Мавзу: Илк ўзбек алифбосининг вужудга келиши



Download 3,2 Mb.
bet88/92
Sana02.07.2022
Hajmi3,2 Mb.
#728962
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
TOG\'AYEV

7-Ilova


FITRAT
IMLO KANFIRENSIYASI MUNOSABATI BILAN


Ko‘b yillardan beri ko‘r bir taassub asosiga toyonib, oromizda yoshog‘on bir ko‘b buzuqliqlarni qottiliq boltasi bilan kesib toshlag‘on ulug‘ o‘ktabr inqilobi arab alifbosi bilan uning churuk imlosiga ham keraklik zarbalarni bermakdadir. Inqilobdan keyin boshlong‘on imlo masalasi shakldan shaklga kira-kira yangi alifbega o‘tushdan boshqa bir chora bo‘lmog‘oniga hammani ishondirdi. Yangi alifbega o‘tdik. Bu yo‘lda har tomondan jiddiy suvratda tirishilmakda. Tilimizdagi tovush ohangiga (qalinliq, ingichkalikka) tayanib yangi alifbemiz uchun to‘qqiz soit qabul qildiq. Bizning tilga yot tillarning ta’sirlari bo‘lmog‘on, yot tillardan bizning tilga ko‘b so‘zlar o‘tib qolmog‘on bo‘lsa edi, to‘qquz soit olish bilan tovush ohangi masalasini qatiy suvratda hal qilg‘on bo‘lur edik. Holbuki, masala bunday emas, biz bilan madaniy, iqtisodiy, siyosiy-ilmiy munosabat qilg‘on xalqlardan bir ko‘b so‘zlar olg‘on va olmoqdamiz. Tashqaridan kelgan bu so‘zlarning xabar, qabul, qalam, maqola kabi bir qismlari bizda o‘zlashib qolg‘oni uchun tovush ohangiga tobe’ bo‘lg‘on, lekin turli sabablar bilan xanuz bizdagi to­vush oxangiga tobe' bulmog‘on, tobe' bo‘lmoq istamagan xususiyat, diyonat, parvona, balli, lola kabi yot so‘zlar tilimizda bor. Buning ustida g‘ijjak, g‘ildirak, og‘zaki kabi tovush ohangiga uymog‘on o‘z so‘zlarimiz ham bor. Bularni nima qilamiz: tovush ohangiga to­be' tutamizmi, yo‘qmi? Tuta edik, yaxshi edi, imlomiz mustasno qiyinlig‘idan qutulg‘on bulur edi. Biroq tajriba ko‘rsatdi: yot so‘z­larning, hatto g‘ildirak kabi o‘z so‘zlarning ham bir qismini tovush ohangiga tobe’ qila olmadiq. Demak, tovush ohangi qoidasidan bir qism so‘zlarni mustasnog‘a chiqorish majburiyati bor. Emdi «mayli bir qismi mustasno ekan» deb bu mustasnolarning chegarasini tayin qilmay o‘turish bilan bo‘lmaydir. Bu imlomizda onorxiyo tug‘diradir. Har kim istagan so‘zini qoida bog‘lab, istamaganini mustasnoga chiqorib beradir, shuning uchun bu mustasnolarning che­garasini belgilash imlomizning birligi uchun lozim.
Shu kunlarda o‘rtoq Alaviy tomonidan qiling‘on imlo lug‘ati bu masalani qisman yeshgan bo‘ladir. Lekin Alaviyning lug‘atidan tashqarida qolg‘on so‘zlar yana bor, ham ko‘b. Shuning uchun bu yo‘lda yana ishlash kerak.
Tilimizdagi ikkinchi masala «lab ohangi»dir». Lab ohangi» (ө, o, u, y) o‘trusi bo‘lg‘on bir bug‘unning o‘zidan keyin kelgan bug‘unlarni tobe’ qilishidir. otun, butun, tutun kabi masala bizning oramizda juda og‘ir bir masala bo‘lib qoldi. Bir necha rasmiy, g‘ayri rasmiy majlislarda ko‘rildi. Ovg‘ust kanferensiyasida lab ohangini sarfiy qo‘shumchalarga o‘tkazmaslikka qaror berildi. Tajriba bu qarorning o‘ng‘aysizligini ko‘rsatmaktadir. Bolub (bo‘lub), yurub so‘zlarini bolib (bo‘lib), yurib shaklida yozishning sovuqligi sezilmakdadir. Buni qanday qilib yesha olamiz? Alıb (olib), barıb (borib), qalıb (qolib) deb yozg‘onimiz holda, lab ohangiga qarab bolub (bo‘lub), kulub, ucun shaklida yozaylik. Masala shu bilan bitmaydir. «boldı» (bo‘ldi), «oqudı» (o‘qudi)lapni «boldu» (bo‘ldi), «oqudu» (o‘qudu) yozish kerakmi? Bu kun -miş, -mi, -dir, -il shaklida qabul qiling‘on qo‘­shumchalar bor. Bularii lab ohangiga tobe’ qildiq. «ol+muş, ol+dur+muş, ol+dur+ul+muş, ol+dur+ul+muş+mu» dedik, «-ƣan)», «-gan»larni nima kilamiz? «Ol+dur+ul+ƣun» deyish mumkin emas-ku!

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish