib, aql salohiyati, o’zining taxmin(gipoteza) ishga solinishi kerak bo’ladi. Mazkur asosiy qonunlar bir qancha empirik qonunlarning yig’indisidan tarkib topgan bo’lib, olamning ilmiy manzarasini ifodalaydigan nazariya va konsepsiyalarda namoyonbo’ladi.
Muayyan nazariyaning to’g’riligiga ishontirish uchun induktiv metod emas, balki deduktiv metod ishga tushadi. Nazariy bilish kuzatish va eksperiment asosida qilingan empirik nazariyaga asoslanishi kerak. Demak,empirik bilish faktlarga asoslansa, nazariy bilish empirik bilishga asoslanadi.Empirik qonunlarni deduksiyalashtirish asosida gipoteza,taxminlash asosida nazariy qonunlar yaratiladi. Bunday bilish shakli nazariyaning gipotetik –deduktiv modeli modeli debataladi.
Empirik dalillar «nazariy asos»ga ega bo’ladi. Ammo empirik tadqiqot ayrim empirik faktlarni qaydetishdanginaiboratbo’lmaydi.Tadqiqotchimuayyanfaktlarto’plaminiyig’ishivaularning o’rtasidagi aloqalarni aniqlashi lozim. Olimlar faktlarni yig’ish va ularni tizimga solish, tasniflash va umumlashtirish yo’li bilan faktlar o’rtasidagi bog’lanishlar – empirik qonunlar yoki qonuniyatlarni (ularni fenomenologik qonunlar deb ham ataydilar) aniqlaydilar. Hodisalarning muayyan sohasiga tegishli bo’lgan empirik qonunlar yig’indisini ba’zan ayni shu hodisalarning fenomenologik nazariyasi deb ataydilar. Ammo bunday nazariya ilmiy bilimni tashkil etishning alohida, oliy shakli sifatidagi nazariya hisoblanmaydi. U hodisalarning empirik tavsifidan nariga o’tmaydi va ularning mohiyatini tushuntirmaydi. Aniqlangan empirik faktlar va qonuniyatlarni tushuntirish ilmiy bilishning yanada yuqoriroq, nazariy darajasiga o’tishni talab etadi. Butunlay yangi nazariy bilim empirik dalillarni induktiv umumlashtirish yo’li bilan ham, eski nazariy bilimdan deduktiv xulosa chiqarish yo’li bilan ham olinishi mumkinemas.
Do'stlaringiz bilan baham: |