Mavzu. Ijtimoiy ishning nazariy asoslari



Download 111,5 Kb.
bet3/6
Sana13.07.2022
Hajmi111,5 Kb.
#793504
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu. Ijtimoiy ishning nazariy asoslari

Ijtimoiy ishda ekologik yondashuvni tizimli tahlili. Ijtimoiy ishda 60- yillardan boshlab asosan inson xulqini baholashda tizimli yondashuv qo’llanila boshladi. Ijtimoiy xodimlar alohida shaxslar, guruhlar, tashkilotlar va jamoalar bilan ish olib borish jarayonida tizimli yondashuvlarni o’rganadilar. Tizimlar nazariyasi va mijoz muammolari mijozning hayotiy vaziyatlarining barcha tomonlarini baholash nuqtai nazaridan o’rganiluvchi tizimli tahlil asosiy qoida hisoblanadi. Tizimlar umumiy nazariyasining asosiy g’oyalari bir butunlik, munosabatlar va gomeostaz hisoblanadi.

Bir butunlik tushunchasi ob‘ektlarning (elementlar majmui) tizim ichida muayyan prinsiplar bilan tashkillashtirilish xususiyatini anglatadi1.
Munosabatlar bu odamlarning yoki ularning uyushmalarining o’zaro
munosabatlari yoki ular harakatlarining o’ziga xos yo’naltirilganligi.
Gomeostaz” tushunchasi o’z-o’zini tartibga solish, ochiq tizimning o’z ichki holatining doimiyligini dinamik barqarorlikni tutib turishga yo’naltirilgan muvofiqlashtirilgan reaksiyalar vositasida saqlash qobiliyatini anglatadi. Tizimning o’z-o’zini qayta tiklashga intilishi, yo’qotilgan muvozanatni qayta tiklash, tashqi muhit qarshiligini engib o’tish masalalari tushuniladi.
Tizimlar nazariyasida ta‘kidlanishicha, tizim to’g’ri anglanishi yoki uni alohida tarkibiy qismlar yoki bo’laklarga bo’linishi bilan to’liq tushunarli bo’lishi mumkin (masalan, markaziy asab tizimi agar faqatgina qismlarni kuzatish jarayonida sodir bo’lmasligi mumkin bo’lgan tafakkur jarayonlarini bajarish imkoniyatiga ega).
Tizim nazariyasi soddalashtirilgan sababiy-oqibat izohlariga qarshi turadi. Masalan, bola xulqi quyidagilarning oqibati bo’la oladimi: ota-onalarning o’z g’azablarini nazorat qilish ko’nikmasi, bola va ota-ona o’rtasidagi munosabatlar, ota-onalar o’rtasidagi munosabatlar, psixologik zo’riqish darajasi, shuningdek, ota- onalarning o’z g’azablarini ifodalashning ijtimoiy maqbul usullari uchun imkoniyatlar. Ijtimoiy tizimlar nazariyasi qoidalariga asoslangan holda ijtimoiy
1Charles Zastrow. Introduction to Social work and social welfare. Empowering People. George Williams College of Aurora University. Printed in Canada: Brooks/Cole, Cengage Learning, 2010. – Р.48.
xodim, mijozning ijtimoiy muhiti omillarini namoyon qiladi, ijtimoiy o’zaro munosabatlarning mavjudligini hamda mijozning turli omillarga ta‘sir ko’rsatishini qayd qiladi. Mijoz uchun nomaqbul holatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan ijtimoiy muhit bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlarning ―oldini olgan‖ holda mijozning belgilangan maqsadga erishishiga yordam beradi1.
Gomeostaz konsepsiyasi tirik tizimlarning ko’pchiligi tizimni qo’llab- quvvatlash va saqlab qolish uchun muvozanatni izlaydi. Oilalar odatda xulqiy muvozanat yoki barqarorlikni yaratadi va ularning barqarorligi darajasini belgilab beruvchi qandaydir o’zgarishlarga qarshi turadi.
Nomuvozanatlik holatining vujudga kelishi oilaning gomeostatik qayta tiklanishiga ta‘sir ko’rsatadi. Agar oilada bitta bola bilan yomon munosabatda bo’lsalar, u holda bu kabi munosabat mazkur oilaning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi (agar bu bola oiladan ajratilsa, u holda ikkinchi bola ham shuningdek yomon munosabatga duch kelishi mumkin). Yoki oila a‘zolaridan biri maslahatlar natijasida xulqi yaxshilansa, u holda bu yaxshilik odatda oiladagi muvozanatni buzadi. Natijada, oilaning boshqa a‘zolari ham oila a‘zosining tuzatilgan xulqiga moslashish uchun o’zlari ham o’zgarishlari lozim2.
Ekologik modelning o„ziga xos xususiyatlari. Ijtimoiy ishdagi mazkur nazariya odamlar va ularning atrof muhiti o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini va moslashish munosabatlarini alohida ta‘kidlab o’tadi.
U insonning ijtimoiy muhitini institutlar, ijtimoiy qarashlar va oilaviy dinamika odamlarning imkoniyatlarini va farovonligiga imkoniyat yaratiladi yoki ushbu imkoniyat darajasi pasayib ketishini ko’rsatib berishi mumkin bo’lgan konsentrik doiralar to’plami sifatida o’rganadi. Odamlar uy mikrotizimida, maktab, tuman va klublar va uyushmalar kabi boshqa mahalliy uyushmalar mezotizimida rivojlanadi va inson hayotiga ta‘sir ko’rsatuvchi nisbatan ko’zdan yiroq bo’lgan, biroq qudratli institutlar va o’rnashib qolgan an‘analar makrotizimi orqali ifodalanadi.



1 Теория и методика социальной работы: учебник / И.В.Тумайкин и др. – Ростов н/Д: Феникс, 2018. – С 87. 2Charles Zastrow. Introduction to Social work and social welfare. Empowering People. George Williams College of Aurora University. Printed in Canada: Brooks/Cole, Cengage Learning, 2010. – Р.49.
Bola uchun bu kabi institutlar sifatida ota-onasining ish joyi (va ularning maoshi va mehnat sharoitlari), yoshlar klublari yoki kundalik narsalar, masalan, ijtimoiy transportning mahalliy tizimi namoyon bo’lishi mumkin. Yosh, balog’atga yetgan inson uchun bu ishga joylashtirish yoki professional ta‘limga tegishli ma‘lumotlarni yetkazib berish kabi bo’lishi mumkin. Nogironligi bor har bir inson uchun bu mahalliy ish beruvchilarning yo’riqnomalari yoki ishga joylashtirishdagi yordami yoki professional tayyorlash sharoitlari bo’lishi mumkin.
Makrotizim (ekotizim) mavjud – jamiyat madaniy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va diniy kontekstni qamrab oluvchi keng ko’lamli maydon mavjud. U kundalik hayotda har doim ham sezilmaydigan, biroq odamlarning hayotiga ulkan ta‘sir ko’rsatuvchi ijtimoiy qarashlar va qadriyatlarni qamrab oladi. Masalan, bizning jins, keksalar, jinoyat, jazo to’g’risidagi ustuvor obrazlarimiz va fikrlarimiz makrotizimdan kelib chiqadi.
Ekologik yondashuv ijtimoiy xodimlarga inson, oila yoki mahalliy uyushma muammolari va ehtiyojlarini anglashda ko’ra bilish mumkin bo’lmagan qator omillarni yoritishga imkoniyat yaratadi. Ushbu omillar bola parvarish qilish va ishga joylashtirish imkoniyatlari kabi daromad va aniq manbalarni, shuningdek, sog’liqni saqlash, ta‘lim va turar joylarni eng yaxshi tarzda muvofiqlashtirilgan xizmatlarni ham qamrab oladi. Shuningdek, faqatgina mahalliy istiqomat qiluvchilar va tuman tashkilotlari imkoniyatlari yaxshilangan ijtimoiy tuzilma yordamida erishish mumkin bo’lgan o’zgarishlarni ko’rsatib beradi.
―Hayot modeli‖ toifasi ijtimoiy ishda ekologik tizim nazariyasining bazaviy tushunchasi hisoblanadi. Hayot modeli odamlarni o’z munosabatlarida turmush sharoitlarning ko’p turliligiga doimiy ravishda moslashuvchi hayot faoliyati sub‘ekti sifatida o’rganadi, hayotiy tizimlar (odamlar, ularning uyushmalari) jamiyat bilan yaxshi munosabatni qo’llab-quvvatlashga intilishlari lozim. Mazkur jihatdan ijtimoiy ishning asosiy maqsadi odamlarning moslashish qobiliyatlarini kuchaytirish, shuningdek, ularning atrofidagilarga ta‘sir ko’rsatishdan iborat.
Tizimli ekologik yondashuvlar keng ko’lamda ijtimoiy ta‘minot va aholini qo’llab- quvvatlash tizimi faoliyatini tashkillashtirishda namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy ish tajribasida ekotizimli model. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, mazkur modellar ijtimoiy xodimlarga odamlarning jamiyat bilan aloqalarini anglash va baholash usullarini taklif qiluvchi metanazariyalarga tegishli. Mazkur nazariyalar yuqorida ko’rib chiqilganidek, muammolarni aniq ta‘riflash va uni hal etishni taklif etadi. Ijtimoiy xodimlar oila, jamoa, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy omillar mijozning vaziyatiga ta‘sir ko’rsatishi mumkinligiga e‘tibor qaratishlari mumkin. Mazkur nazariyalarning prinsiplari barcha tizimlar muvozanatlashtirilgan bo’lishi lozim, ular chegaralarga ega, subtizimlardan iborat, bir butun barcha qismlarning oddiy yig’indisidan ko’proq, barcha tizimlar teskari aloqani yaratadilar.
Modellarning taxminlari: odamlarning barchasi ko’p tizimlarning bir qismi sifatida harakatlanadi – ular tizimlar ta‘siri ostida bo’ladi va ularga ta‘sir ko’rsatadi, bitta tizimning o’zgarishi boshqasining o’zgarishiga olib keladi, ijtimoiy xodimning roli – tizimlar va inson o’rtasidagi aloqani mustahkamlashdan iborat.
Ish bosqichlari:

  1. Tizimli tahlil – ko’plik tizimlarni tan olish, ko’plik darajalarni tan olish, har bir tizim boshqasi bilan o’zaro munosabatga kirishadi;

  2. Aralashuv – ijtimoiy xodim mijozning vaziyatiga ta‘sir ko’rsatuvchi turli tizimlarni o’zgartirish maqsadidagi imkoniyatlar va cheklovlar haqida startegik jihatdan fikrlashi, tizimlarning har biriga aralashuv imkoniyatlari darajasini anglashi lozim1.

Ekologik model yashab qolish modelini yaxshilashga intiladi, chunki, yaxshilashga individ, uning atrof muhiti ehtiyojlarini qondirish vositasida erishish mumkin. Ekologik modelda muhim urg’u odamlar ko’plab tizimlar bilan o’zaro munosabatlarga kirishuvchi ―muhitdagi inson‖ formulasiga beriladi. Mazkur konsepsiya yordamida ijtimoiy ish uchta alohida sohalarga e‘tibor qaratishi lozim. Birinchidan, insonga e‘tibor qaratish, uning muammolarini hal etishga intilish, qiyinchiliklarni yengib o’tish va rivojlanish imkoniyatlariga qaratiladi.



1 Ганиева М.Х. Введение в социальную работу. – Ташкент, 2010.
Ikkinchidan, o’zaro munosabatga kirishuvchi inson va tizim o’rtasidagi munosabatlarga, insonning zarur manbalar bilan aloqasi, xizmatlar va imkoniyatlarga urg’u berilgan. Uchinchidan, tizimni inson ehtiyojlarini qondirish uchun samarali ravishda isloh qilishga intilish.
Ekologik model bir hayotiy bosqichdan boshqasiga o’tish davrida o’tish muammolari va ehtiyojlariga ega bo’lgan odamlarga, oilaga, kichik guruhlarga yo’naltirilgan1.

Download 111,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish