Ijtimoiy ish nazariyasi turlari. Ijtimoiy ishga bag’ishlangan adabiyotlarda 1 uning modellarini ijtimoiy yo’naltirilgan, psixologik yo’naltirilgan va kompleks yo’naltirilgan turlarga ajratilishi klassik (mumtoz) holatga aylandi.
Bu kabi klassifikatsiyaning asosi ijtimoiy ishga eng kuchli ta‘sir ko’rsatgan va ko’rsatuvchi yondosh fanlarga nisbatan ijtimoiy ish sohasidagi nazariy yondashuvlarni tahlil qilish hisoblanadi.
Ijtimoiy yo„naltirilgan modellar eng ko’p ijtimoiy konsepsiyalar bilan chambarchas bog’liq, ijtimoiy rivojlanish, jamiyatni tizimlashtirish, uning ijtimoiy institutlarining o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini anglashga tayanadi.
Zamonaviy ijtimoiy yo’naltirilgan modellar orasida quyidagilar eng ko’p
mashhurlikka erishgan:
Ekologik nazariyasi ("hayot modeli‖)
Ijtimoiy-radikal model
Tizimli model
1Ромм М. В., Ромм Т. А. Теория социальной работы. — Новосибирск, 1999; Социальная работа: Учеб. пособие/ Под общей ред. В. И. Курбатова – Ростов н/Д: Феникс, 2003; Теория и методика социальной работы: учебник / И.В.Тумайкин и др. – Ростов н/Д: Феникс, 2018. -205 с.
Ijtimoiy ishning psixologik yo„naltirilgan modeli psixologik bilimlarga, psixologik maqom qonuniyatlari va inson rivojlanishini qayd qilishga tayanadi.
Psixodinamik model
Kognitiv-bixevioral model
Ijtimoiy ishning kompleks yo’naltirilgan modeli himoya qilish muammosini bir butun ko’ra bilish va insonning biopsixologik mavjudot sifatidagi hayotiy kuchlarini qo’llab-quvvatlashga yo’naltiriladi. Mazkur modelga misol sifatida rolga oid modelni keltirishimiz mumkin. Ushbu model psixologik va sotsiologik bilim integratsiya asosiga qurilgan (Y.Moreno, Dj.Mid).
Ushbu yondashuv avvalambor, shaxsni anglashga asoslanadi, mijozni avvlagi tajribasidan kelib chiqqan holda o’zini qanday tutish va rivojlanishga o’rgatadi, hayotidagi shaxsiy roli haqidagi tasavvurlarini shakllantiradi.
G’arb olimlardan birining fikriga ko’ra, (Barber, 1991, Payne, 1991), nazariyalarning 4 turini ajratib ko’rsatish mumkin1:
ijtimoiy ish to’g’risidagi jamiyatdagi ijtimoiy ish rolini va tabiatini izohlovchi nazariya;
ijtimoiy ishning faoliyatning qanday turlari tashkil etishini ta‘riflovchi nazariyalari, professional ijtimoiy ish uchun maqsadlar, nima sababdan faoliyatning u yoki bu turlari to’g’ri va ijtimoiy ishning maqsadlariga javob berishini ta‘riflovchi nazariyalar;
ijtimoiy ishga o’z hissasini qo’shgan, inson yoki guruh xulqini izohlovchi yoki ta‘riflovchi psixologik, sotsiologik va boshqa nazariyalar ijtimoiy ish nazariyalarini muammolarning ijtimoiy tabiatini e‘tiborga oluvchi tizimli qilish maqsadida qo’llaniladi;
ijtimoiy ishning boshqa nazariyalar ijtimoiy xodim va mijozning o’zaro munosabatlari jarayonida boshqa nazariyalar qay tarzda qo’llanilishi mumkinligini ko’rsatib beruvchi nazariyalari.
1GunnStrand, Hutchinson Siv Oltedal. Five Theories in Social Work. Oslo: UniversitetsforlagetUniversitetetiNordland, 2014. – Р. 119.www.uin.no
Do'stlaringiz bilan baham: |