Mavzu: Hujjatlar manba sifatida.
REJA:
Kirish.
I. Asosiy qism.
1.1. Yozma manbalarni tavsif usuli va ularni talabalarga tushuntirish.
1.2. Kodikologik ma’lumotlar.
1.3. Asar muallifi va uning davri.
1.4. Hujjatlar manba sifatida
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
KIRISH.
XIX asr oxirida paydo bilgan Yevropa mamlakatlaridagi kataloglar ichida ingliz olimi Ch.Ryoning kip tomlik arab, fors va turkiy tillardagi kataloglaridagi yozma manbani tavsiflash prinsipi uzining mukammalligi va puxta uylanganligi bilan aloshida ajralib turadi. Kuyida til prinsipi asosidagi Ch.Ryoning «Britaniya muzeyidagi turkiy kulyozmalar» (London, 1888, ingliz tilida) (Ñataloguc of the Turkish Manuscripts in the British Museum by Rieu Charles.-London: 1888. 432 p.). katalogidagi manba tavsifi prinsipini keltiramiz. Unda yozma manbaning muzeydagi tartib rakami birinchi bulib sarlavxa urnida berilib, sungra kulezmaning kodikologik xususiyatlari, varaklar soni, ulchami, saxifadagi satrlar soni, satr uzunligi, xati, ziynatlari aloxida, ixcham tarzda berilgan. Sungra asar nomi asl nusxada, ya’ni arab alifbosida va uning tarjimasi ajratilib berilgan. Sungra muallif nomi va asarning boshlanishi va oxiridagi jumlalar aslida, arab alifbosida keltirilgan. Ana undan keyin muallif tugrisidagi va asar tarkibi, mazmuni bayon etilib, tavsif oxirida asar tarixnavisligi ya’ni urganilishi tugrisidagi ma’lumotlar berilgan.
O`zbek xalqining tarixi juda boy va qadimiydir. Birgina O`zbekiston Respublikasi FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqsunoslik instituti xazinasida o`n sakkiz ming jildagi qo`lyozmalarida qirq mingdan ziyod nomdagi asarlar, 3000 vaqf hujjatlari, o`ttiz mingdan ortiq toshbosma kitob saqlanmoqda. Lekin deyarli uch ming yillik davr tarixi ma`lum darajada o`rganilgan bo`lsada, aksariyat manbalar hali o`zini tadqiqotini kutmoqda. Nazarimizda, yosh avlodga imkoni boricha ertaroq ota-bobolarining boy va serqirra yozma merosi haqida to`la tasavvur berilsa, ularga nisbatan hurmat va e`tibor ruhida tarbiyalansa, ularning o`zligini anglashi, yurt va vatan, xalq tarixi to`g`risidagi mukammal bilimga ega bo`lishi ta`minlanar edi.
Tarixni manbalarga tayanib o`rganish fanda ilgaridan mavjud an`ana bo`lsa - da, lekin har bir davrda unga o`ziga xos talablar qo`yilgan. O`zbekistonda mustaqillik yillarida manbalarni o`rganishning dolzarb vazifaga aylanishi bevosita milliy davlatchilik masalalari bilan bog`liq va shu asosda tariximizni yangicha tadqiq etishga kirishdik.
Mustaqillik yillarida O`zbekiston tarixini o`rganishga qaratilgan alohida e`tibor birinchi navbatda, tarixiy manbashunoslik sohasida jiddiy o`zgarishlarga sabab bo`ldi; manbalarni o`rganishga yangicha yondashuv, yangi talablar va vazifalar kun tartibiga qo`yildi. Ushbu asosda tarixiy manbashunoslik sohasida ilmiy tadqiqotlar va o`quv –uslubiy tizimlarida ham mavjud standartlarni qayta ko`rib chiqish ehtiyoji yuzaga keldi.
Bugunda manbashunoslik fanining ish doirasi yanada kengaymoqda. Bu soha bo`yicha turli manbalar – moddiy, etnografik, arxeologik va yozma yodgorliklarni qidirib topish, ulardan foydalanish nazariyasi va amaliyoti ustida qizg`n tadqiqotlar olib borilmoqda. ”Xalqimizning asrlar sinovida yanada kuchayib, toblanib borgan mustahkam irodasi, iymon-e`tiqodi nafaqat qadimiy ma`naviyatimiz balki milliy o`zligimizni saqlab qolishga asos bo`ldi”1.
Do'stlaringiz bilan baham: |