Megasporogenez va urg‘ochi gametofit
Urug‘kurtakning rivojlanishi. Urug‘kurtak urug‘о‘rnidagi meristematik hujayralardan paydo bо‘ladi. Urug‘kurtakning о‘sishi nusellusning epidermasi va uning tagidagi qavatlarning bо‘linishi natijasida vujudga keladi. Sо‘ngra epiderma tagidagi qavatidan urug‘kurtakning yuqorigi qismiga yaqin joyda bitta yoki bir necha arxesporial hujayralar paydo bо‘ladi. Aynan shu vaqtda urug‘kurtakning asosida integumentning boshlang‘ich hujayralari rivojlanadi.
Paydo bо‘lgan arxisporial hujayralar yirik yadroga va quyuq sitoplazmaga ega bо‘lib, tez о‘sa boshlaydi. Arxisporial hujayralardan megasporali diploid xromasomalar tо‘plamiga ega bо‘lgan bitta ona hujayra hosil bо‘ladi, sо‘ngra meyoz bо‘linish natijasida undan 4ta gaploid megaspora hosil bо‘ladi. Ular bir qator bо‘lib, birining ustiga ikkinchisi joylashadi. Pastki xalaza yaqinidagi bitta hujayra kattalashib, urg‘ochi gametafitni yoki murtak xaltani hosil qiladi, qolgan 3 tasi о‘ladi.
Urug‘ kurtakning tuzilishi
Urug‘kurtakning tuzilishi va tiplari. Tuguncha ichida bittadan – bir necha yuz ming donagacha urug‘kurtak joylashadi. Urug‘kurtak shakli о‘zgargan megasporangiy bо‘lib, uning markaziy qismi - nusellusdan yoki yadrodan va bir yoki ikkita urug‘kurtak qobig‘i integumentdan tashkil topgan. Integumentlar va nusellusning yuqori qismi bir oz ochiq bо‘lib, mikropile – chang yо‘li deyiladi. Urug‘ bandi funikulyus deb ataladi. Urug‘kurtak funikulyus orqali urug‘ о‘rni bilan aloqada bо‘ladi. Urug‘kurtakning urug‘bandi bilan birikkan joyiga urug‘kertimi deb ataladi.
Urug‘kurtakning mikropilega qarama-qarshi tomoni, ya’ni nusellus va integumentlarning qо‘shilgan joyiga xalaza deb ataladi.
Urug‘kurtaklar mikropilening, funikulyusining va nusellusi-
ning о‘q qismida joylashishiga kо‘ra beshta asosiy tipga bо‘linadi:
Ortotrop − tо‘g‘ri urug‘kurtak. Mikropile urug‘kertimi va funikulyus bilan bir о‘qda joylashadi (toronguldoshlar).
Anatrop − aylangan urug‘kurtak. Urug‘kurtak 1800 ga qayrilgan, mikropile va urug‘ kertimi yonma-yon joylashadi (soyabonguldoshlar).
Gemitrop – yarim bukilgan urug‘kurtak. Nusellus integument-
lar bilan urug‘о‘rni va funikulyusga nisbatan 900 ga qayrilgan (navruzguldoshlar).
Kampilotrop yoki bir tomonga bukilgan urug‘kurtak. Nusellus va integument bir tomonga qarab о‘sgan (burchoqdoshlarda).
Amfitrop yoki ikki tomonlama bukilgan urug‘kurtak. Nusellus taqa shaklida.
Integument (lat. integumentum – qoplam). Integument yopiq urug‘li о‘simliklar urug‘kurtagining tashqi qavati bо‘lib, u bitta yoki ikkita bо‘ladi. Kо‘pchilik oila vakillarining urug‘lariga ikkita integument xarakterli. Gultojbarglari qо‘shilmagan bir va ikki pallali о‘simliklarda ikkita, tojbarglari qо‘shilgan ikki pallali о‘simliklarda bitta integument uchraydi. Integumentlarning qisqarishi yoki yо‘q bо‘lishi ikkilamchi belgi hisoblanadi
Nusellus (lat. nucella − yong‘oqcha). Nusellus yoki yadro urug‘kur-
takning rivojlanishida eng avval paydo bо‘lib, uning markazida joylashgan kо‘p hujayrali qism. Nusellus – morfologik tuzilishga kо‘ra megasporangiya hisoblanib, uning ichida murtak halta vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |