Мавзу: Илк ўзбек алифбосининг вужудга келиши


MA’RUZANING TEXNOLOGIK XARITASI



Download 3,2 Mb.
bet32/92
Sana02.07.2022
Hajmi3,2 Mb.
#728962
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92
Bog'liq
TOG\'AYEV

MA’RUZANING TEXNOLOGIK XARITASI

Bosqichlar va ularning vaqti

Faoliyat mazmuni







O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich
Kirish

1.1. Darsga nisbatan talabalarning motivasiyasini shakllantiradi.

1.1. Fikrlarini jamlaydi va darsga tayyorlanadi

2-bosqich
Asosiy qism
(60 daqiqa)

1. Yangi alifboni isloh etishga doir qarashlar haqida ma’lumotga ega boʻladi.
2. Joriy imlo qoidalaridagi muammolar toʻgʻrisida bilib oladi.
3. О‘zbek tilining asosiy imlo qoidalariga ba’zi tuzatish va qo‘shimchalar kiritish zarurati boʻyicha tushuncha hosil qiladi.



2.1.Yangi mavzuni eshitadi, mavzuga oid ma’lumotlarni eshitadi, tushunadi, biladi va ularga munosabat bildiradi.
2.2. Mavzu yuzasidan savollar beradi.
2.3. Javoblarni toʻldiradi.

3-bosqich Yakuniy qism
(10 daqiqa)

3.1. Mashgʻulotni yakunlaydi, xulosalaydi, talabalarni baholaydi va faol ishtirokchilarni rag'batlantiradi.

3.1.O‘z-o‘zini
baholaydi.



1. Yangi alifbo bilan bog‘liq muammolar
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (ToshDO‘TAU) ishchi guruhining lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi va imlosini takomillashtirish borasidagi takliflari loyihasi internet tarmog‘ida taqdim qilindi. Unda dastlabki loyiha sifatida alifbo sirasi quyidagicha bo‘lishi ilgari surilgan:
A a (“a”) B b (“b”) C c (“dj”) D d (“d”) E e (“e”) F f (“f”) G g (“g”) H h (“h”) I i (“i”) J j (“j” sirg‘aluvchi) K k (“k”) L l (“l”) M m (“m”) N n (“n”) O o (“o”) P p (“p”) Q q (“q”) R r (“r”) S s (“s”) T t (“t”) U u (“u”) V v (“v”) X x (“x”) Y y (“y”) Z z (“z”) Ŏ ŏ (o‘) Ğ ğ (“g‘”) Š š (“sh”) Č č (“ch”) Ň ň (“ng” burun tovushi).
Ushbu taklifda joriy alifboga quyidagi o‘zgartirishlar kiritish ko‘zda tutilmoqda:
1) jo‘ja, jo‘ra, jon, jahon, tijorat, rivoj kabi so‘zlarda til oldi jarangli qorishiq undoshni ifodalash uchun C c (“dj”) harfini olish;
2) jurnal, ajdar, garaj, tiraj kabi o‘zlashma so‘zlarda til oldi jarangli sirag‘luvchi undoshni ifodalash uchun J j (“j”) harfini belgilash;
3) harflar birikmasi bilan ifodalangan sh, ch, ng belgilarini birgina harf bilan yozish. Ya’ni: Sh sh o‘rniga Š š; Ch ch o‘rniga Čč; NG ng o‘rniga Ň ň harflarini olish;
4) harf belgisiga ega bo‘lgan O‘o‘ o‘rniga Ŏ ŏ; G‘ g‘ o‘rniga Ğ ğ harflarini olish.
Taklif qilinayotgan alifbodagi jami harflar soni 30 ta, ularning 5 tasi qo‘shimcha belgili harflarni tashkil etadi. Dunyo alifbolarining ba'zilarida qo‘shimcha belgili harflar soni 10 tadan, hatto 20 tadan ortiq uchrashi qayd etilib, 5 ta qo‘shimcha belgili harf alifbo uchun ko‘p emasligiga ishora qilingan.
Demak, alifboga 1 ta harf (C c) kiritish va 5 ta harfni o‘zgartirish taklif qilinmoqda. Lekin ushbu fikr qabul qilinib, alifbo sirasida o‘zgarish amalga oshguday bo‘lsa, buning ortida qanchadan-qancha xarajat, mehnat, mashaqqat, ovoragarchilik kelishini taklif qiluvchilar ko‘z oldiga keltira olarmikin. Birgina ta’lim bo‘g‘inlarida shu paytgacha joriy alifbo va imloda chop etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarini tasavvur qilaylik. 23-24 yil davomida nashr etilgan turli sohalardagi kitoblar-chi? Bularning hisobini kim oladi?
Fuqarolik holatlarini qayd etish hujjatlari, turli diplom yoki huquqiy merosxo‘rlik, mulkchilikka daxldor hujjatlardagi yozuvlarda birgina harf mos kelmaslik tufayli paydo bo‘ladigan g‘alvalarni, insonlarning sarsongarchiligini e'tibordan soqit qilmaslik kerak.
Ta’lim nuqtai nazardan qaraganda, jo‘ja, jo‘ra, jon, jahon, tijorat, rivoj kabi so‘zlardagi undoshni (“dj”ni) ifodalash uchun C c (“dj”) harfini kiritish o‘zini oqlamaydi. Chunki joriy alifboda ushbu so‘zlardagi qorishish undoshni J j (“j”) harfi bilan yozib kelishga o‘rganib, bunga ko‘nikma qat'iylashib ulgurganda, dabdurusdan boshqa harfga o‘tib ketish, aksincha, chalkashlik keltirib chiqaradi.
Masalaning ta’limiy, iqtisodiy tomonidan tashqari ma'naviy jihati ham bor. Jahonda o‘zbek xalqi kabi yozuvini eng ko‘p o‘zgartirgan, isloh qilgan boshqa xalqni topish qiyin bo‘lsa kerak. Dunyoda ahli nazarida bu masalada betayinroq, beburdroq ko‘rinib qolmayapmizmi? Chunki:
alifboni almashtirish 1928-, 1940-, 1993-yillarda bo‘lib o‘tdi, 65 yil ichida o‘zbek alifbosi 3 marta boshqasiga o‘zgartirildi;
alifbo va imlo islohoti 1921-, 1922-, 1923-, 1934-, 1995-yillarda amalga oshirildi, 74 yil ichida o‘zbek alifbp-imlosi 5 marta tuzatildi. Yana isloh qilinsa, bu 6 nchisi bo‘ladi.
Inglizlarning yozuviga qarasak, bir so‘zdagi nutq tovushlari va ularni ifodalaydigan harflar ko‘pincha bir-biriga mos kelmaydi, ya'ni necha zamondan buyon bir narsani yozib, boshqa narsani talaffuz qiladilar, lekin bu ularning yozuvlarini to‘g‘ri yuritish va savodxonligiga hyech to‘siq bo‘layotgani yo‘q.
Sirasini aytganda, bizda joriy alifboni o‘zgartirishga hyech qanday ehtiyoj, hojat yo‘q. Dunyodagi biror xalq uchun qabul qilingan alifbolarning hyech qaysi shu til egasining nutq tovushlarini o‘zida yuz foiz aks ettirmaydi, ya'ni mukammal bo‘lmaydi. Bizning alifbo ham bundan xoli emas. To‘g‘ri, ayrim nutq tovushlarimizga (ng‘) harf belgilanmagan, jo‘ja va jurnal so‘zlari boshidagi talaffuzi sal turlicha undoshlar uchun bitta harfdan foydalanamiz. Harf birikmalari (sh, ch, ng) o‘rniga bitta harf, qo‘shimcha belgili harflar (O‘, G‘) o‘rniga yaxlit belgili harflar bo‘lgani afzal. Ammo joriy alifbomiz shularsiz ham xalqimizning ta'lim-tarbiya, savodxon chiqarish va oshirish, umuman, yozuv bilan bog‘liq barcha yumushlariga zarur darajada bemalol yarab turibdi Aksincha, alifboga yana, navbatdagi o‘zgartirish kiritish bilan kelib chiqadigan muammolar taraqqiyotimizga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish