Mavzu. Ilmiy tadqiqotda dalillarning roli


Dalil ilmiy bilishning empirik asosi



Download 24,03 Kb.
bet6/6
Sana24.06.2022
Hajmi24,03 Kb.
#700385
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-mavzu. Ilmiy tadqiqotda dalillarning roli. Reja-converted

Dalil ilmiy bilishning empirik asosi. Nazariya tarkibining eng muhim qismlaridan biri empirik asosdir. Empirik asos deganda kuzatish vositasida aniqlangan faktlar yig’indisi, shuningdek, shu faktlarni ifodalovchi tushuncha va hukmlar tushuniladi. Masalan, I.M.Mo’minov manbalar asosida Beruniy ijtimoiy qarashlarining turli qirralarini yoritganligini ham ko’rishimiz mumkin. Jumladan, Beruniy haqidagi quyidagi fikrlarni o’qishimiz mumkin:
«Abu Rayhon Beruniy ilm doirasining kengligi va fikrlarning dalilligi bilan kishini hayratda qoldiradigan ajoyib olim va zabardast faylasufdir1”. I.M.Mo’minovning fikricha Beruniy ham tabiat, ham ijtimoy-tarixiy hodisalarni obyektiv, ilmiy, haqqoniy o’rganish tarafdoridir. Dunyoni o’rganishdaBeruniytilnibilishgaalohidaahamiyatberadi.Ayniqsa,u“Hindiston”nomliasarida hind tilining o’ziga xosligini tahlil qilib, quyidagilarni ta’kidlagan: «Hindlarning hamma narsalari boshqa xalqlarniki singari bizdagidan o’zgaroqdir. Boshqa xalqlardagi kabi avvalo lug’at – tilda o’zgalik bor.Bu o’zgalikni hyech bir kishi osonlik bilan ketkizolmaydi.Chunki ularning tili (so’zga) boy va keng...2”. Beruniyning xizmati shundan iboratki, u tilshunslik sohasiningbilimdonisifatidahindtiliniarabvaforstillaribilanqiyosano’rganadi,grammatikva sintaktik tahlib qilib, dalilllar asosida bu tilning o’ziga xosliginiko’rsatadi.
Empirik asosda jamlangan ilmiy ma’lumotlar nazariyani shakllantirish uchun boshlang’ich material vazifasini o’taydi. Shu boisdan, ayrim mutaxasislar ushbu bazisni nazariya tarkibiga emas, nazariya argumentlari tarkibiga ham kiritadilar. Nazariyaning ikkinchi muhim tarkibiy qismi uning nazariy darajasidir. Nazariy daraja, birinchidan, empirik asosda keltirigan faktlar umumlashtiriladi, yangi xulosalar hosil qilinadi. E’tiborlisi shundaki, nazariyaning nazariy darajasidagi umumlashtirishlar va xulosalar yangi tushuncha va hukmlarining vujudga kelishiga olib keladi.
Yuqoridagi fikrdan ko’rinib turibdiki, nazariyaning empirik asosi ham, nazariy darajasi ham o’z tushunchalari va hukmlariga ega. Shu nuqtai nazardan nazariya – o’zaro aloqador bo’lgan tushuncha hukmlar sistemasidir. Demak, nazariyaning mohiyatini to’liqloq anglab olish uchun uning tarkibidagi tushunchalarning tiplari haqida alohida, hukmlarning tiplari haqida alohida mulohaza yuritmoq zarur.
Magistrlik dissertasiyasini tayyorlash jarayonida yuqoridagi masalalarga jiddiy e’tiborni qaratish zarur. Jumladan, dissertasiyani tayyorlash jarayonida dalillardan foydalanishda quyidagi holatlarni inobatga olish taqazo etiladi. Ilmiy tadqiqotning natijalarini asoslash mazkur natijalarning yangiligi va dolzarbligini asoslash uchun zarur dalillarni qabul qilishni talab etadi. Dalillarni maxsus adabiyotlarga tayangan holda aniq, lo’nda bayon etish kerak. Muallif qo’lga kiritgan natijalarining manosini tushuntirishi, ularning haqqoniyligi, yangiligi va dolzarbligini chuqur asoslab berishi zarur.
Ishning kirish qismida asosiy tushunchalar va dalillar ko’rsatiladi, boshqa mualliflarning natijalariga va iщda foydalanilgan adabiyotlarga havola qilinadi. Kirishda dissertasiyaning himoyaga qo’yilayotgan asosiy natijalari qisqa annotasiya ko’rinishida bayon etilishi, ularning yangiligi va dol- zarbligi ko’rsatilishi kerak.
Ilmiy ish (dissertasiya)ning xulosasida uning natijalari asosida ishning maqsadiga erishilgani haqida dalillangan xulosa chiqariladi. Ilmiy ish natijalarining haqqoniyligini mazkur ishda foydalanilgan tushunchalar, ta’riflarning xususiyatlaridan hamda ishda qabul qilingan gnoseologik va metodologik dalillardan kelib chiqib asoslash kerak. Bunda barcha dalillar haqqoniy bo’lishi zarur.
Ilmiy ishdagi mushohadalar, xulosalarning haqqoniyligini baholashda kiritilgan tushunchalar va dalillarga boshqacha ma’no yuklash mumkin emas.
Asos sifatida keltirilgan dalillardan bittasining haqqoniyligi asoslangan va isbotlangan bo’lmasa ham ilmiy tadqiqot natijasining haqqoniyligini asoslangan deb hisoblab bo’lmaydi.
Download 24,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish