O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti



Download 30,6 Kb.
Sana21.01.2020
Hajmi30,6 Kb.
#36227
Bog'liq
kurs ishi

O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Vazirligi

Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti

Sharw Filologiyasi Fakulteti Turkiy tillar Kafedrasi

‘’ILMIY ISH ASOSLARI ‘’ FANIDAN

KURS ISHI

MAVZU: O’rganilayotgan til nazariyasida yangiliklar



Bajaruvchi: Turk –ingliz guruhi 2-bosqich talabasi Tojiyeva Afro’za

Ilmiy rahbar: Imomova X.

Toshkent -2019

MUNDARIJA

Kirish……………………………………………………….3

I BOB. NAZARIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT....5



    1. Nazariyaning filolgiyadagi o’rni……………….6

    2. Til nazariysi va uning paydo bo’lishi………….

II BOB. O’RGANILAYOTGAN TIL NAZARIYASIDA YANGILIKLAR………………………………………………

2.1 O’ganilayotgan til haqida tushuncha……………

2.2 Turk tili grammatikasi hqida……………………

XULOSA…………………………………………………….

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………….

KIRISH


Nazariya fanda - biror hodisa va faktlarni izohlovchi va bashorat qila biluvchi bilimlar tizimi, sxemasidir. Nazariyalar ilmiy uslub vositasida yaratiladi, shakllantiriladi va tekshiriladi.

Nazariya — bilimning biror sohasiga oid asosiy gʻoyalar tizimi; voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli. N. borliqning muayyan sohasiga oid boʻlgan tajribalardan umumlashtirilgan maʼlumotlar asosida kelib chiqadi. Ilmiy bilishda N.ning asosiy vazifasi tajribalar bergan dalillarni izohlash, shu bilan birga, narsa va hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirib borish, yuzaga keladigan yangi narsa va hodisalarni oldindan koʻra olishdan iborat. Har qanday N. ilmiy bilishning natijasi sifatidagi bilish shakli boʻlsada, lekin uni tugallangan, oʻzgarmas, mutlaq bilim deb qaramaslik kerak. N. bilish jarayonidabiz toʻplagan bilimlarning natijasigina emas, balki yangi bilimlar hosil qilish yoʻlidagi boshlangʻich asosdir. N. hamma vaqt amaliyot bilan uzviy boglik boʻladi va shundagina u harakat va rivojlanishning quroliga aylanadi. N.ning boshlangʻich shakli gipotezalmr. Amaliyotda gipotezaning toʻgʻri, haqiqat ekanligi isbotlansa, shu asosda yangi N. yuzaga kelishi mumkin. Ilmiy bilish jarayonida kishilarning ilmiy N.lar bilan qurollanganligi unga ilmiy oldindan koʻrish — ilmiy bashorat qilish imkoniyatini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, yangi qonuniyat va yangi N.larning shakllanishiga olib keladi. Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6—7 ming orasida, deb hisoblanadi. Tabiiy til soʻzlashuv yoki imo-ishora orqali tarqaladi, biroq har qanday til eshitish, koʻrish, sezish stimullari yordamida yozuv, braille yoki hushtak kabi ikkilamchi vositaga kodlanishi mumkin. Bu odam tili modallikdan mustaqil boʻlgani uchun ilojli. Keng maʼnoda til atamasi ostida biror muloqot tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. Barcha tillar semiozisga, yaʼni belgilarni tegishli maʼnolarga bogʻlash jarayoniga tayanadi. Ogʻzaki va imo-ishora tillari ramzlar ketma-ketligini soʻz yoki morfema qilib shakllantiruvchi fonologik tizim hamda soʻz va morfemalar ketma-ketligidan ibora va gaplarni hosil qiluvchi sintaktik tizimni oʻz ichiga oladi.

Odam tili unumdorlik, rekursivlik va siljuvchanlik xususiyatlariga ega ekanligi hamda ijtimoiy kelishuv va oʻrganishga butunlay asoslangani uchun unikaldir. Binobarin, uning murakkab tuzilishi hayvonlar muloqotiga nisbatan juda keng ifoda va qoʻllanishlar koʻlamini beradi. Til erta homininlar asta-sekin primat muloqot tizimlarini oʻzgartira boshlagan paytda, boshqa onglar nazariyasini shakllantirish qobiliyati va intensionallikni oʻrganayotganida yuzaga kelgan, deb taxmin etiladi.

Ushbu rivojlanish miya hajmi oʻsishiga mos kelgan boʻlishi mumkin; aksariyat tilshunoslar til tuzilishini tegishli muloqot va ijtimoiy vazifalarga xizmat qilish uchun evolutsiyalangan, deb qarashadi. Til odam miyasining turli, xususan Broca va Wernicke sohalarida ishlanadi. Odamlar tilni yosh bolalik paytidagi ijtimoiy oʻzaro munosabat orqali oʻzlashtiradilar va oʻrtacha uch yoshga kelib ravon gapira oladilar. Til ishlatish odam madaniyatiga chuqur singgan. Binobarin, til faqatgina muloqot vositasi boʻlib qolmay, balki individuallik, ijtimoiy stratifikatsiya, parvarish va ermak kabi ijtimoiy va madaniy rollarga ham ega.

Tillar vaqt oʻtishi bilan oʻzgaradi, ularning evolutsiyasini qadimgi tillar keyingi bosqichlar sodir boʻlishi uchun qanday belgilarga ega boʻlganini aniqlovchi va ularni zamonaviy tillarga taqqoslovchi tarixiy tilshunoslik oʻrganadi. Umumiy ajdoddan keluvchi tillar guruhiga tillar oilasi deyiladi. Bugungi kunda jahonda eng keng tarqalgan tillar, jumladan inglizcha, ispancha, portugalcha, ruscha va hindcha hind-yevropa tillari; mandarin xitoychasi va kantoncha esa sino-tibet tillari; arabcha, amharcha va ivrit esa semit tillari; suahili, zulu va shona esa bantu tillari oilasiga kiradi. Tilshunoslar fikriga koʻra bugun mavjud tillarning 50 dan 90 foizigachasi 2100-yilga kelib yoʻqolib ketadi.

Til konkret nutq hodisalari (ayrim gaplar, hikoyalar, bir necha kishining suhbati va shu kabi), jumladan, ogʻzaki yoki mexanik usudda takrorlanadigan va yozuv orqali qayd etiladigan nutq hodisalarida mavjud boʻladi. Koʻplab nutq hodisalarining struktur xususiyatlarini taxlil qilish, qiyoslash va umumlashtirish muayyan tilda mavjud boʻlgan elementlar va ular oʻrtasidagi munosabatlar majmuini yaxlit murakkab belgi tizimi sifatida anglash va tavsiflash imkonini beradi. Hozirgi davrda turli millat, elat va qabilalarga tegishli 2500 dan 5000 tagacha (baʼzi manbalarda 3000—7000 oraligʻida) jonli til borligi maʼlum. Ularning har birida barcha tillar uchun umumiy boʻlgan baʼzi universal struktur xususiyatlar koʻzga tashlanadi. Lisoniy tizim nuqtai nazaridan tilning bunday universal xususiyatlari sifatida barqarorlashgan koʻplab til belgilari — soʻzlarning va ulardan foydalanish boʻyicha umumiy (grammatik) qoidalarning mavjudligi; soʻzlar tarkibida tilning eng qisqa (kichik) tovush birliklari — fonemalarning ajratilishi kabilarni koʻrsatish mumkin. Ayrim olingan soʻz doirasida fonemalar bir yoki bir necha boʻgʻinga birlashadi. Tilning kamroq umumiy bulgan struktur xususiyati alohida soʻzlar doirasida yanada kichikroq fonetik-semantik qismlar — morfemalarning ajralishidir. Nutq jarayonida har qanday nutq hodisasining gaplar tashkil etishi har qanday tovush tilining universal xususiyati hisoblanadi. Umumiy xususiyatlar doirasida turli xil tillarda ularni tashkil etuvchi elementlarning cheksiz variantlashuvi va bu elementlarning nutq jarayonidagi oʻzaro munosabati kuzatiladi.

Til mehnat va ijtimoiy ong bilan birgalikda bir-biriga oʻzaro bogʻliq boʻlgan, insonni hayvondan farqlovchi 3 ta eng muhim xossalardan birini tashkil etadi. Ushbu hossalar ichida mehnat muhim ahamiyatga ega boʻlib, u jamiyat mavjudligining moddiy asosi hisoblanadi.

Tilning tafakkur, ijtimoiy ong bilan aloqasi nihoyatda uzviy, chambarchasdir. Til belgilari — soʻzlar, soʻz birikmalari va gaplar — moddiy shakllar boʻlib, ularda ongning ideal mahsullari — aniq tasavvurlardan tortib eng mavhum va umumlashtiruvchi tushunchalar yoki hukmlargacha obʼyektiv tarzda oʻz aksini topadi. Shunday kilib, til nafaqat fikrni ifodalash yoki fikr almashish vositasi, balki ijtimoiy ongda fikrlarni shakllantirish va mustahkamlash vositasi ham hisoblanadi. Til — jamiyat boyligi, u jamiyat aʼzolarining oʻzaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va maʼnaviy turmushida roʻy beradigan barcha voqeahodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi; til ayni maʼnoda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud boʻladi. Tafakkur tilga qaraganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi, leki tilsiz tafakkurni tasavvur etib boʻlmaydi: tilda ifodalanmagan fikr noaniq, tushunarsiz bir narsa boʻlib, insonga borliq voqea-hodisalarini anglab yetishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam bera olmaydi. Tafakkur tilsiz mavjud boʻlmas ekan, til ham tafakkursiz yashay olmaydi. Biz oʻylab turib gapiramiz va yozamiz, oʻz fikrlarimizni tilda aniqroq va tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar til negizida paydo boʻladi va unda mustahkamlanadi; til bilan tafakkur bir butunlikni tashkil etadi.

Tilning dastlabki paydo boʻlishi masalasi insoniyatni qadimgi zamonlardan beri qiziqtirib keladi. Qadimgi davrlardan boshlab tilning kelib chiqishi haqida koʻplab nazariyalar, taʼlimotlar paydo boʻldi. Lekin bu nazariya va taʼlimotlar tilning kelib chiqish masalasini hanuzgacha uzil-kesil hal qilib bera olgani yoʻq.

Qayd etilganidek, jahon tillari oʻz grammatik qurilishi, lugʻat boyligi va boshqa jihatidan bir-biridan farq qiladi, lekin shu bilan birga ular barcha tillar uchun mushtarak boʻlgan umumiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Til davr bilan, zamon bilan hamohang ravishda oʻzgarib boradi (oʻzbek tilining qadimgi turkiy til davri bilan hozirgi koʻrinishi chogʻishtirilsa, bunday oʻzgarishlar qay darajada boʻlganligi yaqqol seziladi) va baʼzan, turli ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar oqibatida, muomaladan chiqib ketishi ham mumkin. Masalan, oʻtmishda jahon madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshgan feklar va rimliklar soʻzlashgan qadimgi yunon va lotin tillari davrlar utishi bilan muomaladan chiqib, oʻlik tillarga aylanib qolgan.

Tildagi oʻzgarishlar tabiati hamda til taraqqiyotidagi yoʻnalishlar 2 ta boshqa boshqa omil — jamiyat hayotidagi tarixiy oʻzgarishlar hamda til taraqqiyotining muayyan bosqichida uning strukturasidagi konkret xususiyatlar bilan belgilanadi. Til tarixining jamiyat tarixi bilan aloqadorligi tilning ichki strukturasi oʻzgarishlarida (asosan, leksika va frazeologiya sohasida), shuningdek, muayyan tilning tarkalish miqyoslari oʻzgarishida (jumladan, uning funksional uslublari taraqqiyotida) va uning lahjalarga boʻlinishi (differensiatsiyasi) darajasida namoyon boʻladi. Fonetika va morfologiya sohalaridagi oʻzgarishlar ijtimoiy hayot voqea-hodisalari bilan bevosita bogʻliq emas. Til strukturasining jiddiy oʻzgarishlari tillarning oʻzaro taʼsirlashuvi jarayonlariga bogʻliq boʻladi. Jamiyat tarixiy taraqqiyotining turli bosqichlarida tillarning lahjaviy farqlanishi darajasidagi tafovutlar til tarixining jamiyat tarixi bilan aloqadorligini belgilovchi xususiyat xisoblanadi. Jamiyatning ayrim hududiy qismlarga iqtisodiy va siyosiy parchalanishi jarayonlari iqtisodiy va siyosiy birlashish jarayonlaridan ustun boʻlganda, yaxlit, bir butun tillar hududiy lahjalarga boʻlinib ketadi. Aksincha, jamiyatning iqtisodiy, siyosiy birlashish jarayonlari hududiy parchalanish jarayonlaridan ustunlik qilgan davrlarda, laxjaviy differensiatsiya bilan bir qatorda, adabiyotda adabiy til sifatida mustahkamlanib qoluvchi yagona umumxalq tilini yaratishga imkon paydo boʻladi. Umumxalq milliy tilning shakllanishi tegishli millatning shakllanishi davrida roʻy beradi. Turk tili (Turkcha: Türkçe) — soʻzlashuvchisi eng koʻp bolgan turkiy til. Turk tilida gaplashuvchilar asosan Turkiyada yashashadi. Shimoliy Kipr, Iroq, Bolgariya, Yunoniston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Eron, Oʻzbekiston ,Olmoniya, Niderlandlar kabi davlatlarida ham turk tilida gaplashuvchilar bor.

Turk tili — turkiy tillarpgm biri. Asosan, Turkiyada, shuningdek, Iroq, Suriya, Eron, Ruminiya, Bolgariya, Gretsiya, Rossiya, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Kipr oroli, Makedoniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Turkiya Respublikasining va Kipr Respublikasining (grek tili bilan birga) rasmiy tili hisoblanadi. Oʻtgan asr oxirlarida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 55 mln. ga yakin (Turkiyaning oʻzida 50 mln. dan ortiq) kishini tashkil etgan. Dialektal jihatdan Turkiyada Sharqdagi, ayniqsa, Anatoliya shim.sharqidagi mintaqa ozarbayjon tiliga oʻxshashlik belgilari bilan ajralib turadi. Anatoliyaning boshka qismi hamda sharqiy frakiya shevalari, shuningdek, boshqa mamlakatlardagi Turk tili lahjalari oʻzaro unchalik farq qilmaydi.

Turk tilining fonetik oʻziga xosliklari: soʻz boshidagi va oʻrtasidagi j undoshining qarindosh turkiy tillardagi boshqa oʻxshash tovushlarga toʻgʻri kelishi, soʻz boshidagi rv, td, kg jarangeizlari va jaranglilarining farqlanishi va singarmonizmning mavjudligi, bir qancha soʻzlarda portlovchi v oʻrniga sirgʻaluvchi v undoshining kelishi; boshqa turkiy tillardagi "vo1" feʼlining "ol" tarzida qoʻllanishi va boshqa Morfologik belgilaridan mis shaklli sifatdoshning qipchoq va boshqa bir qancha turkiy tillardagi gan shaklli sifatdosh bilan vazifadoshligi; dik shaklli qad. harakat nomi va uog shaklli aniq hozirgi zamon feʼlining faol qoʻllanishi va boshqa ni koʻrsatish mumkin.

Adabiy Turk tili hozirgi shaklida 19-asr oʻrtalaridan shakllana boshlaydi. Bu davrda oʻrta asr adabiy tili (eski turk yoki usmonli turk tili) arabcha, forscha elementlarga boy boʻlgan. 20-asrning 20-yillaridagi islohotlardan soʻng adabiy til umumxalq soʻzlashuv tili bilan yaqinlashdi. Eski Turk tili ning arab yozuvida bitilgan yodgorliklari 13-asrdan boshlab mavjud. Dastlabki yodgorliklarda sharqiy turkiy (qoraxoniyuygʻur) adabiy tilining sezilarli taʼsiri bor. Hozirgi yozuvi 1929 yildan lotin grafikasi asosida.

Baʼzi olimlar Turkiy tillarni moʻgʻul tillari hamda tungusmanjur tillari bilan birga qoʻshib, oltoy tillari oilasiga birlashtiradilar. Ye.D.Polivanov, G.Y. Ramstedt kabi tilshunoslarning fikricha, ushbu tillar oilasi koreys va yapon tillarini qoʻshish hisobiga kengayishi mumkin. Oltoy nazariyasiga koʻra, Turkiy tillarning tarixi oltoy tillari bir til boʻlib tashkil topgan qad. zamondan — oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobotili (asos til) dastlab 2 ga — tungusmanjur va turkmoʻgʻul tillariga, soʻngra turkmoʻgʻul tili ham 2 ga — turk va moʻgʻul tillariga ajralgan. Lekin Turkiy tillarning oltoy tillariga genetik aloqadorligi haqidagi masala hamon faraz darajasida krlmoqda.

Turkiy tillar deganda, Sibirdan Bolqon yarim oroligacha bir chiziq boʻylab choʻzilgan ulkan geografik hududda tarqalgan oʻzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, saxa (yoqut), tuva, xakas, oltoy, karagas, shor, turkman, ozarbayjon, turk, gagauz, tatar, boshqird, chuvash, qoʻmiq, noʻgʻay, qorachoybolqor, tofalar, chuvash kabi 25 dan ortiq til tushuniladi. Turkiy tillar hozirgi tarqalish geografiyasiga koʻra, quyidagi mintaqalarga ajratiladi: Oʻrta va Jan.

Sharqiy Osiyo, Jan. va Gʻarbiy Sibir, VolgaKama havzasi, Shim. Kavkaz, Zakavkazye va Qora dengiz boʻyi. Turkiy tillarning genetik, lisoniy xususiyatlar jihatidan oʻzaro munosabati masalasiga qiziqish juda qad.dan davom etib keladi. Turkiy tillarni birinchi marta tasnif qilgan olim Maxmud Koshgʻariydir. Turkiy tillar tasnifi bilan qiziqish 19-asr oxiri va 20-asrda qayta avj oldi va hozirgigacha koʻplab tasniflar vujudga keldi (rus olimlari I.N.Berezin, V.V.Radlov, F.Ye.Korsh, A.N.Samoylovich, V.A.Bogoroditskiy, N.A.Baskakov, B.A.Serebrennikov, turk olimi R.R.Arat, fin olimlari G. Y. Ramstedt va A.M.O.Ryasyanen, nemis olimlari I.Bensing va K.G. Mengeslarning tasniflari). Bu tasniflar metodi, oldiga qoʻygan maqsadi nuqtai nazaridan xilmaxildir. Shuning uchun bu tasniflarning birida biron bir guruhga mansub deb hisoblangan til ikkinchisida boshqa bir guruhga tushib qolishi mumkin. Turkiy tillarni tasnif qilishning oʻziga xos qiyin tomonlari bor. Bu qiyinchilik, avvalo, Turkiy tillarning oʻzaro fonetik, leksik, grammatik jihatdan yaqinligidan kelib chiqadi. Ikkinchidan, alohida olingan har bir turkiy xalqning tarkib topishida turli xil qabilalarning ishtirok etganligi va bir qabila bir paytning oʻzida bir necha turkiy xalqning shakllanishida ishtirok etganligi bilan izohlanadi. Mas., V.A.Bogoroditskiy oʻz tasnifida Turkiy tillarning geografik tarqalish xususiyatini asos qilib, ularni 7 guruhga ajratadi: shim.sharqiy (saxayoqut, karagas va tuva tillari); xakas (mintaqadagi xakas aholining shevalari); o l toy (oltoy va teleut tillari, bir qancha lahjalar); gʻarbiy sibir (sibir tatarlariningbarcha laxjalari); volgaboʻyiuraloldi (tatar va boshqird tillari); oʻrta osiyo (uzbek, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq tillari); jan.gʻarbiy (turkman, ozarbayjon, qoʻmiq, gagauz, turk tillari va chuvash tili). Bu tasnifda turkiy xalklar va tillarning tarixiy tarakane™ hisobga olinmagan, karaim, noʻgʻay kabi tillar eʼtibordan chetdan qolgan. V.V.Radlov tomonidan Turkiy tillar quyidagicha tasnif qilingan: sharqiy guruh (Oltoy, Ob, Yenisey turkiylari va Chulim tatarlarining til va laqjalari, karagas, xakas, shor va tuva tillari); gʻarbiy guruh (Gʻarbiy Sibir tatarlarining lahjalari, qirgʻiz, qozoq, boshqird, tatar va qoraqalpoq tillari); oʻrta osiyo guruhi (oʻzbek va uygʻur tillari); jan. guruh (turkman, ozarbayjon, turk, qrimtatar tillari). Bu tasnifga Turkiy tillarning fonetik xususiyatlari asos qilib olingan boʻlsada, baʼzi fonetik belgilar muayyan bir guruhga emas, bir necha guruh tillarga xos ekanligi seziladi. Boshqa tasniflar ham u yoki bu darajada kamchiliklarga ega. Tasniflar orasida Turkiy tillarning ham til xususiyatlarini, ham tarixiy taraqqiyotini, ham genetik qarindoshligini atroflicha hisobga olgan hamda Turkiy tillarning barchasini tuliq qamrab olgan tasnif N.A.Baskakov tomonidan taklif etilgan va u kupchilik turkiyshunoslar tomonidan tan olingan.

Turkiy tillar oilasi uchun xos bulgan singarmonizm (hozirgi oʻzbek adabiy tili bundan mustasno), suz boshida undoshlarning ketma-ket kela olmasligi, oʻzakning deyarli oʻzgarmasligi, gap boʻlaklarining joylashish tartibi kabi xususiyatlar uni boshqa til oilalaridan farklab turadi. Turkiy tillarni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan farklovchi xususiyatlaridan biri lugʻat tarkibining bir-biriga juda yaqinligi va grammatik qurilishining oʻxshashligidir. Shuning uchun gʻam chuvash va yoqutlardan boshqa hamma turkiy xalklar vakillari oʻz ona tillarida gaplashganlarida bir-birini muayyan darajada tushuna oladi.

Turkiy tillar umumiy genetik va tipologik belgilarga ega: fonetikada yukrridagi belgilardan tashqari unli va undoshlar oppozitsiyasi mavjud. Hozirgi Turkiy tillarda unli va undosh tovushlar mik, dori bir xil emas. Unlilar miqdori baʼzi Turkiy tillarda (tuva, gagauz, chulimtatar tillarida) 20 dan ortiq boʻlsa, koʻpchiligida 8 ta (xoz. oʻzbek adabiy tilida 6 ta). Undosh tovushlar miqdorida esa bunchalik katta farq yoʻq. Maxsus adabiyotlarda undoshlar miqdori 20 dan kam kursatilmaganidek, 30 dan ortiqham qayd etilmaydi. Baʼzi Turkiy tillarda suz boshida jarangsiz undoshlar (k, p, t) ishlatilsa, boshqalarida ayni urinda jarangli undoshlar (g, b, d) qoʻllanadi; soʻz boshida sonor undoshlar (l, m, n, r) deyarli uchramaydi. Morfologiya sohasida agglutinatsiya shakl va soʻz yasalishining asosiy usuli hisoblanadi, grammatik jins turkumsi yuq, prefiks va old qoʻshimchalar mavjud emas (koʻmakchilar faol qoʻllanadi), bir turdagi turlanish va bir turdagi tuslanish mavjud; sintaksis sohasida gap boʻlaklari oʻzining muntazam joylashish tartibiga ega (aniqlovchi aniqlanmishdan, ega kesimdan oldin joylashadi), bogʻlovchilar deyarli yoʻq (ularning aksariyati arab va fors tillaridan oʻzlashgan), sifatdoshli, ravishdoshli tuzilmalar keng qoʻllanadi, ikki ot yoki otlashgan soʻzning birikuvidan hosil boʻlgan va turkiy izofa deb ataluvchi aniklovchili soʻz birikmalari barcha Turkiy tillarda uchraydi. Soʻz yasalishi, asosan, affiksatsiyadan iborat, shuningdek, soʻz hosil qilishning analitik va boshqa usullari ham bor.



Eng qad. turkiy yozma yodgorliklar (urxun enisey yozuvida) 7— 11-asrlarga mansub boʻlib, ular, asosan, qabrtoshlar tarzida Shim. Mongoliya, Qirgʻizistonda, Yenisey daryosining yuqori qismi, Talas vodiysida va boshqa joylarda topilgan. Brahman va sugʻd yoʻzuvlarida bitilgan qad. turkiy yodgorliklar ham uchraydi (Sharqiy Turkiston va Oʻrta Osiyo). Keyinchalik uygʻur va arab alifbolari asosidagi turkiy yozuv sharqsa (Qashqar, Oʻrta Osiyo, Oltin Oʻrda hududi, Volgaboʻyida) va gʻarbda (saljuqiylar davlatida, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa hududlarda) rivojlandi. Xitoyda yashovchi uygʻurlar 11-asrdan hozirgigacha arab alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadilar. Qad. yozuv anʼanalariga ega boʻlgan turkiy xalkdarning aksariyati (oʻzbek, uygʻur, turk, ozarbayjon, turkman, tatar, boshqird kabi) 20-asrning 20-yillarigacha arab alifbosi asosidagi yozuvga ega boʻlgan. Turk tili 1929 yildan lotin alifbosi asosidagi yozuvga oʻtgan. Sobiq SSSRdagi barcha Turkiy tillar uchun 20-yillar oʻrtalarida lotin grafikasi asosida alifbolar ishlab chiqildi va ular 1930- yilgacha ixtiyoriymajburiy tarzda ana shu yozuvga oʻtkazildi; 1938—40 yillarda esa ayni shu tartibda rus grafikasi asosidagi yozuvga oʻtkazildi. SSSR parchalanib ketgandan keyin 1991- yilda Ozarbayjon va Turkmanistonda, 1993 yilda Oʻzbekistonda lotin yozuviga asoslangan alifbo joriy etish haqida qaror qabul qilindi va bu qarorlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi turk tili X - XI asrlarda 0 ‘rta Osiyodan OnadoTu yarim oroliga ko’chgan va XII asrda Saljuqiylar davlati, XIV asming boshlaridan Usmoniylar Imperiyasini barpo etgan o‘g‘uz-saljuq qabilalari tilining ko‘p asrlik taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan. Turk tili o‘zining butun tarixi davomida turli tizimdagi tillar, xususan, flektiv arab tili va analitiktillardan biri boTgan fors tili, XVIII asrdan boshlab esa, Yevropa tillariningjiddiy ta’siriga uchragan. Sanab o'tilgan tillar, xususan, arab va fors tillari bilan o‘zaro munosabatlar 8 www.ziyouz.com kutubxonasi natijasida, xususan, devon adabiyoti orqali turk tiliga juda ko‘p arabcha va forscha so‘z va atamalar o‘zlashib qolgan. Bu so‘zlarning salmoqli qismi hozirgi kungacha turk tilida saqlanib qolgan. Masalan, turkcha gOz 'ko 'z‘ so‘zi - arabcha ‘ayn' - forscha ‘chashm ’ dir; yoki turkcha ak(beyaz) 'oq 'so'zi - arabcha 'beyaz ’; turkcha su ‘snv ’ so‘zi - forscha ‘ob ‘ dir. Turk tili leksikasining shakllanishiga Saljuqiy va Usmoniy turklari Kichik Osiyoni istilo qilgan davrda ular tomonidan. assimilatsiya qilingan xalqlarning tillari ham jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, o‘tmishda yirik jahon sivilizatsiyalaridan biri sanalgan Vizantiya imperiyasining tili - yunon tilini alohida takidlash joiz. Turk tiliga yunon tilidan o‘zlashgan so‘zlarni Kichik Osiyo va O‘rta Yer dengizi mintaqalarining toponimlari, shuningdek, XI - XV asrlar yunon madaniyati, dehqonchilik, dengizchilik, baliqchilik va boshqa sohalari bilan bogTiq atamalar tashkil etgan (lodos ‘janubdan esuvchi kuchli shamol ’, korfez ‘ko 'rfaz ’, firin' ‘pech ’ va h.). Ba'zi so'zlar slavyan tillaridan o‘zlashgan:pulluk ‘plug', masa ‘sfo/Trumin tilidan),palaska ‘portupeya, qilich osiladigan kamar ’ (venger tilidan). Ilk o‘zlashmalardan bir qismini arman, kurd, italyan va o‘rta asrlarda turklar bilan yaqin munosabatda boTgan boshqa xalqlarning tillaridan o‘zlashgan so‘zlar tashkil etadi. O‘zlashish natijasida yuzaga kelgan so‘zlar talaffuz qilinayotganda turk tilining fonetik qoidalari (turkiy singarmonizm qonuni) ko'pincha buziladi. Turkchaga xos boTmagan unli va undosh tovushlar ketma-ketligi va shunga o‘xshash fonetik hodisalar kuzatiladi. Morfologik nuqtai nazardan, arab va fors tillarining ta’siri ba’zi o‘zlashgan grammatik kategoriyalarda (bog’lovchilar, old qo‘shimchalar, sifatdoshlar) namoyon bo’ladi. Turk tilining shakllanishi tarixiga nazar tashlanganda, tilga tashqaridan ta'sir, asosan, XX asrning 20 - yillarigacha boTgan davrda kuzatilgan. Bu davrgacha juda ko’p sinovlar, turli islohatlarni boshdan kechirgan turk tili o’sha davrda jamiyatda amalga oshirilgan islohatlar orasida muhim o‘rin olgan «Til inqilobi» (Dil Devrimi) natijasida yangi davrga qadam qo‘ydi. Bu inqilobning asosiy maqsadi turk tilining lug’at zahirasini qayta tiklash, grammatik va uslubiy me'yorlar, imlo qoidalarini tartibga solishdan iborat edi. Yangi ijtimoiy munosabatlar adabiy tilning elitar mazmuniga barham berish, yozuv me'yorlarini demokratlashtirish va og’zaki nutqqa yaqiniashtirishni taqozo etar edi. Til islohatining yana bir muhim maqsadi usmoniy turkchasi (Osmanh Tiirkcesijmng turk tili (Tiirkge, Turk Dili) deb o'zgartirilishi va arab yozuvidan turk tilining tovush tarkibiga to’la mos keluvchi yangi turk yozuvi (lotin alfbosi j ga o’tilishi edi. Til islohatining asosiy ilmiy va tashkiliy markazi bo’lgan Turkiya til tashkiloti (Tilrk Dil Kurumu) turk tili leksikasini ajnabiy unsurlardan tozalab, yangi turk leksikasi va atamashunosligini barpo qilishdan iborat edi. Yangi turk leksikasi, yozuvda keng qo’llanib kelayotgan arxaizmlarning o’rnini egallashi va yangi tushunchalarni ifodalash uchun vosita boTishi kerak edi. Shu tarzda turk tili leksikasi va atamashunosligini qayta yaratish, tilni begona unsurlardan tozalash yoki bilan umummilliy adabiy til me'yorlarini ishlab chiqishga kirishildi. Bunda turk tili va qardosh turkiy tillaming ichki zahiralaridan keng koTamda foydalanildi. Birinchi navbatda, XIII asrdan keyingi turk yozma adabiy yodgorliklaridagi genetik turkiy leksikasiga asos solindi. Agar bu jarayonni uchga bo’ladigan bo’lsak, bulardan birinchisi, neologizmlar sifatida olingan faol arxaik leksikaning bir qismi zamonaviy turk adabiy tilning lug‘at tarkibiga kiritildi va ular arabcha, forscha so‘zlarning muqobiliari sifatida tildan o‘rin oldi. Masalan: konuk (ar. misafir) 'mehmon', tamk (ar. §ahit) ‘guvoh, shohid‘, oran (ar. nispet) ‘nisbat’, kez (ar. defa) ‘kez, marta’, sonug (ar. netice) ‘natija’ va h. Ikkinchisi, turk tilining lahja va shevalariga xos qator so'zlar lug'at tarkibiga kiritildi. Masalan: gomge ‘yog‘och qoshiq; kichik cho‘mich’, divlek ‘pishmagan qovun’, gekel ‘kichik omoch’ va h. Uchinchisi, so‘z yaratishning samarali usuli - sof turkiy affikslar yordamida va boshqa yoTlar bilan yangi leksik birliklar yuzagakeltirildi. Masalan: gozliik 'ko'zoynak’, dgretmen ‘o’qituvchi’, bakan ‘vazir’, yiizyil 'asr, yuz yil’, anayasa ‘konstitutsiya’ kabi. Turk tili leksikasi, grammatikasi va uslubshunosligini qayta qurish borasida olib borilgan tadbirlar natijasida adabiy til va og’zaki nutq me’yorlari orasida mavjud botgan jiddiy farqlar barham topdi. Leksika tubdan boyidi, tilning ijtimoiy vazifasi kengaydi.

Bugungi kunga kelib hozirgi zamon turk adabiy tili to’la shakllandi va hozirda turk tilining uslubiy va atamashunoslik tizimlari me'yorlashtirilmoqda. Lekin shuncha samarali ishlar olib borilayotganiga qaramay, tilning ba’zi vazifadosh uslublarida, ayniqsa, professional uslublarda - tibbiyot, huquqshunoslik, harbiy va ilm-fanning boshqa sohalarida hozirgi zamon turk tiliga xos so’z va atamalar, baynalminal atamalar bilan parallel shaklda juda ko’p arxaik arabqha-forscha so‘z va atamalarning ham qo‘llanilayotgani ma’lum;. Sanab o’tilgan dalil va xususlarning hisobga olinishi hozirgi zamon turk tilidagi so’z turkumlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yangi turkcha (Yerti Tiirkqe). Turklar XIX asrning boshlarida g‘arbga ochila boshlagan. Shunda fransuz tili orqali g'arbcha tushuncha va atamalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri turkchaga kirib kelgan. O’sha davrning adabiy tili sanalgan usmonli tili bir asr davomida bu so’zlarga yangi arabcha ekvivalentlar topib so’z oqimining oldini to’sishga urindi, biroq zamonaviy milliy til sifatiga ega bo’lmagan usmonli tili imperiya bilan bir vaqtda inqirozga yuz tutdi. Shundan keyin zamonaviy tilning butun so’z boyligini o’z manbalari asosida shakllantirishni da’vo qilgan Yangi turkcha maydonga kelgan.




Download 30,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish