Androtsey haqida tushuncha
Gulning muhim ya’zolari changchilar va urug‘chilardir. Guldagi changchilar soni о‘simlik turlariga qarab bitgadan bir necha о‘ntagacha bо‘lishi mumkin. Masalan, tol gulida 2 ta, gulasapsarda 3 ta, dukkakdoshlarda 10 ta, ra’noguldoshlarda va gulxayridoshlarda kо‘p sonda bо‘ladi. Changchilar ipining uzunligi bilan ham farq qilishi mumkin. Karamdoshlarda 2 ta qisqa va 4 ta uzun changchilar bо‘ladi.
Androtsey
Changchilar gulda erkin yoki о‘zaro kо‘shilib, hatto boylamlar ham hosil qiladi. Ularda chang iplarining asoslari yoki changdonlari bilan qо‘shilib ketishi mumkin. Dukkakdoshlar oilasida chang iplarining odatda 9 tasi qо‘shilib bittasi erkin qoladi. Astradoshlarda ular changdonlari bilan qо‘shilib ketgan. Choyо‘tdoshlarda uch tutam yoki boylamlar hosil qiladi. Changchining asosiy vazifasi mikrosporalar va chang donachalari hosil qilib, keyinchalik erkak gametofitni shakllantirishdir. U odatda chang ipi va changdondan iborat bо‘ladi. Changdon odatda 2 bо‘lakdan iborat bо‘lib, bir – biri bilan о‘tkazuvchi boylamlarning bog‘lovchisi yordamida birikadi. Har bir bо‘lak о‘z navbatida tо‘siq bilan ajralgan 2 ta chang uyasidan, ya’ni mikrosporangiyalardan iborat.
Bargning shakil va strukturasidan ixsoslashgan gulning changchi va mevachi barglari keskin farq qiladi. Morfologik interpretaciya changchi va mevachi barglarning evolyutcion rivojlanishi xaqida hozir ham har hil fikrlar mavjud (Parkin, 1951). Bu organlar bargning gomologi degan umumiy qabul qilingan teoriya ham mavjud. Shunday fikrlar ham mavjudki changchini rivoshlanishini telom nazariyasi asosida tushuntirish mumkin yani primetiv dehotomik shoxlangan о‘qtan changchi va urug‘chi kelib chiqgan degan fikr.Bu nazariyaga asosan changchilar uchida sporangiy bо‘lgan о‘qning qisqarishi va tizimning birikishi hisobiga hosil bо‘lgan (Wilson, 1937, 1942).Changchi va mevachi barglarning kelib chiqishi xaqida Beyli va uning hamkasiblari Ranales qobiliyasining kо‘pgina oilalarida morfologik solishtirma anotomik izlanishlarining natijalarini nashr qildirgan. Shu izlanishdan malum bо‘ldiki Ranalesning daraxt-simon turlari xozirda ksilemaning rivojlanishi nafaqat primetiv holatda saqlangan balki changchi va mevachi barglarning tiplari ham primitive holatda saqlangan (Beyli va Smith, 1942).
The stamens and carpels of highly specialized flowers differ greatly in structure and general shape from foliage leaves. Different opinions still exist as to the morphological interpretation and evolutionary development of the stamens and carpels (Parkin 1951).The most commonly accepted theory is that these organs are homologous to leaves.The opinion also exists that the development of the stamen can be explained on the basis of the telome theory,that is from primitive dichotomously branched axes.According to this theory the stamen has developed as the result of the reduction and fusion of a system of axes that bore sporangia at their tips( Wilson,1937,1942) New light was thrown on the phylogeny of stamens and carpels by Bailey and his co-workers from their morphological and comparative anatomical research in many families of the Renales. From these imvestigations it has become apparent that in the woody species of the ranels that exist today not only primitive stages of xylem development have been preserved (Bailey and Smith,1942)2.
Mikrosporogenez. U changdonda mikrosporalar hosil bо‘lishdan e’tiboran, ularning yetilgungacha bо‘lgan davrdagi shakllanishidan iborat murakkab jarayondar. Ona hujayralar meyoz usulda bо‘linib, 4 tadan mikrospora hujayralarini hosil qiladi. Mikrosporalar hosil bо‘lishi bilan gulli о‘simliklarning jinssiz kо‘payishi tugallanadi. Hosil bо‘lgan mikrospora bir oz vaqt bir mag‘izli bо‘lib uning hajmi ortadi va vakuollar paydo bо‘ladi. Keyinchalik uning mag‘zi katta о‘zgarishlarga uchrab changdonda mikrospora о‘sadi va erkak gametofitga aylanadi. Bunda har bir mikrosporaning mag‘zi mitoz usulda bо‘linib, 2 ga ajraladi va umumiy hujayra qobig‘i ostidagi har bir mag‘iz sitoplazma bilan о‘ralib qoladi. Shunday qilib 2 ta umumiy pо‘stga о‘ralgan hamda о‘lchami bir – biridan farq qiladigan biri katta, ikkinchisi kichik hujayralar hosil bо‘ladi. Ularning yirigi vegetativ, kichikrogi esa generativ hujayra deb ataladi.
Bu hujayralar о‘z navbatida erkak gematofit hisoblanib, yopiq urug‘li о‘simliklarda chang donachasi deb yuritiladi.
Guldagi changchilar tо‘plami androtsey deyiladi. Changchilar gulda bittadan bir necha yuztagachan bо‘lishi mumkin.
Changchilar – changchi ipidan va changdondan tashkil topgan. Chang-
don ikki qismdan iborat bо‘lib, bir-birlaridan bog‘lagich orqali ajratilgan. Bog‘lagich changchi ipining davomi bо‘lib hisoblanadi. Har bir bо‘lagi (teka) ikkita chang uyasidan tashkil topib, ichida mikrosporalar yetiladi. Chang ipi juda uzun va juda kalta bо‘lishi mumkin.
Mikrosporalar mikrosporaning ona hujayrasini meyoz bо‘li-
nishi natijasida paydo bо‘ladi. Bu jarayon ikki tipda amalga oshadi: a) suksessiv tip – yadro avval ikkiga bо‘linadi va hujayralar orasida tо‘siq paydo bо‘ladi. Sо‘ngra qiz hujayralarning yadrosi yana ikkiga bо‘linib, tetrada hosil bо‘ladi b) simultant tip – yadroning birinchi bо‘linishida hujayralar aro tо‘siq paydo bо‘lmaydi, balki ular yana ikkiga bо‘linib, avval tо‘rtta yadro hosil bо‘ladi, keyinchalik ular о‘rtasida hujayralar aro tо‘siq paydo bо‘ladi.
Androtsey. Guldagi changchilar tо‘plami androtsey deyiladi. Changchilar gulda bittadan bir necha yuztagachan bо‘lishi mumkin. Masalan, gulsapsarda – uchta, murakkabguldoshlarda beshta; piyozguldoshlarda oltita, kapalakguldoshlarda − о‘nta, itgunafshada − ikkita, tolda − bitta. Changchilarning soni shu usimlik uchun, shu turkum uchun doimiydir. Chang iplarining uzunligi bitta gulda turlicha bо‘lishi mumkin. Masalan, karamguldoshlarda tо‘rttasi uzun, ikkitasi kalta; labguldoshlarda ikkitasi uzun, ikkitasi kalta; kapalakguldoshlarda tо‘qqiztasi asosi bilan qо‘shilgan, bittasi ayrim.
Changchilar – changchi ipidan va changdondan tashkil topgan. Chang-
don ikki qismdan iborat bо‘lib, bir-birlaridan bog‘lagich orqali ajratilgan. Bog‘lagich changchi ipining davomi bо‘lib hisoblanadi. Har bir bо‘lagi (teka) ikkita chang uyasidan tashkil topib, ichida mikrosporalar yetiladi. Chang ipi juda uzun va juda kalta bо‘lishi mumkin.
Changdon chang ipiga harakatsiz yoki harakatchan birikishi mumkin (piyozguldoshlar, bug‘doydoshlar). Changdon boshlang‘ich fazalarida epiderma bilan qoplangan bir xildagi hujayralardan iborat bо‘ladi. Keyinroq epiderma tagida arxesporial tо‘qima rivojlanadi. Arxesporial hujayralarning bо‘linishi natijasida birlamchi pariyetal hujayralarning tashqi qavati va mikrosporangiyaning sporogen hujayralarini ichki qavati paydo bо‘ladi. Pariyetal hujayralarning har tomonlama bо‘linishi natijasida mikrosporangiya devorining tarkibiga kiradigan 3-4 qatori paydo bо‘ladi. Sporogen hujayralar sporalarning ona hujayrasiga aylanadi yoki yanada kо‘proq bо‘lina boshlaydi.
Epidermaning tagidagi bir qator hujayralar, pariyetal hujayralarning bо‘linishi natijasida eng tashqi qavatidan paydo bо‘lib, endotetsiya deb ataladi. Shunday qilib, endotetsiya mikrosporangiyaning eng tashqi qavati bо‘lib, epiderma esa mikrosporofillning tashqi qavatidir. Endotetsiya hujayralari tezda nabud bо‘ladi va qurishi natijasida qisqarib, changdonning ochilishiga yordam beradi.
Endotetsiya tagida 1-3 qator katta bо‘lmagan hujayralar joylashib,ona hujayralar meyoz vaqtida parchalanib ketadi. Changdonning ichki qavati tapetum bо‘lib, pariyetal hujayralarning bо‘linishdan paydo bо‘ladi va muhim fiziologik vazifani bajaradi. Tapetum hujayralari quyuq sitoplazma bilan tо‘lgan bо‘lib, mikrosporalarga oziqa manbai bо‘lib xizmat qiladi.
Sporagen hujayralar bir necha marotaba bо‘linishi natijasida mikrosporalarning boshlang‘ich ona hujayralarini hosil qiladi. Changdonning ichida sporogen tо‘qimasidan tashkil topgan tо‘rtta uyasi paydo bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |