4. Anion-qaytaruvchilar borligini tekshirish.
Tekshirilayotgan eritmaning 5-6 tomchisiga H2SO4 ning 1N eritmasidan 2 tomchi qo’shiladi. So’ng KMnO4 ning suyultirilgan eritmasidan 2-3 tomchi qo’shiladi. Agar kaliy permanganat eritmasi rangsizlansa, tekshirilayotgan eritmada anion-qaytaruvchilar - CO32- NO2-, I- (HCl- am) bo’lishi mumkin.
Gazlar ajralishini sinab ko’rish.
Tekshirilayotgan eritmaning 3-4 tomchisiga H2SO4 ning 4N eritmasidan 3 tomchi qo’shilib, probirka sekin chayqatiladi. Gazlar ajralishi sezilarli bo’lmasa, eritma ohista isitiladi. Gaz pufakchalarining ajralishi eritmada CO32-, SO32-, S2-, NO2- anionlari bo’lishi mumkinligini bildiradi. CO2, SO2, H2S, NO2 gazlarining xossalari (hidi, rangi)ga qarab, ularning mumkin bo’lgan tarkibini aniqlanadi.
Shunday qilib, dastlabki sinovlar asosida, tekshirilayotgan eritma tarkibida qanday anionlar bo’lishi mumkinligi to’g’risida xulosa chiqariladi. Shundan keyingina ayrim anionlarni tekshirilayotgan eritmadan topishga kirishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |