Dars usuli: an’anaviy
I.Tashkiliy qism a) salomlashish b) davomadni aniqlash d) siyosiy daqiqa
II.Yangi darsning bayoni.
Tuzlar deb metall atomlari (yoki ammoniy NH4) va kislota qoldig‘idan iborat bo‘lgan yoki murakkab moddalarga aytiladi.Tuzlar kislota vodorodining metall atomiga yoki asos gidroksilining kislota qoldig‘iga almashishidan hosil bo‘ladi.Tuzlar funksional guruhli moddalar toifasiga mansubdir.Tuzlarning umumiy formulasi MnKm tarzida ifodalanadi: bu yerda M-metall atomi (yoki ammoniy NH4); K-kislota qoldig‘i; n-kislota qoldig‘ining valentligi; m-metall atomi valentligi. Tuzlar tarkibidagi metall atomi valentligi kislota qoldig‘ining valentligiga son jihatdan teng bo‘lganda (n = m) indekslar qo‘yilmaydi.Tuzlarda metall atomlari kislota qoldiqlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘ hosil qilgan holda birikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |