Mavzu. Ijtimoiy ishning nazariy asoslari



Download 111,5 Kb.
bet5/6
Sana13.07.2022
Hajmi111,5 Kb.
#793504
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu. Ijtimoiy ishning nazariy asoslari

6. Kuchli tomonlar nazariyasi va ularni manbalar bilan ta‟minlanishi. Oxirgi o’n yilliklarning katta qismi davomida ijtimoiy ishda va boshqa kasblarda birinchi navbatda mijozlarning patologiyalariga, kamchiliklariga va ulardagi buzilishlarga ahamiyat qaratilgan. Buning asosiy sabablaridan biri Freydning inson xulqini tahlil qiluvchi nazariyasiga haddan ziyod e‘tibor qaratilganligidir.
Tibbiy modelga asoslangan Freyd psixologiyasi kasallik yoki patologiyani aniqlashga yo’naltirilgan. Bugungi kunda ijtimoiy ishda avval aytib o’tilganidek, inson xulqini baholashda tizimli model qo’llaniladi. Mazkur model shaxsning kuchli tomonlarini aniqlash va rivojlantirishga e‘tibor qaratadi1.
Kuchli tomonlar nazariyasi va manbalar bilan ta‟minlanganlik beshta asosiy prinsiplarga asoslanadi:

  1. Har bir inson, guruh, oila va jamoa kuchli tomonlarga ega. Mustahkamlikning istiqboli mazkur manbalardan foydalanishdan iborat. Mijozlar barcha narsalardan ko’proq sizning ular muvaffaqiyatsizlikni yenga olishlari to’g’risidagi fikrlaringizni bilishni xohlaydilar.

  2. Jarohatlanish va suiste‘mol qilish, kasallik va kurash zarar yetkazishi mumkin, biroq ular shuningdek, rivojlanish imkoniyatlari manbai bo’lib ham xizmat qilishlari mumkin. Mijozlar ularga o’z muammolarini hal etish, to’siqlarni yengib o’tishga yordam beruvchi shaxsiy xislatlarini rivojlantiruvchi va ko’nikmalarni egallovchi faol va rivojlanayotgan odamlar sifatida o’rganiladi.






1Charles Zastrow. Introduction to Social work and social welfare. Empowering People. George Williams College of Aurora University. Printed in Canada: Brooks/Cole, Cengage Learning, 2010. – Р.50.

  1. Xodimlar mijozlarning umidlari, ishonchlari va qadriyatlarini yuqori darajada tutib turishlari lozim. Individlar, oilalar va jamoalar qayta tiklanish qobiliyatiga ega. Mijozlar o’zlariga ishonishlari kerak, ijtimoiy xodimlar esa faoliyatning mijozlar umidlari va orzularini amalga oshirishlari imkoniyatlariga asoslashlari lozim.

  2. Eng maqbul usul mijozlar bilan o’zaro hamkorlikda ishlashdir. Ijtimoiy xodim ekspert yoki professional sifatida emas, mijozning hammuallifi yoki maslahatchisi sifatida o’rganilganda eng samarali faoliyat olib borgan hisoblanadi. O’zaro hamkorlikdagi qarash ishni nisbatan barqaror qiladi.

  3. Har qanday muhit manbalarga boy. Har qanday muhitda ham individlar, guruhlar uyushmalar va muassasalar ularga juda muhtoj bo’lgan manbalarga ega bo’ladilar. Kuchli tomonlar istiqboli mazkur manbalarni aniqlashga va ularni jamiyatdagi alohida shaxslar, oilalar va guruhlar uchun ochib berishga intiladi. Kuchli tomonlar istiqboli guruhlar, oilalar, tashkilotlar va jamoalarning alohida shaxslari muammolar va qiyinchiliklarga ega ekanligini tan oladi. Kuchli tomonlar nazariyasining asosiy afzalliklaridan biri, u manbalar va faollarga muhtoj odamlar, guruhlar, jamoalarning muammolarini hal etishga e‘tibor qaratadilar.

Kuchli tomonlar amaliyoti va imkoniyatlarga ega bo„lish quyidagilarga sabab bo„ladi:

  • ajralmas kuchli tomonlarga asoslanishdan ko’ra ko’proq ularni baholaydi;

  • insonlarning shaxsga oid kuchli tomonlarini uning o’zgarishi va o’z

manbalarini faollashtirishi uchun yo’naltiradi;

  • mijozning atrofida mavjud bo’lgan ijobiy bloklarni rivojlanish va o’zgarish asoslari sifatida tadqiq qiladi;

  • mijozga o’zi tushib qolgan vaziyatda unga yordam berishi yoki bermasligi to’g’risida fikr yuritishi mumkin bo’lgan ekspert rolini taqdim qilgan holda mijoz va ijtimoiy xodim o’rtasidagi to’siqni kamaytirish imkonini beradi;

  • ijtimoiy xodimga hamkor yoki gid rolini taqdim qilgan holda mijoz va ijtimoiy xodim o’rtasidagi to’siqni kamaytirish imkonini beradi;

  • mijozlarning o’zlari qo’llaydigan va ular uchun o’zgarish imkoniyati mavjud emasligini alohida ta‘kidlovchi stigmatsiyalangan til yoki terminologiyani qo’llashdan qochadi.

Manbalar bilan ta‘minlanganlik (vakillik) ijtimoiy xodimga emas, mijozga yo’naltiriladi, ijtimoiy to’siq sifatidagi stratifikatsiya va tengsizlikka e‘tibor qaratadi, muammolarning paydo bo’lishi insonning shaxsiy kamchiliklari bilan bog’liq ekanligini inkor qiladi. Bu insonning shaxs ichidagi, shaxslararo va siyosiy kuchini oshirish jarayonidir.
Manbalar bilan ta‘minlanganlik – bu individuumlar yoki guruhlar hukmronlik, moliyaviy-moddiy manbalarga erishish va shaxsiy hayotlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’luvchi jarayondir. Mazkur jarayonda odamlar eng oliy shaxsiy va jamoaviy intilishlar va g’oyalarga erishish qobiliyatiga ega bo’ladilar.
Hukmronlikka erishish uchun ulkan imkoniyatga o’z-o’ziga yordam berish tadbirlari kiradi. Mazkur nuqtai nazar professionallar bilan faoliyat olib borishni emas, balki shu kabi muammolari bo’lgan yoki mavjud boshqalarning tajribasini o’zlashtirishni nazarda tutadi. Masalan, yolg’iz onalar yoki otalarning o’z-o’ziga yordam berish guruhlari, o’tmishda giyohvandlikka ruju qo’yganlar, alohida ehtiyojlari mavjud bo’lganlar guruhlari.
Shuningdek, imkoniyatlarga ega bo’lish – bu ―xizmatlariste‘molchisi – professional‖ munosabatlarini tahlil qilishni talab etuvchi tushunchadir. Ushbu o’zaro munosabatlarni xizmatlardan foydalanuvchilar fuqarolar va sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta‘minot bilan shug’ullanuvchi siyosiy institutlar va tashkilotlarni qamrab olgan ijtimoiy institutlar o’rtasidagi munosabatlarda muvozanat o’rnatgan holda tenglikka (xizmatlardan foydalanuvchiga ham, professionalga ham huquq bergan holda) asoslangan holda qayta qurish lozim. Umuman olganda, hukmronlik taqdim qilish asosiy shaxsga oid munosabatlardagi kabi, odamlar va ijtimoiy hamda siyosiy tuzilmalar o’rtasidagi munosabatlarda ham o’zgarishlar mavjud bo’lishini taqozo qiladi.


  1. Download 111,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish