Qon quyish usullari
Qon ikki xil usulda:
Bevosita
Bilvosita qo’yiladi.
Qonni donor venasidan to'g’ridan-to'g ri bemor venasiga quyish bevosita qon quyish deyiladi. Bu usul juda kam qo'llaniladi. Donor qonini resipient venasiga quyish bilvosita qon quyish deyiladi. Bunda donordon olingan qonni ivishga to’sqinlik qiladigun eritmali idishdan olib ma'lum vaqtdan so’ng resipentga quyish bilvosita qon quyish deyiladi.
Qonni arteriyaga, venaga, suyak ko'migiga quyish mumkin.
Ba'zi bir kasalliklarda butun qon o'rniga uning ayrim komponentlari: plazmasi, zardobi,
erirositlari, leykositar va trombositar massasini quyish mumkin.
Plazma qonni 4º da 48 soat tindirib olinadi. Hozirgi vaqtda plazma o'rnini bosadigan sintetik kolloid eritmalardan poliglyukin ko'p ishlatiladi. Poliglyukin organizmdan uzoq vaqtgacha chiqib ketmaydi. Shok, qon yo’qotish, kuyish va boshqa holatlarda poliglyukin ishlatiladi.
Polivinil pirralidon yuqori molekulyar sintetik kolloid eritmadir. U toksinlarni
adsorbsiya
qiladi.
Zardob ivigan yoki fibrinsizlangan qonning suyuq qismi. Plazma va zardob tarkibida oqsil
moddalar, antitelalar va garmonlar bo'ladi. Ular suyuq (nativ plazma va zardob) va quyuq holda chiqariladi.
Har xil shok holatlarida, qon to’xtatish maqsadida qon quyilganda, organizm oqsil yo’qotganda plazma yoki zardob quyiladi.
Eritrositar massa 80-90% eritrosit bilan 20% plazmadan iborat bo'lib, tayyor ampulalarda chiqariladi.
Leykositar massa, organizmda leykositar kamayganda, nurdan zararlanganda, shuningdek jarohatning bitishini tezlatish maqsadida venalarga quyiladi. Trombositar massa suyuq va quruq holda chiqariladi. Qonning ivish xossasi buzilganda qonni to'xtatish (gemostaz) maqsadida venaga quyiladi.
Qon o'rnida ishlatiladigan suyuqliklarga har xil eritmalar (albumin, protein, jelatinol), zararsizlantiruvchi eritmalar (gemodez), vena qon tomiriga yuboriladigan preparatlar (gidrolizin) kiradi. Xirurgiyada qon o'rnida tuzli eritmalar (Ringer eritmasi. ringer-LOKK eritmasi) ko'p ishlatiladi. Shokka qarshi ishlatiladigan suyuqliklar qon o'rnida keng qo'llaniladi.
Mavzu: Shikastlanishlar. Yopiq va ochiq shikastlanishlar.
REJA:
1 Shikastlanishlar, kelib chiqish sabablari, turlari.
Yopiq shikastlanishlar, sabablari, klinik belgilari, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish.
Ochiq shikastlanishlar, sabablari, klinik belgilari, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish.
Tashqi muhitning kishi organizimiga ta'siri natijasida to'qima va organlarda anatomik va funksional o'zgarishlar paydo bo'lishi shikastlanish deyiladi. Grekchada "trauma"- shikastlanish degan ma'noni anglatadi. Organizmga ta'sir qilish omiliga ko'ra shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi.
Mexanik shikastlanishlar (kuchli zarb tegishi, ezilish, cho’zilish).
Fizikaviy shikastlanishlar (issiq va sovuq ta'siri, elektr toki ta'siri, radioaktiv nurlanishlar)
Kimyoviy shikastlanishlar (kislotalar, ishqorlar ta'siri).
Ruhiy shikastlanishlar (qattiq qo’rqish, vahima qilish).
Shikastlanishlarning og'ir-yengilligi bu omillarning kuchiga va ta'sir qilish vaqtiga bog'liq. Shikastlanishlar bo'yicha quyidagi tasnif qabul qilingan.
l.Ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan shikastlanishlar. Bular o’z navbatida transport shikasti, temir yo’l, avtomobil, tramvay va hokoza, piyoda ketayotganda, sport shikasti, sport bilan shug’ullanganda, tabiiy ofatlar ta'sirida shikastlanishlar, yer qimirlash, sel kelish va hokazo, turmushda urush-janjallar oqibatida uchraydigan shikastlanishlarga bo'linadi.
2.Ishlab chiqarish bilan bogliq bo'lgan shikastlanishlar, ko'pincha sanoat korxonalarida va qishloq xo’jaligida ko'proq uchraydi.
3.Qasddan qilingan shikastlanishlar; harbiy holatlarda, o'z-o'zini o'ldirish, birovni qasddan o’ldirish va hakazo farqlanadi.
Mexanik kuchlarning ta'siriga qarab shikastlanishlar: bevosita va bilvosita shikastlanishlarga bo'linadi:
bevosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri shikastlanishlar (og'riq, qon quyilishi, shishlar)
bilvosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri bo'lmagan shikastlanishlar.
Teri va shilliq pardalarning jarohatlanishiga qarab shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi:
Ochiq va yopiq shikastlanishlar.
Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilishi bilan kechadigan shikastlanishga ochiq shikastlanish deyiladi.
Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilmaydigan shikastlanishga yopiq shikastlanish deyiladi. (lat yeyish, cho’zilish, suyaklar chiqishi, yumshoq to’qimalar ya'ni muskullar, paylar, tomirlar, nervlarning teri ostida uzilishi kiradi). Sababi: o'tmas to’mtoq predmetlar, musht, tayoq, tosh bilan urish, yiqilish.
yuqoridan tushgan narsalarning qattiq urilishi natijasida kelib chiqadi.
Yopiq shikastlanishlarga to'qimalarning lat yeyish, cho’zilishi, uzilishi, chayqalishi, qisilishi, suyaklarning chiqishi va suyaklarnning yopiq sinishi kiradi. Lat yeyish. A'zo va to'qimalarning bevosita biror to’mtoq narsa bilan urilishi natijasida teri butunligining buzilmay zararlanishi lat yeyish deyiladi. Odamga zarb tekkanda yoki biror qattiq narsa ustiga yiqilib tushganda badani lat yeydi. Klinikasi. Lat yeganda shish, qon quyilishi, og'riq va organ funksiyasining buzilishi qayd qilinadi. Avvaliga og'riq va yumshoq to’qimalarning zararlanishi yuzaga keladi. Lat yegan joy biroz shishadi qizaradi va ko'karib qoladi. Shish va qon talashlar ko'pi bilan 2-3 kunda shikastdan kcyin paydo bo'ladi. Harakat qilganda, lat yegan sohada og'riq kuchayadi, tinch turganda kamayadi. Qon talashning rangiga qarab qachon paydo bo'lganini aniqlash mumkin: birinchi kunlari gematoma sohasi qizil bo'ladi so'rilish boshlangandan so'ng yashil va sarg'ish rangga kiradi, teri ostiga quyilgan qon rangi vaqt o’tishi bilan o'zgaradi va so'rila boshlaydi. Og’ir lat yeyishdan so'ng harorat ko'tarilishi va umumiy holatning buzilishi qayd qilinadi.
Lal yeganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Shikastlangan kishiga avvalo tinch sharoit yaratish kerak.
Qon talashni kamaytirish va og'riqni qoldirish uchun lat yegan sohani yuqori ko'tarib qo'yish kerak hamda muz, sovuq kompress buyuriladi (sovuq suvga namlangan sochiq qo’yiladi), bintli bog'lam qo’yiladi. Og'riqni kamaytirish uchun analgin yoki baralgin tabletkasi ichiriladi. Gematomaning so’rilishini tezlatish uchun 2-3 kundan keyin issiq kompress, vanna, UVCH va massaj qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |