Mavzu: I, II vа III guruh аniоnlаri аrаlаshmаsining аnаlizi
Ishqoriy metallarning tuzlaridan tashkil topgan, tekshirilayotgan eritmadan 30-tomchi (1,5 ml) olib, analiz qilinadi. Eritmaning qolgan qismi tekshirishning oxirigacha va ish natijalarini topshirguncha saqlanadi.
I. Dastlabki sinovlar: Eritmani muhiti universal indikator qog`ozi bilan o’lchab ko’riladi.
1. Birinchi guruh anionlari borligini tekshirish
Eritmaning muhiti kislotali bo’lsa, bu Ba(OH)2 eritmasi bilan neytrallanib, p=7-9 ga yetkaziladi. Neytral yoki kuchsiz ishqoriy eritmadan 4-5 tomchi olib, shuncha hajmda bariy xlorid eritmasi qo’shiladi. Cho’kma hosil bo’lishi birinchi guruh anionlari borligini ko’rsatadi. Bunday holda birinchi guruhning har bir anioni uchun xususiy reaksiyalar qilib ko’riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |