Mavzu: gat da tahliliy masalalarni



Download 0,95 Mb.
bet9/12
Sana30.06.2022
Hajmi0,95 Mb.
#720601
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Реферат 2

Buferizatsiya
Bufer zonasi (buffer zone, buffer, corridor) – nuqtali, chiziqli yoki poligonal
ob’yektlar to’plamiga nisbatan teng uzoqlikdagi ekvidistantlarni yoki ekvidistant
chiziqlarni (equidistant line) hisoblash va tuzish yo’li bilan tashkil topgan poligonal
qatlamni o’zida ifodalaydi. “Buferizastiya” (buffering) operatsiyasi, masalan, uch
kilometrli chegara zonasini, temir yo’l liniyasi ixtiyoridagi 20 metrli mintaqani ajratish va h.k.lar uchun qo’llaniladi. Poligonal ob’yektning bufer zonasi poligonning ham
tashqarisida, ham ichida tuzilishi mumkin. Agar ob’yektlar va ekvidistantlar
o’rtasidagi masofaga uning atributlaridan biriga mos keladigan qiymatlar qo’yilsa, u
holda bu “tortishli buferizastiya” (weighed buffering) deyiladi.
Zamonaviy GATlarda bufer zonalari avtomatik tarzda yaratiladi, buning ustiga
ularni har qanday tipdagi ob’yektlar atrofida tuzish mumkin, 2.12-rasm. Sodda qilib
aytganda, bufer zonalari – bu epidemiologiya zonalari, texnogen halokatlar (neft
to’kilishi, atom stanstiyasidagi avariya) zonalari, turli radiotexnik qurilmalar va
tizimlarning ishlash uzoqligi zonalari va h.k.lar bo’lishi mumkin.

Daryoning ikkala tomoni o’yicha 500 metr cheagra ichida jylashgan ob’yektlarni
qamrovchi oblastni yaratish masalasi turibdi deb faraz qiling, 2.13-rasm. Bunday
oblastni yaratish jarayoni byfer zonasini yaratish deb ataladi. Bunday zonaning o’zi esa
bufer deyiladi. Buferning ko’rinishi uinng radiusi bilan belgilanadi. Bizning
holatimizda buferning radiusi 500 metr qiymatidir.
Bufer yaratish uchun buferning yoki konstanta ko’rinishidagi, yoki jadval ustuni
ko’rinishidagi, yoki ibra ko’rinishidagi raiusi berilishi kerak. So’ngra tekislik (bufer
doirasi uchun segmentlar soni) ko’rsatilishi kerak. Aytaylik, bufer radiusi uning
o’lchamlarini belgilaydi. Bufer shossening ikkala tomoni bo’yicha 10 kilometrli
chegarada joylashgan ob’yektlarni qamrab olishi uchun buferning 10 kilomeir radiusini
berish lozim. Agar radius sifatida ibora yoki jalvalning qaysidir ustunidan ma’lumotlar
qo’llanilsa, u holda GAT radiusni hisoblaydi. Radiusni o’zgarmas kattalik (kostanta)
tariqasida berish, shuningdek jalvalning qaysidir ustunidan qiymatlarni qo’llash ham
mumkin. Masalan, shaharlar atrofida aholisining sonini aks ettiruvchi bufer zonalarini
yaratish uchun bufer radiusi qiymatini “Aholi” ustunidan tanlash mumkin. Bundan
tashqari, bufer radiusini ibora ko’rinishida berish mumkin. Shaharlar atrofida aholi
zichligini aks ettiruvchi buferlar zarur deb faraz qilaylik. Lekin jadvalda aholi zichligi
qiymatini o’z ichiga oluvchi ustun yo’q. Bunday holda bufer radiusini aholi zichligi
shaharlarning aholi zichligi va maydoniga oid ma’lumotlar asosida hisoblanadigan
ibora bilan berish kerak.
Bufer doirasi uchun segmentlar soni yumaloqlanish darajasini (tekislikni)
belgilaydi. Bufer doirasini chizib chiqish uchun qanchalik ko’p segment ishlatilsa,
buferlar tekisligi darajasi shunchalik katta bo’ladi. Shu bilan birga yoddan ko’tarmaslik
lozimki, katta tekislik buferni yaratish uchun katta vaqt ham talab qiladi. Tekislikning
standart qiymati – to’liq doira uchun 12 segmentdir.
Har qanday zamonaviy GAT buferning ob’yekt chegarasidan boshlab kengligini
ikkita – sferik koordinatalar uchun va dekrt koordinatalari uchun uslublar bilan
hisoblab chiqa oladi. Sferik hisob-kitoblar Erning sferik yuzasidagi masofalarni
o’lchaydi. Bu boshlang`ich ob’yekt chegarasidan yangi bufer ob’yektigacha bo’lgan
masofa uzeldan uzelgacha o’zgarishi mumkin demakdir. Masofaning dekart hisobkitoblari ma’lumotlar proyektsiyalangan X–Y tekisligida amalga oshiriladi.
Barcha tanlangan ob’yektlar atrofida yagona bufer yoki har bir ob’yekt atrofida
alohida buferlar yaratish mumkin. Bir nechta ob’yektlar uchun bir vaqtda buferlashni
ikkita usul bilan amalga oshirish mumkin. Birinchidan, bu ob’yektlarning barchasi
atrofida yagona bufer yaratish mumkin. Bu holda, esdan chiqarmaslik kerakki, GAT
olingan buferni ko’pburchak qabilidagi yagona ob’yekt deb hisoblaydi. Agar bufer
ko’pburchaklaridan biri tanlab olinsa, qolgan hammasi ham tanlanadi. Boshqa usul har
bir ob’yekt uchun alohida buferlar yaratish hisoblanadi.



Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish