Mavzu: Hujayra va to'qima. Moddalar va energiya almashinuvi. Endokrin tizim. Reja



Download 181,23 Kb.
bet54/62
Sana07.04.2022
Hajmi181,23 Kb.
#533306
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   62
Bog'liq
resurs

Asotatlari: Qon oqishi, jarohatlangan organlar funksiyasi buzilishi, peritonit, pnevmotoraks, shok, hushdan ketish va terminal holatlarga bog’liq bo’ladi. Jarohatlanishda qon oqishi va jarohatga infeksiya tushishi katta xavf tug'diradi. Chuqur jarohatlar ko'p qon oqishi bilan kechib, kamqonlikka sabab bo'ladi.

Mavzu: Kuyish. Sovuq urishi. Elektr tokidan shikastlanish.

REJ A:


  1. Kuyish, sabablari, tasnifi, darajalari, belgilari va birinchi tibbiy yordam ko'rsatish.



  1. Sovuq urishi, sabablari, darajalari, klinik belgilari. Sovuq urishida tibbiy yordam ko'rsatish.

3. Elektrotravma, sabablari, klinik belgilari, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish Kuyish

Kuyish (compustio) termik, kimyoviy, elektrik yoki nur energiyasining ta'sirida vujudga keladigan shikastlanishdir. Termik kuyish boshqa kuyishlarga qaraganda ko'proq uchraydi. To'qimaning 52 C dan ortiq qizishi oqsillarni qaytarib bo’lmas koagulyasiyaga uchratadi. Kuyish issiqlik nuri, qizigan havo, to'g'ridan-to'g'ri issiq narsalarga tegish yoki alanga ta'sirida vujudga keladi. Ko'pincha oyoq kuyishdan shikasti topadi (47%). Kalla, qo’l va tananing boshqa qismlari bir XIL zararlanadi. Kuyish tasnifi. Kuyish chuqurligini aniqlashda, uning darajasiga ahamiyat beriladi.

1960 yil xirurglar anjumanida 4 darajali tasnif taklif qilindi:




  1. - darajali-yuzaki epidermal kuyish.

  2. - darajali-teri yuqori qavatining kuyishi



  1. - darajali - ba'zi joylardagi kuyish terining butun qavatini, ba'zi joylar esa yuqori qavatini egallaydi.

4 - darajali -chuqur to’qimalarning, ya'ni pay suyak, mushaklarning kuyishi.


1-2 darajali kuyish yuzaki, 3 VA 4 darajali kuyish esa chuqur kuyishga kiradi. Kuyish sathini aniqlashning har xil usullari bor zararlangan teri sathini aniqlash uchun A. Uolies taklif qilgan 9 qoidasi ko'proq ishlatiladi: kalla va bo'yin-9%, qo'1-9%, oyoq-18%, tana oldingi qismi-18%, orqa qismi-18%, oraliq sathi-1%. Shuningdek kaft qoidasi bor. Kishining kafti yuza tanasining 1 % maydonini tashkil qiladi. Kishi tanasining umumiy sathi 16000 sm 2 ga tengdir.

Kuyishning klinikasi. Mahalliy va umumiy belgilar farq qilinadi. Каttа bo'lmagan kuyishda umumiy belgilar uncha ahamiyatli bo'lmasa, keng maydon zararlarganda esa kuyish kasalligi kelib chiqadi. Mahalliy belgilar kuyish darajasiga bog’liq bo'ladi. Kuyishning zararlanish chuqurligiga qarab 4 darajasi bor;

1 darajali kuyish yallig’lanish bilan kechadi. Yuqori harorat ta’sir qilgan joy kuchli qizaradi va shishadi. Kuchli og'riq paydo bo'ladi. Bir necha kundan so'ng bu belgilar yo’qolib, teri qo'ng’ir rang oladi. 1 darajali kuyishga quyoshdan kuyish misol bo’la oladi.


  1. Ikkinchi darajali kuyishda yallig'lanish kuchli bo'ladi, kapillyarlar kengayadi, shish kattalashadi. Terining epidermal qavati zararlanadi, pufakcha hosil qiladi.

Pufakchaning ichi tiniq seroz suyuqlik bilan to’lgan bo'ladi. Og’riq 3-4 kun davom

etadi. Bu kuyish chandiqsiz bitadi va qaynoq suv yoki bug' ta'sirida yuzaga keladi.

3 a -darajali kuyishda nafaqat teri balki uning chuqur qavatlari ham zararlanadi. Pufakchalar paydo bo’ladi, ular rangsiz. qoraroq va timqora bo'ladi

3b- darajali kuyishda so’rg’ich qavat, teri osti yog' kletchatkasi zararlanadi.

4- darajali kuyishda esa chuqur to'qimalar, suyaklar zararlanadi. To'qimalar qora ko'mirga aylanadi va amputasiyani talab qiladi. Kuyishda birinchi yordam ko'rsatish.

1.Shikastlangan kishiga yuqori harorat ta'sir qilishini to'xtatish zarur: yonayotgan kiyim-boshni o’chirish, shikastlangan kishini yuqori harorat zonasidan chiqarish, tana yuzasidan tutib, tutab turgan va qizigan kiyimlarni yechib tashlash kerak.


  1. Alanga olgan kiyimni suv sepib yoki biror qalin matoga o’rab o’chiriladi.

  2. Kiyimlarni tez yechish uchun qirqish mumkin

  3. Teri qoplamalariga zarar yetkazmaslik uchun qo’pol harakat qilmaslik lozim.

  4. Kuygan yuza tez vaqt ichida bog'lam qo’yib bekitilishi zarur.

Kuygan yuzani hech narsa bilan yuvmaslik, unga qo'l tekkizimaslik, pufakchalarni sitmaslik, yopishgan kiyim parchalarini ko’chirmaslik, biror yog' surtmaslik, poroshok sepmaslik zarur va bemor tezlik bilan kasalxonaga yetkazilishi lozim.




Download 181,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish