Paylar cho’zilishi. Ko'pincha boldir-tovon bo’g'imlarining paylari cho’zilishi sport bilan shug'ullanuvchilarda ko'p uchraydi.Oyoq qayrilib yiqilganda uchraydi. Paylar cho’zilganda bo’g'im sohasida og'riq, oqsab yurish, oyoqni bosganda og’riqning kuchayishi kuzatilib, ikkinchi kunlari shish, og'riq kuchayadi. Pay cho’zilishi tizza bo’g'imlarida ham uchraydi, lekin kam uchraydi. Boldir-tovon bo'g'imlarining paylari cho’zilishi odat bo'lib qolishi mumkin.
Birinchi yordam. Bemorga osoyishta sharoit yaratish kerak. Pay cho’zilgan sohaga sovuq kompress qo'yish, qattiq qilib bog'lash kerak. O'sha soha qo'l ostida bo'ladigan shinabop narsalar bilan shinalanadi.Odat bo'lib qolishini oldini olish uchun tezda kasalxonaga yotqizish kerak.
Suyaklar chiqishi. Bir yoki bir qancha suyaklarning bo’g'imlardagi normal holatidan surilishi suyak chiqishi deb ataladi. Shu bilan birga bir suyakning bo'gim sathi ikkinchi suyakning bo’g'im sathidan surilib ketadi va bo’g’im xaltachasining yurilgan joyidan chiqib ketadi.
Suyaklar to’la va qisman chiqishi mumkin. Agar surilish natijasida bo’g’im yuzalari bir-biriga tegmay qolsa, to’la suyaklar chiqishi deyiladi. Agar, surilish natijasida bo'gim yuzalari bir-biriga qisman tegib tursa, to'la bo'lmagan qisman suyaklar chiqishi deyiladi.
Suyaklar chiqishi sabablariga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: 1) tug'ma suyaklar chiqishi: 2) travmatik suyaklar chiqishi; 3) patologik suyaklar chiqishi: 4) odat bo'lib qolgan suyaklar chiqishi farqlanadi.
Klinik belgilari. Bemor kishi asosan bo'g'imi og'riyotgani va harakat qila olmayotganidan shikoyat qiladi, harakat qilishga urinib ko'rilganda bo'g'imdagi
og'riq kuchayadi, shishadi, chiqqan oyoq yoki qo'l uzunligi o’zgaradi. Qo'1-oyoq chiqqan bo'gimda kuchli og’riq bo'lib, uni o'z o'rniga qo'yishga harakat qilinsa, yana asl holiga keladi. Bu belgi prujinasimon fiksasiya simptomi deyiladi. Ba'zan zararlangan qo'l yok oyoq karaxt bo'lib qolishi ro’y beradi, bu holat nerv tolasi qisilishidan va chiqqan suyak bo’lagini spastik ravishda qisqargan mushaklar qimirlatmay qo’yishi natijasida kelib chiqadi. Ko'zdan kechirish paytida qo'l-oyoqning noto'gri holati va bo’g'im sohasining shakli buziladi.
Ba'zida suyakning siljigan uchi o'z joyida emasligi aniqlanadi. Masalan: yelka suyagi chiqqanda uning boshi qo'ltiq ostida yoki ko'krak mushagi ostida ekanligini ushlab aniqlash mumkin. Bemor odatda, tirsagini bukkan holda gavdasidan uzoqroq qilib turadi. Nerv qisilib qolgan bo’lsa, bemor oyoq-qo'li holsizlanganligidan shikoyat qiladi. Suyaklar chiqishini tashxisi rentgenografiya yordamida aniqlanadi, unda simmetrik bo'g'imlar solishtirilib ko’riladi.
Suyaklar chiqqanda birinchi vrachgacha yordam ko'rsatish. Suyagi chiqqan ya'ni shikastlangan oyoq yoki qo’lning bo'gim sohasiga sovuq kompress qo’yish kerak. qimirlamaydigan qilib immobilizasiya qilinadi. Qo'l ostida bo'ladigan taxta, reykalar bilan immobilizasiya qilish kerak. Qo’l suyaklari chiqqanda kosinka yordamida bo'yinga osib qo'yiladi, oyoq suyaklari chiqqanda oyoqni taxtakach yoki qo'shimcha vositalar bilan mahkamlash kerak. Og'riq kuchli bo’lganda, og’riq qoldiradigan dorilar (analgin, baralgin) ishlatish kerak. Bemor tezda davolash muassasasiga olib boriladi. Chiqqan suyak o'z o'rniga solinadi.
Teri va shilliq pardaning mexanik ta'sir natijasida butunligi buzilishiga ochiq shikastlanishlar yoki jarohatlar deyiladi.
Bunday buzilish natijasida ancha chuqur to'qimalar hatto ichki organlar ham zararlanishi mumkin.
Jarohatlar kelib chiqishi, xususiyatlariga
va
to'qimalarning
zararlanish
xarakteriga qarab quyidagicha farqlanadi:
o'q tekkan jarohatlar.
sanchilgan jarohatlar.
kesilgan jarohatlar.
chopilgan jarohatlar.
urib olingan jarohatlar.
ezilgan jarohatlar.
yirtilgan jarohaflar.
lat yegan jarohatlar
tirnalgan jarohatlar. 10. tishlangan jarohatlar.
11. zaharlangan jarohatlar.
12. aralash jarohatlar.
Yuza va chuqur jarohatlar farq qilinadi. Yuza jarohatlar teri va shilliq pardalarning shikastlanishi bilan xarakterlanadi. Chuqur jarohatlar tomirlar, nervlar, suyaklar, paylar, ichki organlarni shikastlanish bilan o'tadi.
Jarohatlar yana o'z navbatida bo’shliqqa kiradigan va bo’shliqqa kirmaydigan jarohatlarga bo'linadi.
Mikrob tushishiga qarab jarohatlar: infeksiya tushgan va infeksiya tushmagan
jarohatlarga bo'linadi.
Teri va teri osti to'qimalari shikastlansa oddiy jarohatlar deyiladi. Jarohatlar
yangi va kechikkan jarohatlarga bo’linadi. Yangi jarohat deb, shikastlanish ro'y
bergandan keyin 24 soat ichida bemorga yordam ko'rsatilishiga aytiladi. Agar bemor 24 soatdan keyin murojaat qilgan bo'lsa, u jarohat kechikkan jarohat deyiladi.
Har qanday jarohat og'riq, terining ochilib qolishi va qon oqishi bilan o’tadi
Og’riq jarohat yuzaga chiqqan zahoti kuchli bo'ladi. Og'riqning keskin kuchayishi xarakterining o’zgarishi jarohatlarda asoratlar yiringlanish, anaerob infeksiya avj olayotgankanligidan dalolat beradi.
Yara chetlarining ochilishi-yumshoq to'qimalarning qayishqoqligiga va qisqarish xususiyatlariga bog’liq. Jarohat qancha katta va chuqur bo'lsa, chetlari shuncha
ko’p ochilib qoladi. Jarohatdan qon oqishi shikastlangan tomirlarning turiga (arteriya, vena, kapillyar) arterial bosim darajasiga va jarohatning xarakteriga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |