Mavzu: I, II vа III guruh аniоnlаri аrаlаshmаsining аnаlizi


Quruq modda tarkibidagi anionlarni topish



Download 21,3 Kb.
bet9/9
Sana02.01.2022
Hajmi21,3 Kb.
#307245
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 chi seminar

Quruq modda tarkibidagi anionlarni topish

Quruq modda eritmasidan kationlarni topish jarayonida yo`l-yo`lakay u yoki bu anionlarning bor-yo`qligi to’g`risida ma`lumotga ega bo’lish mumkin. Quruq modda suyultirilgan xlorid yoki nitrat kislotada eritilgan bo’lsa, va bu eritmadan Ba2+, Sr2+, yoki Pb2+ kationlari aniqlangan bo’lsa, o’z-o’zidan ravshanki, tekshirilayotgan eritmada SO42- anionlari bo’lmaydi. Neytral yoki ishoriy muhitli eritmadan Ba2+ kationlari topilgan bo’lsa, ishonch bilan tekshirilayotgan eritmada I guruh anionlarining hammasi yo`q deb aytish mumkin bo’ladi. Cho’kmasi bo’lmagan eritmadan Ag+ kationlari topilsa, II guruh anionlari yo`qligini ko’rsatadi. CO32-, S2-, SO32- va S2O32- anionlari borligi kationlarni analiz qilish yo`lida eritmani kislotali muhitga keltirishda gazlar (CO2, H2S, SO2) ajralib chiqishga qarab topilishi mumkin.

Tekshirilayotgan quruq modda eritmasida ayrim ani­onlarning bor-yo`qligi haqida xulosa chiqarilgandan, unda bo’lishi ehtimoli tutilgan anionlarni topishga o’tiladi.

Anionlarni topish uchun quruq moddani maxsus tayyorlab olish lozim. Anionlarni faqat eritmada K+, Na+ va NH4+ kationlari ishtirokidagina oson aniqlash mumkin. Boshqa kationlar, ya`ni «og`ir metallar»ning kationlari - II-VI guruh kationlari anion­larni aniqlashga xalaqit beradi. Eritmada bu kationlarning ba`zilarini rangli bo’lishi, oksidlash-qaytarish xossalari borligi, bir qator anionlar bilan birikib, cho’kma berishga qobil ekanligi anionlarni topishga xalaqit beradi. Shuning uchun «og`ir metallar»ning kationlarini yo`qotish va hamma tuzlarni natriy tuzlariga aylantirish maqsadida tekshirilayotgan modda natriy karbonat Na2CO3 eritmasi qo’shib qaynatiladi. Bunda II-VI — guruh kationlari karbonatlar yoki gidroksidlar holida cho’kadi:

BaSO3 + Na2CO3 = BaSO3↓ + Na2SO3

AlHCl3 + 3Na2CO3 + 32O = 2Al(O)3↓+ 6NaHCl + 3CO2

Taxminan 0,1g quruq modda tigelda 0,4g kimyoviy toza suvsiz natriy karbonat Na2CO3 bilan aralashtiriladi, ustiga 50-60 tomchi distillangan suv qo’shiladi, aralashma 5 minut davomida (bug`langan suvni o’rnini to’ldirib turish uchun suv o’shib turgan holda) qaynatiladi.



Tigeldagi bo’lgan aralashma konussimon probirkaga o’tkaziladi, sentrifugalanib, cho’kmasi ajratiladi. Olingan eritma «sodali so’rim» nomi bilan atalib uning tarkibidagi I-III guruh anionlari laboratoriya ishi №6 ko’rsatilgan tartibda topiladi. Analiz qilishdan oddin «sodali so’rim» natriy karbonatning ortiqchasini yo`qotish maqsadida sirka kislota bi­lan neytrallanadi. Bu ishni juda ehtiyotlik bilan bajarish lozim, kislotadan ko’proq qo’shilsa S2-, NO2- va ba`zi bir anionlarni yo`qotib yuborish mumkin. Shuni e`tiborga olish kerakki, CO32- anioni so’rim tayyorlashda eritmaga kirib oladi. Shu sababli CO32- anioni quruq moddaning ozgina ulushidan xlorid kislota ta`sir ettirib topiladi.

Quruq modda eritmasi tarkibidagi kationlar va anionlar aniqlanib bo’lgach, tekshirilayotgan namunani-tuz tarkibi to’g`risida xulosa chiqariladi. Masalan, Agar Na+, K+, NH4+ kationlari va NO3- anioni topilgan bo’lsa, namuna kaliyli, natriyli va ammoniy nitratlari aralashmasidan iborat bo’ladi. Bordiyu, K+ kationi, shuningdek SO42- va NO3- anionlari topilgan bo’lsa, unda uru modda ikki tuz – K2SO4 va KNO3 aralashmasi bo’lib chiqadi va hokazo.
Download 21,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish