4. Ijtimoiy ishda xulqqa oid nazariya (Bixeviorizm). Bu nazariya va amaliy psixologiyaning S-R (rag’bat-oqibat) sxemasiga asoslangan yo’nalishi hisoblanadi. U amerika psixologiyasida Dj.B.Uotson, E.L.Torndayklar tomonidan shakllantirilgan. Mazkur yo’nalish vakillari – E.K.Tolmen, E.R.Gutri, K.L.Xall, Skinner, N.E.Miller, Dj.Dollar hisoblanadi.
Bixeviorizm asoschisi hisoblangan, tajriba tadqiqotlarini amalga oshirgan va mazkur yo’nalishni ―inson xulqi haqidagi‖ fan sifatida belgilab bergan amerikalik psixolog Djon Uotson (1878-1958) hisoblanadi. Kalamushlarda tajriba o’tkazar ekan, Uotson, olingan ma‘lumotlar insonlarni o’rganishda yordam beradi, deb hisoblagan. 1913 yilda u psixologiyada bixeviorizm to’g’risida maqolasini chop etgan. Mazkur yo’nalishning rivojlanishiga insonning asab tizimini va tug’ma shartli reflekslarning muayyan ta‘sir yoki xulqqa ta‘sirini tadqiq qilgan rus fiziologi I.Pavlovning g’oyalari katta ta‘sir ko’rsatgan.
I.Pavlov itning reaksiyasini o’rganar ekan, so’lak ajralishi (R) nafaqat ovqatlanishdan, balki, misol uchun ovqatning (S) navbatdagi vaqti kelganini anglatuvchi qo’ng’iroqning jarangidan ham ajralishini aniqlagan. U buni shartli refleks deb nomladi, ayni vaqtda ovqatlanish bilan bog’liq reaksiya shartsiz refleks, deb nomlandi. Shunday qilib, shartsiz reflekslar biologik jarayonlar bilan bog’liq, ayni vaqtda shartli reflekslarga o’rganish mumkin (Pavlov, 1928)2.
1Charles Zastrow. Introduction to Social work and social welfare. Empowering People. George Williams College of Aurora University. Printed in Canada: Brooks/Cole, Cengage Learning, 2010. – Р.50.
2Gunn Strand, Hutchinson SivOltedal. Five Theories in Social Work.Oslo: Universitets for lage tUniversitete ti Nordland, 2014. – Р.108.
Xulqqa oid yondashuv tajribaning qurilishi, jarayon, natijalarning ilmiy aniqligi va nazorat qilinishiga alohida e‘tibor qaratishi bilan ajralib turadi. Metodik vositalar sifatida shaxsga ta‘sir ko’rsatish va muayyan xulq o’rtasidagi aloqalarning shakllanish jarayoni hisoblanadi.
Xulqqa oid nazariyada odatlar, ko’nikmalar, xulqiy namunalarning shakllanish, mustahkamlanish, yo’qolib borish sharoitlari o’rganiladi. Shaxs intilish va harakat o’rtasidagi oraliq o’zgaruvchilarga tenglashtiriladi. Tug’ma omillarni inkor qilmagan holda, bixeviorizm vakillari avvalambor kuzatilayotgan xulq va muhitning uni belgilab beruvchi omillarini o’rganadilar.
B.Skinnerning operant o„rganish nazariyasi. B.Skiner (1904-1990) bixeviorizm g’oyalarini ishlab chiqish sohasidagi yetakchi olim hisoblanadi. U xulq natijalariga qiziqqan. U barcha jismoniy shaxslar faol ravishda o’z atrofidagilarga ta‘sir ko’rsatishga urinadilar (atrofdagilar uchun ishlaydi), deb taxmin qilgan.
Tirik organizmlar uchun ayniqsa faollik xos: har qanday vaqtda organizm o’z ehtiyojlarini qondirish yoki xavfli vaziyatlardan qochishga intilgan holda jamiyat bilan o’zaro munosabatlarga kirishishi lozim. Shu sababli organizm tushib qolgan va u yoki bu harakatlarni tanlagan holda unga moslashishga majbur bo’lgan vaziyatlar xulqning ko’plab yangi shakllarining shakllanishiga imkoniyat yaratadi.
Bixevioristlar xulqning bu kabi shakllarini operant (lotin tilidan ―operatic‖ – harakat), deb nomlaydilar, chunki, bu holatda barcha narsalar atrof muhit ustidan amalga oshiriladigan harakatlardan boshlanadi. U organizm mazkur harakatlarni takrorlashi yoki aksincha undan qochishi bog’liq bo’lgan qandaydir oqibatlarga sabab bo’ladi. Shunday qilib, xulqning bu kabi shakllarini ishlab chiqish oqibatlari organizm uchun istalgan va ulardan voz kechish nomaqbul oqibatlarga olib kelgan harakatlarning mustahkamlanib qolishi natijasida amalga oshiriladi.
Operant o„rgatishga uning uchta turini kiritish mumkin: urinish va xatolar usuli yordamida o’rgatish, aks ta‘sirni shakllantirish va kuzatish yo’li bilan.
Tajriba va xatolar usuli yordamida o„rgatish. Tajriba va xatolar yordamida o„rgatishda individ qandaydir to’siqqa duch kelganida uni yengib o’tishga va shu bilan birgalikda sekin-astalik bilan samarasiz harakatlardan voz kechgan holda oxir-oqibat vazifa yechimini topadi.
Reaksiyalarni shakllantirish. Skinner nuqtai nazaridan, xulq har doim ham tasodifiy tarzda vujudga kelmaydi – ko’pincha u asoslovchi omil natijasida shakllanadi. Bu kabi omil sifatida u yoki bu xulqiy harakatdan so’ng paydo bo’luvchi yoki yo’q bo’luvchi xulqiy jarayon va ushbu harakatni qo’llab- quvvatlash maqsadida takrorlanish ehtimolini oshiruvchi har qanday rag’batlantiruvchi kuch bo’lishi mumkin. Bu esa o’z navbatida o’ta murakkab xulqiy harakatlarning bosqichma-bosqich shakllanishini izohlash imkonini beradi, o’z navbatida har bir bosqich mustahkamlanib boradi.
Mazkur fikrlardan kelib chiqqan holda, Skinner operant bog’liqlikning asosini tashkil etuvchi xulqni ketma-ket yaqinlashishlar usuli yordamida shakllantirish uslubini ishlab chiqdi. Mazkur usulning mohiyati shundan iboratki, tadqiqotchi jonivor (hayvon)da shakllantirishga intilgan dastlabki xulqdan (o’rgatishni boshlashdan avval) yakuniy harakatgacha bo’lgan butun jarayon bir nechta bosqichlarga bo’linadi. Keyinchalik esa ushbu bosqichlarning har birini izchillik bilan, tizimli ravishda mustahkamlash va shu tarzda jonivorni xulqning kerakli shakligao’rgatishga erishish mumkin. O’rgatishning bu kabi usulida jonivorni yakuniy maqsadga yaqinlashtiruvchi har bir harakati uchun muntazam ravishda mukofotlab boriladi va unda sekin-astalik bilan belgilangan xulq shakllantiriladi.
Skinner nuqta nazaridan bolani birinchi so’zlarni tezlik bilan o’rgatishni izohlash mumkin (biroq buni umuman til o’rganish konsepsiyasiga tadbiq qilmagan holda). Dastavval, bola qandaydir aniq tovushlarni talaffuz qilishni boshlaganida ―me-me-me‖ga o’xshash tovushlar chiqarishining o’ziyoq atrofdagilarni zavqlantiradi va ayniqsa hammadan ham baxtiyor onaga farzandi uni chaqirayotgandek tuyuladi. Biroq tez fursatda ota-onalarning bu kabi tovushlarga nisbatan bo’lgan hayratlari go’dak barchaning xursandligiga sabab
bo’luvchi ―MO...MO‖ tovushlarini chiqarmagunga qadar so’nib qoladi. So’ngra ushbu tovushlar ham nisbatan aniq ―MO...MO‖ paydo bo’lmagunga qadar yangi tug’ilgan go’dak tilida mustahkamlanib qolmaydi. O’z navbatida ushbu so’z ham aynan yuqoridagi sabablarga ko’ra ―moma‖ birikmasi bilan almashinadi va nihoyat bola o’zining birinchi ―ona‖ so’zini aniq talaffuz qiladi. Boshqa barcha so’zlar esa atrofdagilar tomonidan ―bolaning gu-gulashi‖ sifatida qabul qilinadi va ular sekin-astalik bilan yangi tug’ilgan go’dakning leksikonidan yo’qolib ketadi.
Shunday qilib, aynan oila a‘zolarining tanlov asosidagi rag’batlantirishari sababli ijtimoiy qo„llab-quvvatlanmagan noto’g’ri harakatlaridan voz kechadi, oqibatda, faqatgina kutilayotgan natijaga eng yaqin bo’lgan harakatlarini saqlab qoladi1.
Ijtimoiy o„rgatish nazariyasi. Bu nazariya XX asr ikkinchi yarmiga mansub shaxs kognitiv nazariyasi bo’lib, amerikalik psixolog Rotter tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko’ra shaxsning ijtimoiy xulqini ―xulqiy imkoniyat‖, ―kutilgan natija‖, ―mustahkamlash (qo’llab-quvvatlash)‖, ―qo’llab-quvvatlashning ahamiyati‖, ―psixologik vaziyat‖, “nazorat lokusi” kabi tushunchalar yordamida o’rganish va ta‘riflash mumkin. ―Xulqiy imkoniyat‖ iborasi ostida qo’llab- quvvatlash mavjud bo’lgan vaziyatlarda uchrashi mumkin bo’lgan xulq ehtimoli tushuniladi. Har bir inson hayoti davomida shakllangan harakatlar va xulqiy harakatlarning muayyan imkoniyatlariga va to’plamiga ega bo’lishi nazarda tutiladi. ―Kutilgan natija‖ muayyan qo’llab-quvvatlash o’xshash vaziyatlarda xulqda kuzatilishi mumkinligining sub‘ektiv ehtimoliga tegishli. O’tmishdagi tajriba asosida birinchi o’ringa olib chiqilgan barqaror kutish shaxsning barqarorligi va bir butunligini izohlaydi. Ijtimoiy o’rgatish nazariyalarida bir vaziyat uchun xos bo’lgan kutilgan natijalar (o’ziga xos kutilgan natijalar) va nisbatan umumiy yoki qator vaziyatlarga qo’llash mumkin bo’lgan, turli vaziyatlar tajribasini aks ettiruvchi kutilgan natijalar (birinchi o’rindagi) o’zaro bir-biridan farqlanadi. ―Psixologik vaziyat‖ shaxs uni qanday qabul qilsa, shunday ko’rinishda
1Gunn Strand, Hutchinson SivOltedal. Five Theories in Social Work.Oslo: Universitets for laget Universitete ti Nordland, 2014. – Р.109-111.
bo’ladi. Vaziyatga oid kontekst roli va uning inson xulqi hamda vaziyat psixologiyasiga bo’lgan ta‘siri, ayniqsa, muhim hisoblanadi.
Rotgerning fikriga ko’ra, odamlar doimo rag’batlarni maksimallashtirish va jazoni minimallashtirish yoki undan qochishga intiladilar. Maqsad inson xulqining o’zining asosiy ehtiyojlarini qondirishdagi, xulqning turli ko’rinishlari to’plamini, o’z navbatida, qo’llab-quvvatlashlarning turli to’plamlarini belgilab beruvchi izlanishlari yo’nalishini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |