raqamli fayllarni kiritish bor. Gap shundaki, aksariyat idoralar va tashkilotlar
geografik axborotning keng ko’lamli ma’lumotlar bazalariga egalar. Bunday
ma’lumotto’plamlari ochiq bo’lishi kerak, ma’lumotlarni olish esa tarmoq
texnologiyalari yordamida amalga oshirilishi lozim. Ma’lumotlarning mavjud raqamli
to’plamlariga ega bo’lish va ulardan foydalanishGATni to’ldirishning eng samarali
usuli hisoblanadi.
GATga ma’lumotlarni rastrli modeli bilan kiritish
Rastrli model ob’yektlarning uzluksiz xususiyatlari bilan ishlash uchun optimal
hisoblanadi. Rastrli tasvir – bu alohida elementlar (rastrlar, yacheykalar, piksellar)
uchun qiymatlar to’plamidir. Alohida rastr koordinatalar, rangining chuqurligi (rangli
rastrlarda), kul rang (kul rang shkala), qor yoki oq rang (qora-oq tasvirlarda)
gradastiyasi bilan tavsiflanadi. Umuman olganda rastrli kartina – odatdagi
fototasvirdir, u an’anaviy qog`oz kartani skanirlash yoki er yuzasi uchastkasini aerova kosmik fotografiyalash bilan olinadi. Rastrli tasvirni dpi (dot’s per inch – bir
dyuymdagi nuqtalar) birliklarida o’lchanadigan va tasvirning bir dyuymida nechta
piksel joylashishini ko’rsatadigan imkoniy aniqlik (razreshenie) bilan tavsiflash
mumkin. Imkoniy aniqlik qanchalik yuqori bo’lsa, tasvir shunchalik sifatliroq va
axboriyroq bo’ladi. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, imkoniy aniqlikning
ortishi bilan rastrli tasvir fayli ham kattalashadi. GATlarda odatda imkoniy aniqligi
200–600 dpi diapazonidagi rastrli tasvirlardan foydalaniladi (faqat imkoniy aniqligi bir
necha ming dpi ga etadigan aero-va kosmosuratlar bundan istisno bo’lishi mumkin).
Kartalarni raqamlash xatolari
An’anaviy kartalarni raqamlash va skanirlash ishlari qanchalik izchil
o’tkazilmasin, xatolar muqarrardir. GAT ma’lumotlar bazasidagi xatolar darajasi
dastlabki kartalarning xatoliklari darajasiga bevosita bog`liq. Bor gap shundaki,
kartalar axborotni har doim ham adekvat aks ettiravermaydi va ob’yektlarning
o’rnashgan joyi to’g`risidagi ma’lumotlarni har doim ham aniq beravermaydi. 2.9-
rasmda an’anaviy kartalarni tuzishning har bir bosqichida xatolarning to’planib borish
jarayoni ravshan ko’rsatilgan.
Raqamlash jarayonida quyidagi xatolarni ajratib ko’rsatish mumkin:
uzilishlar (chiziqning ikki segmenti bir-biri bilan tutashmaydi);
irg`ishlar (chiziq “pulsastiyalanish” uchastkalariga ega);
sirtmoqlar (chiziq bazi joylarida o’ralib qoladi);
kesishuvlar (chiziq segmentlari bir-birining ustiga tushib qoladi).
B undan tashqari yetib bormaganlik va o’tib ketganlik kabi xatolar ko’p uchraydi,
2.10-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |