«-niŋ,-ni»larni lab ohangiga tobe’ qildiq, «buni» o‘rnida «bunu», «uniŋ» o‘rnida «unuŋ», «uniŋ qutisi» o‘rnida «unuŋ qutusu» dedik, «-dan, -da, -ni, -ga»larni nima kilamiz?
Ko‘ruladirkim, bu masalani qorong‘i bir vaziyatda qoldirish yoromaydur. Tafsilli ravishda hal qilish kerak, so‘ngra: eskidan beri arab alifbosini(ng) imlosida ochiq hijo, yopiq hijo degan bir qoida bor edi. So‘zning har bir bo‘g‘umi yopiq bo‘lsa soitsiz yozilar edi. Ovg‘ust kanferinsiyasi bu masalani bitirdi, so‘zning hech bir bo‘g‘umi soitsiz yozilmasin dedi. Biroq bu qoidaning haligacha tatbiq etilgani oz. Ondan keyin bu qoidaningda mustasnosi bormi? «Broq», «profeso‘r» so‘zlari mustasno emasmi?
Yana bir muhim masalamiz Ovro‘padan oling‘on va olinmoqda bo‘lg‘on istilohlar masalasidir. Bularni haligi tovush, lab ohanglariga tobe' qilish qaysi darajalarda mumkindir? So‘ngra bu istilohlarni olg‘onda qaysi «talaffuz»dan olamiz? G‘arbiy Ovro‘pa talaffuzidanmi, rus talaffuzidanmi? «Pedag‘o‘ji»mi, «peda- go‘giya»mi, «pedag‘ug‘iya»mi bo‘lsun?
O‘zaro so‘zlashlarimizdan onglashilg‘oniga ko‘ra bizda bu to‘g‘rida ikki fikr bor. Ko‘bchilik rusiy talaffuz shaklini olish tarafida, Farbiy Ovro‘pa talaffuzi shaklini qabul qilish tarafdorlari ham bor.
Mana bir qator muhim masalalar bordirki, bizdan halni kutub turadir. Bu masalalarni qat'iy suvratda, hyech bo‘lmag‘onda qat’iylikka yaqin bir suvratda hal qilish uchun O‘zbekistan maorif kamisarligi tomonidan yaqinda kanfirensiya chaqiriladir. Bu masalalarning mazkur kanfirensiya tomonidan muvaffaqiyat bilan hal bo‘lishi uchun eng muhim chora tajribali muallimlarimizning, imlochilarimizning, turli sheva vakillarimizning, til bilan mashg‘ul bo‘lg‘onlarimizning shu to‘g‘rilardagi tekshirishlarni jiddiy suvratda davom qildirib, kanfirensiyaga muayyan pilon, aniq takliflar bilan ishtirok qilishlaridir.
“Maorif va o‘qutg‘uchi”, Toshkent, 1928-yil 3-son, 6–7-betlar.
8-Ilova
Ashurali Zohiriy
Harflar orasida rioyasi lozim ishorat va vaqf alomatlari
Xatlarni durust o‘qumoq va yozmoq, ham, so‘zni ba'zi yerda to‘xtatmoq; dovushni ba'zi yerda balandlatub va ba'zi yerda pastlatubroq chiqarmoqning some'larg‘a ta'sir va tavhim to‘g‘risida ko‘b munosabati bordur. Shuning uchun xatlar orasida onlarg‘a doir bir xil ishoratlar qo‘yiladur. Onlarni: «ishorat va vaqf alomatlari» deyilur.
ishorat « . » (nuqta) jumla tamom bo‘lQonda qo‘yulur. Chunonchi: Ollo(h) taolo to‘g‘riliqni do‘st tutar. Xat yozmoq yarim ilmdur. Gazeta olamdan xabardor qilur.
ishorat « ? » (savol) so‘rolg‘on jumlaning oxirig‘a qo‘yilur. Ya'ni: bul ishorat o‘shal jumla bilan bir narsa so‘rolg‘onini bildirur. Chunonchi: Ahvolingiz qanday? Kecha qayda edungiz? O‘qub bo‘ldingmi?
ishorat « ! » (Xitob ham taajjub). Bir odamga qarab so‘z aytkanda, yoki bir narsaga taajjub qilg‘onda qo‘yilur. Chunonchi: Abdulla boy! Shovqun solmanglar! Sallasi muncha katta! Ishning asli munda!
Agarda xitob qiling‘on so‘zning oldida muxotibning (xitob qilguchining - T.T) o‘zi ham yozilsa, ul suratda muxotibning oxirig‘a, ham aytilg‘on so‘z oxiriQa ishorat qo‘yilur: Chunonchi: Ey bolalar! Tinch o‘turingiz! Orif! Yozub tur! Umid! Buni ko‘r!
ishorat « , » (vaqf) odamlar ismi, yoki narsalar ismi bir munosabat bilan so‘z orasida kelsalar, bir biridan shul ishorat bilan ajratilur. Hamda uzun so‘zlar ichida bir savolg‘a javob bo‘lg‘udak jumlalar bir biridan shul ishorat bilan ayrilurlar. Chunonchi: Orif, Yo‘ldosh, Abdulla jon va Mirza Ahmad keldilar. Men aytkon edim, ul o‘zi kelmaydur.
Izoh: Qaysi yerda nuqta qo‘yilg‘on bo‘lsa, onda jumla tamom bo‘lur. Agar vaqf ishorati qo‘yilIon bo‘lsa, onda oz to‘xtab olinur: Savol ham xitob ishoratlari qo‘yilg‘on yerlarda dovushni balandroq chiqorub, savol qiling‘on va xitob aytilg‘ong‘a o‘xshatub o‘qumoq lozimdur.
Endi yoziladurg‘on so‘zlarning ishoratlarini yuqorida aytkanimizcha qilib o‘qunglar.
Yaxshi bola maktabka hammadan avval kelib, yongi oladurg‘on saboqlarini ko‘rub, ango (unga) ko‘zini oshno qilib turadur. O‘rtoq! Sheriklarimiz ichida qanday shogirdni domla maqtabdurlar? Bul kitob, qalamlarni kimdan olding? Hoshimjon, Abdurahmon, Alixo‘ja va Toshmuhammad keldilar. Ey erinchoq! Kecha nima uchun kelmading?
Tubandagi jumlalarning qaysi birig‘a qanday ishorat qo‘yilur? Yozib chiqinglar. (nuqta, savol, xitob va vaqf ishoratlari qo‘yilur.)
Yormuhammad afandi o‘g‘lingiz nima sababdan maktabka kelmay qoldi har xil shogirdlarning aytkonlarig‘a qarag‘anda o‘g‘lingizning ko‘zi og‘rig‘on emish va ana shundog‘ bo‘lsa, xotinlarning em-dum qilg‘onlarig‘a qarab yurmang dug‘turg‘a ko‘rsating ko‘z ko‘b nozik a'zolardandur ozgina zararlik narsa bilan ko‘r bo‘lub qolish hyech gaf emas yoki tiraxuma digan yuqumlik yomon ovru bor o‘shal bo‘lmasun har holda ehtiyot bo‘ling beparvolik qilmang
ishorat « : » (ostin ustin nuqta) bir necha simlarning va narsalarning aytilishidan avval qo‘yilur. Chunonchi: maktab asboblari: javon, taxta, parta va kursidurlar. Bozorda do‘konlar ko‘b bo‘lur. Onda savdogarlar har xil mollar: choy, qand, sobun, chit, movut, gugurd sotadurlar.
ishorat « » (naql) har qachon boshqa odamning so‘zini aytiladurg‘on, naql qilinadurg‘on bo‘lsa, ul vaqtda manqul (naql qilinadigan) so‘zning avval va oxirig‘a shul ishoratni qo‘yub, oni boshqa so‘zlardan ajratilur. Chunonchi: Domlamiz maktabka kirub: «Assalomu alaykum!» dedi. Shogirdlar ham o‘rinlaridan barobar turub: «Va alaykum assalom!» dedilar.
Ishorat « – » (chiziq) savol bilan javob orasig‘a tortilur. Chunonchi: Kitob qayda? – mana kitob. O‘orma do‘stim! – bor bo‘l!
Tubanda yozilg‘on so‘zlarning ishoratlarig‘a zehn solib o‘qunglar.
Bir kishi bozorg‘a pichan yuqlab kelayotkan edi. Yo‘lda, oning bir boy oshnasi uchrab: -- «Assalomu alaykum!» dedi. – «Va alaykum assalom!» – «Nima yuklab kelayotibsan?» –«O‘tun!» –«Qanday o‘tun! Mana bul pichanku!» – «Agar o‘zing ko‘rg‘on bo‘lsang, nimaga so‘rading?»
Tubandagi jumlalarning qaysi biriga qanday ishoratlar qo‘yilur? Yozub chiqinglar.
ishorat «( )» (qavsin yoki tafsir ishorati) bir so‘zning ma'nosini so‘z orasinda bayon qilg‘onda, yoki so‘z orasinda biro mazmunni eska tushurub ketmoqchi bo‘lg‘onda ikki chetiga qo‘yilur. Chunonchi: Arz (yer) yumaloqdur. Johil (nodon) kishilarning suhbati aqlni kamayturur.
ishorat « = » (masoviy) ikki so‘zning: o‘ng tarafdagisi bilan so‘l tarafdagisining birday ekanligini bildirur. Chunonchi: bir sajin = ikki gaz, ikki o‘nbesh = bir o‘ttuz.
ishorat « ; » (nuqta va vuquf) jumla tamom bo‘lg‘on bo‘lsa ham, lekin keyingi jumla bilan avvalgi jumla orasinda ma'no munosabati bo‘lsa, ikki jumla o‘rtasig‘a qo‘yilur. Ya'ni: ikki jumla orasinda ma'no munosabati borlikidan «vuquf» ishorati, bir e'tibor bilan jumla tamom bo‘lg‘onlikidan «nuqta» qo‘yilur. Chunonchi: Bizning shaharda bir muncha adad madrasalar bordur; jadid maktablari ham oz emas.
ishorat «.....» (ko‘b nuqtalar) so‘zning tamom bo‘lg‘onini bildirur. Yoki aytilishi nodurust kalimalarning o‘rnig‘a qo‘yilur.Chunonchi: Onlarning zamondan xabarlari yo‘q, istiqbolni o‘ylamaydurlar..... Bul shogir sherikini ..... dedi.
ishorat « (!) » (takzib) aytilg‘on bir so‘zg‘a ishonmag‘onlikini bildiradur. Chunonchi : Bizning eshon Qoyibdan xabar beradur (!) mulla kishining sallasi katta bo‘ladur (!)
ishorat « (?) » (majhul) eshitilg‘on bir ismning yoki bir kalimaning ma'nosig‘a va qanday kishi ekonlig‘a tushuna olmasa, «bu, kim ekon?» yoki «buning ma'nosi nima ekon? Bilolmadik» deganig‘a ishoratdur. Chunonchi: Bul kitobni menga, Ernazar (?) degan kishi beribdur. Mullo Xudoyberganni qo‘shaloq (?) deydurlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |